Laboratoriya mashg’ulotlari tuzuvchilar



Download 3,57 Mb.
bet9/62
Sana10.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#767464
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
Bog'liq
Fizik kimyo uslubiy tavsiyanoma

Tajriba.

Idish (2) ga suv quyiladi, bunda yig’ilgan asbobdagi idish (1) ning kengroq qismi (3) suvga to’la botib turishi kerak. Gaz gorelkasi yoqilib, idish (2) ning tagiga keltirib qo’yiladi.


Gaz o’lchash nayiga suv to’latiladi, uning og’zi barmoq bolan berkitilib, suvli kristallizator (9) ga to’nkariladi. Bunda nayga havo pufakchalari kiribketmasligiga e’tibor berish kerak. Nayni to’latish uchun xona temperaturasidagi suv olinishi kerak. Suv to’latib, kristallizatorga to’nkarilgan nay shtativga tik holda o’rnatiladi, bunda nayning og’zi kristallizator tubidan 3-4 sm balandroq turishi kerak.
Bo’sh ampula analitik tarozida o’n mingdan bir ulushgacha aniqlikda topiladi. So’ngra tekshirilmoqchi bo’lgan moddadan ampulaga solinadi va o’zi ehtiyotlik bilan kavsharlab berkitiladi (ampula shishasi kamaymasligi shart), keyin ampula qayta tortiladi. Ampula birinchi va ikkinchi marta tortilgandagi farq tekshirish uchun olingan modda og’irligi g ga teng bo’ladi.
Idish (1) yotiq holda qo’yilib , uning og’zidan kavsharlangan ampula kiritiladi, bunda ampulaning uch tomoni idishning og’zi tomonida bo’ladi. Shundan keyin idish (1) sekin-asta tiklanadi. Bunda ampula moslama (6) ning shisha tayoqchasi (12) yordamida tutib qolinadi. Idishning og’zi rezina probka (7) bilan zich bekitiladi. Asbobning germetikligi tekshirib ko’riladi; buning uchun vintli qisqich (11) ochilib, gaz chiqarish nayi (10) orqali idishdagi havo so’rib olinadi va asbobning qismlari birlashtirilgan joylardan hamda probka tirqishlaridan havo kirayotgan yoki kirmayotganligi kuzatib turiladi. So’ngra idish (1) silindirsimon idish (2) ga tushirib mahkamlanadi, bunda idish (1), 1-rasmda ko’rsatilgandek, idish (2) ning tubudan 3—4 sm balandroq turishi kerak. Gaz hiqarish nayi (10) ning uchi gaz o’lchash nayi (8) ning og’ziga kiritilmay turib, kristallizator (9) dagi suvga botiriladi va gorelka yoqiladi. Idish (1) ichidan havo isigan sari kengayib , nay (10) dan pufakchalar shaklida chiqadi. Idish (2) ichidagi suyuqlik 15—20 minut qattiq qaynashi kerak. Nay (10) dan gaz chiqishi to’xtagandan keyin idishdagi suyuqlik temperaturasi o’zgarmay qoladi desa bo’ladi. Shundan keyin qisqich (11) ning vinti qattiq buralib, gaz chiqarish nayining uchi suv to’latilgan gaz o’lchash nayi (8) ning og’ziga keltiriladi. Shisha tayoqcha (12) ga kiydirilgan rezina nay bir oz orqaga tortib turib qo’yib yuboriladi, natijada ampula idish (1) ning tagiga tushib sinib ketadi. Agar ampula sinmasa, uni asbobdan chiqarib olib uzun uchiga bir—ikkita qo’rg’oshin (yoki shisha ) halqacha kiygiziladi va tajriba qaytadan boshlanadi. Ampulaga solingan modda bug’ga aylanadi. Bug’ idish (1) dagi havoni siqib chiqaradi; bundan siqib chiqarilgan havoning hajmi hosil bo’lgan bug’ning hajmiga teng bo’ladi.
Ampula solingandan keyin qisqich(11) sekin—asta shunday ochiladiki, bunda idish (1) dan gaz o’lchash nayiga o’tayotgan gaz pufakchalarini sanash mumkin bo’ladi, chunki havo pufakchalari nay (10) dan shiddatli ajralib chiqsa, havoning bor qismi nay (8) ga kirmay qolishi mumkin.
Havo temperaturasi t, atmosfera bosimi p, kristallizator (9) dagi va gaz o’lchash nayi (8) dagi suv satxining farqi h o’lchanadi. Gaz o’lchash nayiga yaqinroq joyga oddiy termometr qo’yilib, havoning temperaturasi 0,5o gacha aniqlik bilan o’lchanadi.
Atmosfera bosimi laboratoriyadagi barometrga qarab topiladi. Kristallizator (9) dagi va gaz o’lchash nayi (8) dagi suyuqlik sathining farqi millimetrlarga bo’lingan chizgich yordamida o’lchanadi.
Ish tamom bo’lgandan keyin asbob qismlarga ajratiladi, hamma naylar yuviladi va quritiladi.



Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish