Reja: Stabilitron



Download 205,5 Kb.
bet1/3
Sana25.06.2022
Hajmi205,5 Kb.
#704375
  1   2   3

6- son ma`ruza
Stabistor va teskarilangan diod. Shottki va Gann diodlari.

Reja:


  1. Stabilitron.

  2. Stabistor.

  3. Shottki diodi.

  4. Gann diodi.



Stabilitron. Stabilitron deb volt-amper xarakteristikaning teskari shohchasidagi teshilish
hodisasini o`z ishida ishlatadigan yarimo`tkazgich diodga aytiladi. Bunda teskari to`k keng dia-pazonda o`zgarsa ham kuchlanish nisbatan oz o`zgaradi. Ushbu xossa maxsus qurilmalar - kuch-
lanish stabilizatorlarini yaratishda keng qo`llaniladi.
Stabilitronning teshilish kuchlanishi p-n- o`tishning kengligiga bog`liq, u esa o`z navbati-da yarimo`tkazgich materialning solishtirma qarshiligi bilan aniqlanadi. Shu sababli teshilish kuchlanishi (yani stabillash kuchlanishi) bilan kiritmalar konsentrasiyasi o`rtasida ma`lum bir bog`liqlik mavjuddir.
Past kuchlanishli stabilitronlar kuchli legirlangan kremniy asosida tayyorlanadi. Bu holda
p-n- o`tishning kengligi juda oz, yani yupqa, potensial to`siq elektr maydoni kuchlanganligi esa juda katta bo`ladi. Ushbu holatlar tunnel teshilish uchun sharoit tug`diradi. P-n- o`tishning katta kengligida teshilish ko`chki xarakterga ega bo`ladi. Stabillash kuchlanishining 3 V dan 6 V ga-cha qiymatlarida p-n- o`tishlarda asosan tunnel teshilish kuzatiladi. 6 V dan 8 V gacha qiymatlar
diapazonida tunnel teshilish ham, ko`chki teshilish ham, 8 V dan 200 V gacha diapazonda esa faqat ko`chki teshilish jarayonlari ro`y beradi.
Stabilitronlarning konstruksiyalari to`g`rilagich diodlarning konstruksiyalaridan hech qancha farq qilmaydi, ba`zi hollarda esa amalda umuman farq qilmaydi (6.1,a- rasm).



a b c

6.1- rasm. Stabilitronlarning konstruksiyalari (a), volt-amper xarakteristikasi (b) vas hart-


li grafik belgisi (c).

Stabilitronning volt-amper xaraktrristikasi 6.1,b- rasmda taqdim qilingan. Stabilitronning


ishchi to`ki (uning teskari to`ki) yarimo`tkazgich strukturaning qizib ketmasligi va ishdan chiq-masligi uchun maksimal ruxsat etilgan qiymat dan oshib ketmasligi kerak.
Stabilitronning muhim xususiyati – bu uning stabillash kuchlanishining haroratga bog`-liqligidir. Kuchli legirlangan yarimo`tkazgichlarda tunnel teshilish ehtimolligi harorat oshishi bilan ko`payadi. Shu sababli bunday stabilitronlarda stabillash kuchlanishi qiziganda kamayadi,
yani ularning stabillash kuchlanishining harorat koeffisienti (KHK) manfiy qiymatga ega:
. (6.1)
Bu koffisient asbobning harorati 10C ga o`zgarganda stabillash kuchlanishi necha foizga o`zga-rishini ko`rsatadi.
Kam legirlangan yarimo`tkazgichlarda harorat oshishi bilan tashuvchilarning erkin yugu-rib o`tish uzunligi kamayadi, bu esa ko`chki teshilish boshlanadigan kuchlanishning ostona qiy-matining oshishiga olib keladi. Bunday stabilitronlar musbat KHK ga ega (6.2- rasm).



6.2- rasm. Stabilitron volt-amper xarakteristikasining haroratga bog`liqligi.


Bu kamchilikni bartaraf etish va termokompensasiyalangan stabilitronlarni yaratish uchun stabilitronning zanjiriga oddiy diodlar to`g`ri yo`nalishda ketma-ket ulanadi. Ma`lumki,


to`g`ri yo`nalishda ulangan oddiy diodlarning p-n- o`tishidagi kuchlanish qizitilganda kamayadi.
Agar stabilitron bilan ketma-ket to`g`ri yo`nalishda n diod ulansa (6.3- rasm), bu yerda



6.3- rasm. Stabilitronni termokompensasiyalash.




, ( - dioddagi kuchlanish to`g`ri tushushining T1 dan T2 gacha qizitilganda o`zgari-shi), u holda stabilitronning harorat xatoligini deyarli to`la kompensasiya qilsa bo`ladi.
Stabilitronning asosiy parametrlari:

  1. Stabillash kuchlanishi - stabilitrondan stabillash to`ki oqib o`tayotganda unda

hosil bo`lgan kuchlanish;
2. Stabillash to`ki - stabilitrondan stabillash rejimida oqib o`tayotgan o`zgar-
mas to`kning qqiymati;

  1. Stabilitronning differensial qarshiligi - stabillash to`kining be rilgan qiymatidagi

differensial qarshilik, yani ;

  1. Stabillash kuchlanishining harorat koeffisienti - stabilitrondan oqayotgan stabil-

lash to`ki o`zgarmas qiymatga ega bo`lganda stabillash kuchlanishi nisbiy o`zgarishining atrof
muhit haroratining mutlaq o`zgarishiga nisbati: ;
Stabilitronlarning chekka parametrlari:

  1. Stabillash to`kining minimal ruxsat etilgan qiymati - stabillash kuchlanishi

berilgan chegaralarda bo`lganda stabilitrondan oqadigan eng kichik to`k;

  1. Maksimal ruxsat etilgan stabillash to`ki -- stabillash kuchlanishi berilgan

chegaralarda, o`tishning harorati esa ruxsat etilganga teng yoki undan pastroq bo`lganda stabili-trondan oqadigan maksimal to`k;

  1. Maksimal ruxsat etilgan sochiluvchi quvvat - o`tishda hali issiqlik teshilishi so-

dir bo`lmaydigan quvvat.
Xulosalar:
1. Yarimo`tkazgich diod – bu teskari kuchlanish ostida elektr teshilish rejimida ishlayot-gan kremniy diod.
2. Stabillashning kerakli kuchlanishi diod bazasidagi kiritma konsentrasiyasini unga mos tanlash yo`li bilan olinadi.

Download 205,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish