Fizik kimyo laboratoriyalarida ishlashda quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi shart:
Konsentrlangan kislotalar, xlor, yod, vodorod sulfid va boshqa moddalar bilan o`tkaziladigan tajribalar mo`rili shkafda bajariladi.
Xlor, brom, vodorod sulfid va uglerod (II)-oksid bilan zaharlangan kishini ochiq-havoga olib chiqish, so`ngra tegishli yordam ko`rsatish kerak.
Kuchli kislotalar, ayniqsa, konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga tomchilatib va aralashtirib turgan holda quyiladi.
Ko`zga yoki tanaga biror kimyoviy reaktiv sachrasa, zararlangan joyni avval suv bilan yaxshilab yuvib, so`ngra shifokorga murojaat qilish lozim.
Vodorod va boshqa gazlarni yoqishdan avval ularning tozaligini sinab ko`rish kerak.
Reaktivlarni bir idishdan ikkinchi idishga quyishda idish ustiga engashmaslik kerak.
Simob va uning bug`i- kuchli zahar. Shuning uchun simobli asbob yoki termometr singanda to`kilgan simobni yig`ib olish va bu haqda, albatta, o`qituvchi yoki katta laborantga aytish kerak.
Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritmalarini hamda oson bug`lanuvchi suyuqliklarni pipetkaga og`iz bilan surib tortib olish yaramaydi. Buning uchun maxsus meditsina rezina grushasi (nok) idan foydalanish kerak.
Kislota, ishqor va foydalanilgan xromli aralashmani rakovinaga to`kish aslo mumkin emas.
Kumushning ammiakli tuzi eritmasini uzoq vaqt saqlash yaramaydi, chunki vaqt utishi natijasida undan portlovchi modda - kumush qaldirog`i hosil bo`lishi mumkin.
Oson o`t oladigan suyuqliklarni ochiq alangada qizdirish yoki unga yaqin keltirish yaramaydi. Bunday moddalar bilan bajariladigan tajribalarni alangadan uzoqroqda va mo`rili shkafda bajariladi.
Benzin, spirt, efir o`t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib yoki maxsus vositalar bilan o`chirish lozim. Ammo hech vaqt suv sepmang.
Elektr asboblarining ulanishiga e’tibor bering, ular yaxshi izolyasiyalangan bo`lishi lozim.
Isitish asboblari – mufel va tigel pechlari, elektr plita va shunga o`xshashlarni o`tga chidamli tagliklar ustiga quyish kerak. Ishlab turgan asboblarni aslo nazoratsiz qoldirmaslik lozim.
Probirkaga biror modda solib qizdirayotganingizda uning og`zini o`zingizga yoki yoningizda turgan odamga qaratib turmang.
Kimyoviy moddalar mazasini totib ko`rish kat’iyan ma’n etiladi.
Laboratoriya ishi tugagach, qo`lni yaxshilab yuvish kerak.
Laboratoriyadan ketayotganingizda gaz gorelkalari va suv quvuri jo`mraklari berkligini hamda elektr asboblarining o`chirilganligini albatta tekshirib ko`ring.
Har bir laboratoriya mashg`ulotini o`tkazishdan oldin, talaba, mashg`ulot mavzusiga oid ma’lumotlarni darslik, o`quv qo`llanmasi va ma’ruza matnlarini diqqat bilan o`qib chiqishi, keltirilgan laboratoriya tajribalari esa o`rganilgan nazariy ma’lumotlarning amaliy tasdig`i ekanligini to`la tushunib olish lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |