Laboratoriya mashg’ulotlari tuzuvchilar


Qilingan ish xaqida xisobot



Download 3,57 Mb.
bet19/62
Sana10.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#767464
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
Bog'liq
Fizik kimyo uslubiy tavsiyanoma

Qilingan ish xaqida xisobot.

1. Dissotsiyalanish issiqligini toppish uchun ustanovka chizmasini chizish;


2. Kollorimetr doimiyligini xisoblab chiqarish;
3 - Neytrallanish uchun olingan miqdor moddalaridan foydalanib, kuchsiz kislota kuchli asos yordamida neytrallanganda chiqqan neytrallanish issiqligini xisoblab chiqarish;
4 - Dissotsiyalanish issiqligini xisoblab chiqarish.
B. Neytrallanish issiqligini va neytrallash uchun sarf bo’lgan kislota moqdorini topish.


Tajriba:

NaOH ning 10% li eritmasidan 50ml tayyorlanib, 500ml li o’lchov ko’lbaga quyiladi, o’lchov ko’lba ilgariroq tortilgan bo’ladi (og’irligi gr).Shundan keyin kolbaga o’lchov chizig’iga yetguncha distillangan suv quyib, eritma suyultiriladi: eritma solingan kolba tortiladi (og’irligi g2) va eritma kolorimetrga qo’yiladi. O’qituvchidan 15-20 ml xlorid kislota eritmasi olinib, ampulaga quyiladi, ampula oldinroq tortilgan bo’ladi (og’irligi m1): shundan keyin kislota eritmasi quyilgan ampula tortiladi (og’irligi m2). Og’irliklar farqiga qarab, xlorid kislota eritmasi bilan ishqor eritmasining og’irligi aniqlanadi.


Ishqor eritmasi bilan kislota eritmasining temperaturasi xona temperaturasiga yetgandan keyin ampulaning tagi shisha tayoqcha yordamida teshiladi, bunda kislota ishqor eritmasiga sekin oqib tushishi kerak. Eritma aralashtirilib, ishqor kislota yordamida neytrallanganda temperature qancha oshgani (∆t) aniqlanadi.
Neytrallanish issiqligi quyidagi tenglama bilan hisoblab chiqariladi:

Q=K∆t

Kislota eritmasi ishqor eritmasiga quyilganda neytrallanish protsessidan tashqari, issiqlik effektining o’zgarishi bilan boradigan yana ikki protsess yuz beradi: kislota eritmasi ishqor eritmasiga quyilganda kislota eritmasi va ishqorga kislota quyilganda ishqor eritmasi suyuladi. Eritmalar suyultirilganda chiqqan issiqlik suyultirish issiqligi deb ataladi. Kislota ishqorni suyultirganda sezilar sezilmas issiqlik effekti chiqadi, chunki ishqor eritmasining miqdori qo’shiladigan kislota miqdoriga qaraganda ancha ko’p. Ishqor kislotani suyultirganda ancha issiqlik chiqadi, bu issiqlik neytrallanish issiqlik effektining 10 protsentiga barobar keladi. Issiqlik effektini aniq o’lchash kerak bo’lsa, ishqor kislotani suyultirganda chiqadigan issiqlik effektini aloxida toppish lozim; buning uchun hajmi shuncha keladigan kislota eritmasi ishqor hajmicha keladigan toza suvga quyiladi va suyultirish issiqligi topiladi; bunda neytrallanish issiqlik effekti chiqarilmaydi va faqat suyultirish issiqligi topiladi.
Xlorid kislota suyultirilganda issiqlik chiqadi, neytrallanish issiqlik effektidan shu issiqlikning qiymatini ayirib tashlash kerak. Neytrallash uchun olingan kislota miqdori quyidagi tenglama bilan hisoblab chiqariladi:



Bunda Q − neytrallanish issiqlik effekti, kkal
q − kislotaning suyultirish issiqligi, kkal
n − kislotaning qidirilgan normalligi
V − tajriba uchun olingan kislota hajmi, ml.
Kislotaning hajmi, shu kislota og’irligining solishtirma og’irligiga bo’lgan nisbatiga teng.
Tajriba uchun olingan xlorid kislota eritmasining solishtirma og’irligi toza suvning solishtirma og’irligidan faqat 7-8 % ko’p bo’ladi; shuni nazarda tutib, tajriba uchun olingan eritmaning hajmi shu eritmaning grammlar bilan hisoblangan og’irligiga teng, yani eritmaning solishtirma og’irligi suvning solishtirma og’irligiga teng deyish mumkin. Bunda suyultirish issiqligiga tuzatish kiritilmasa ham bo’ladi. U xolda formula (1) ning surati xaqiqiy qiymatidan taxminan 10% ortiq, maxraji esa 7-8% ortiq bo’ladi. Demak, shu formula bilan xisoblab chiqarilganda yo’l qo’yiladigan xato 2-3% dan oshmaydi. Buni nazarga olmasa ham bo’ladi.
Neytrallanish issiqligini aniq o’lchash talab etilganda bu tariqa soddalashtirish yaramaydi.


Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish