Laboratoriya mashg’ulotlari tuzuvchilar



Download 3,57 Mb.
bet21/62
Sana10.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#767464
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
Bog'liq
Fizik kimyo uslubiy tavsiyanoma

Ish uchun kerak-yaroqlar: Og’ziga probga tiqilgan yettita probirka, probilkalarga 1000 S shkallali termometrlar va simdan qilingan aralashtirgichlar o’tkazilgan bo’ladi. probirkalar qo’yish uchun shtativ: tagligi bor katta probirka bu brobirka xavo “ko’ylagi” tariqasida ishlatiladi. 100 ml li stakan, gorelka; uch oyoq asbestlangan to’r; apalitik tarozi; sekundomer; sochiq, Naftalin va fenol


Nazariy qism.

Sistemaning suyuqlanish temleraturasi, eruvchanligi, issiklik sig’imi va boshqa xossalari shu sistemannng tarkibiga bog’liq ravishda o’zgarishi termik analiz yordami bilan o’rganiladi. Sistema sovuyotgan yoki isiyotgan choqda uning temperaturasn qanday tezlik bilan o’zgarishi termik analizga asos solgan. Agar sistema sovutilayotganda issiqlik yutilishi yoki chiqishi bilan bog’liq hech qaiday o’zgarish yuz bermasa, sistemaning temperaturasi vaqt utishi bilan quyidagi tenglamaga muvofiq, bir tekisda o’zgaradi:





Bunda moddaning o’rtacha sovush tezligi;
tmodda— moddaning tajriba vaqtidagi o’rtacha temperaturasi;
K - koeffitsnent, bu koeffitsient moddaning miqdori uning issilik sig’imi, muhit hamda idish devoriniig issiqlik o’tkzuvchaligiga bog’liq;
tmudit - muhitining o’rtacha -tenperaturasi,

Isitilgan modda bilan muxit temperaturasi o’rtasidagi farq qanchalik ko’p bo’lsa, sistemaning sovush tezligi shunchalik katta bo’ladi. Biroq isitilgan modda sovib borgan sari, uning temperaturasi muhit temperaturasiga yaqinlashib keladi, shu sababdi bir ozdan keyin sovush tezligi sekinlashib qoladi, natijada sovush egri chizig’i temperaturalar o’qidan chetga qarab sal egiladi. Modda temperaturasi muhit tempuraturasiga yaqnnlashib borgai sari, egri chiziq kuproq egilib boradi. Modda bilan muxit temlepaturalari orasidagi farq ancha katta bo’lsa, sovush egri chizig’i to’g’ri chziqdan iborat deb qaralishi mumkin.


Agar modda sovutilganda shu bilan birga issiq ajralib chiqadigan prrtsess yuz bersa, sovutish egri chizig’i keskin ravishda sinib buriladi. Egri chizikning bukilish joyi modda teyaperaturasi o’zgarmay qodgan yokn temperatura juda sekin pasayayotgan holatga muvofiq keladi. Modda batamom o’zgarib bo’lguncha yoki issiq chiqishi to’xtaguncha tempuratura o’zgarmay turaveradi. SHundan keyin modda yana bir tekista soviy boshlaydi.
Berilgan moddaning yoki moddalar aralashmasining sovish egri chizig’i, buning uchun abstsissa o’qi bo’yicha vaqt ordinata o’qi bo’yicha esa temperatura belgilab chiqiladi. Egri chiziqning singan joyiga qarab berilgan moddaning yoki ma’lum takibga ega bo’lgan moddalar aralashmasining fazaviy o’zgarishi (masalan: suyuqlanish temperaturasi) topiladi.


8-rasm: Sovush egri chiziqlari



9-rasm: Fenol-naftalni sistemasining suyuqlanuvchanlik diogrammasi

Komponentlarning protsent miqdori turlicha bo’lgan qotishmalarni tekshirish natijasida bir qancha egri chiziqlar xosil qilinadi. Bu egri chiziqlar soni tekshirilgan qotishmalar soniga teng bo’ladi. toza moddalar va shu moddalarning tarkibi turlicha bo’lgan aralashmalarning suyuqlanish temperaturasini topib sistemaning suyuqlanuvchanligi diogrammasini chizish mumkin. Bunda ordinata o’qiga aralashmaning suyuqlanish temperaturasi abstsissa o’qiga ega sistemaning tarkibi qo’yiladi. Sistemaning tarkibi shu sistemadagi komponentalaridan birortasiga nisbatan protsent hisobida ifoda etilishi mumkin.


Aralashma sovush egri chiziqlarning bukilgan joylari aralashma komponentlaridan birortasining kristallanish nuqtasiga to’g’ri keladi. Buning natijasida boshqa komponentning suyuq fazadagi kontsentratsiyasi evtektik arashma xosil bo’lguncha to’xtovsiz oshib boraveradi. SHundan keyin aralashmaning barcha komponentlari baravariga kristallana boshlaydi. Agar evtektik kontsentratsiyasiga muvofiq keladigan aralashma olinsa bunday aralashmaning sovush egri chizig’i toza moddaning sovush ergi chizig’i singari bo’ladi. ya’ni sovush egri chizig’ida temperaturaning pasayishi bir joyda keskin to’xtab o’tadi. Evtektik aralashma shu komponentlarning boshqva nisbatda kristallangan aralashmalariga qaraganda eng past temperaturada kristalga tusha boshlaydi.



Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish