O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKULTETI
UMUMIY KIMYO KAFEDRASI
(5440400 kimyo yo’nalishi uchun)
“ FIZIK KIMYO ” FANIDAN
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
Tuzuvchilar: Yu.Isayev,
G.Ro’zimamatova,
N.Mo’ydinov
Kafedra mudiri: K.f.d. I.R.Asqarov
Andijon – 2013.
LABORATORIYA MASHG’ULOTI № 1
FIZIK KIMYO LABORATORIYASIDA HAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI VA LABORATORIYASI ISHLATILUVCHI IDISHLAR VA ASBOBLAR BILAN TANISHISH.
Darsning maqsadi: Talabalarni fizik kimyo laboratoriyasida rioya qilinuvchi texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va ishlatiladigon asbob va idishlarni ko’rsatish, ularning rasmlarini chizib olish.
Darsning rejasi: 1. Fizik kimyo laboratoriyasida havfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish.
2. Laboratoriyada ishlatiluvchi idishlar va asboblarni o’rganish.
3. Asbob va idishlarning rasmlarini chizib olish.
Dars uchun kerakli jihozlar:Gorelka, shtativ, probirkalar, o’lchov ko’lbasi, probka, yuvgich va xammomcha, stakanlar va xokazo.
Nazariy qism.
Fizik kimyo laboratoriyalarida ishlatiladigan moddalarning ko`pchiligi ozmi-ko`pmi inson sog`ligiga ta’sir qiladi. Pala-partish ishlash, e’tiborsizlik, kimyoviy asboblar bilan yaqindan tanish bo`lmaslik, kislota va ishqorlarning xossalarini hamda xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilmaslik ko`ngilsiz hodisalarga sabab bo`lishini har bir talaba uqib olishi zarur. Shuning uchun mashg`ulotlarning birinchi kunidanoq har qaysi talaba xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqishi va unga qat’iy rioya qilishi lozim.
Laboratoriya mashg`uloti bajariladigan asosiy ish joyi - ish stolidir. Ish stoli doimo toza holatda bo`lishi kerak. Laboratoriya tajribalari oq halat kiygan holda bajariladi. Ishlayotganda shoshmaslik, reaktivlarni to`kmaslik va sachratmaslik lozim. Shisha sinig`i, qog`oz, gugurt cho`pi, ishlatilgan metall qoldiklarini rakovinaga tashlash mumkin emas. Ularni laboratoriyadagi maxsus idishlarga tashlash lozim. Shuningdek, ishlatilgan eritma va cho`kmalarni ham maxsus idishga to`kiladi.
Tajribalarni to`g`ri bajarish uchun ishlatiladigan reaktivlardan ko`rsatilgan miqdorda olish lozim. Distillangan suv, spirt (spirt lampasidagi), gaz va elektr energiyasini tejab sarflash kerak.
Metallarni tejash uchun reaksiyaga kirishmay qolgan metall bo`lakchalarini suv bilan yuvib, maxsus qo`yilgan idishga yig`ish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |