Qilingan ish haqida hisobot.
Asbob sxemasini chizish.
Tajribadan olingan natijalar yuqorida olingan natijalar yuqorida ko’rsatilgan tartibda yoziladi.
Kontrol savollar.
1.Ba’zi moddalarning gaz holatdagi hajmini o’lchash metodi bilan topilgan molekular og’irligi shu moddaning haqiqiy molekular og’irligidan farq qiladi; bu farq tajriba xatosidan ham ancha katta bo’ladi, buni qanday tushintirish mumkin?
2.Idish (1) ning past tomonida nima uchun keng qismni yon o’simta nay (5) bilan birlashtiruvchi nay uzun hamda tor bo’lishi lozim?
3.Yuqorida tavsif etilgan asbob yordamida modda bug’ining dissotsilanish darajasini topsa bo’ladimi?
4. agar bosim millimetr simob ustuni hisobida, hajm V esa millilitr hisobida o’lchangan bo’lsa, gazlar universal konstantasi R ning qiymati qanday hisoblab chiqariladi.
LABORATORIYA MASHG’ULOTI № 3
ERIGAN MODDANING MOLEKULYAR OG’IRLIGINI VA ELEKTROLITIK DISSOTSILANISH DARAJASINI SHU ERITMANING MUZLASH TEMPERATURASIGA QARAB TOPISH (KRIOSKOPIYA)
A. MOLEKULYAR OG’IRLIGINI TOPISH.
Ishdan kuzatilgan maqsad: Erigan modda molekulyar og’irligini topishda qo’llaniladigan krioskopik metod bilan amaliy ravishda tanishish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Krioskopik metod yordamida o’lchash uchun asbob, Bekman termometri shkalasi – 100 dan 1000 gacha bo’lgan 0.10 gacha aniqlik bilan o’lchay oladigan termometr, lupa .
Nazariy qism.
Ma’lumki , eritmalar toza erituvchinig muzlash temperaturasidan ancha past temperaturasida muzlaydi, chunki eritmaning muzlash temperaturasi uning kontsentratsiyasiga va erituvchining tabiatiga bog’liq .
Bu bog’lanish elektrolit bo’lmagan suyultirilgan eritmalar uchun quyidagi tenglama bilan ifoda etiladi :
to – t1 = ∆t = E c (1)
bunda to – erituvchining muzlash temperaturasi ;
t1 – eritmaning muzlash temperaturasi ;
∆t – erituvchining muzlash temperaturasining pasayishi ;
E – proportsionallik koeffitsienti ;
C – eritmaning kontsentratsiyasi (1000 g erituvchida erigan moda mollari hisobida).
Koeffitsiyent E har qaysi erituvchi uchun alohida o’zgarmas qiymatga ega bo’lib, u muzlash temperaturasining molekulyar pasayishi yoki krioskopik konstanta deb yuritiladi(“krios”so’zi – yunoncha sovuq demakdir). Agar c 1000 g erituvchidan 1 mol modda eriganda hosil bo’ladigan konsentratsiya deb hisoblansa, E ning son qiymati (krioskopik konstanta) ∆t ga teng bo’ladi .
Quyida ayrim erituvchilarning krioskopik konstantasi keltirilgan :
Benzol ………………………………….5.1
Suv …………………………………….1.85
Naftalin …………………………………6.9
Nitrobenzol ……………………………..6.9
Fenol ……………………………………7.3
Erituvchining molekulyar muzlash temperaturasining pasayishi faqat uning kimyoviy tabiatiga bog’liq bo’lib, ammo eritmaning konsentratsiyasiga va erigan moddaning kimyoviy tarkibiga bog;liq emas . Demak , muzlash temperaturasining molekulyar pasayish miqdori yoki uning krioskopik konstantasi har bir erituvchining o’ziga xos harakterli qiymatdir .
“Muzlash temperaturasining molekulyar pasayishi”, “eritma muzlash temperaturasining erituvchi muzlash temperaturasiga nisbatan kuzatiladigan pasayishi” degan tushunchalarni bir-biri bilan almashtirib yuborish yaramaydi .
Erigan moddaning molekulyar og’irligini eritmaning muzlash temperaturasi qiymatiga qarab topishda eritmaning konsentratsiyasi 1000 g erituvchiga nisbatan olinadi .
Agar g gr modda G gr erituvchida eritilgan bo’lsa , bu eritmaning molyar
konsentratsiyasi
(2)
bo’ladi , bunda M – erigan moddaning molekulyar og’irligi ;
- erigan moddaning mollar soni .
Bu ifoda formula (1) ga qo’yilib , quyidagi tenglama hosil qilinadi :
bundan (3)
kelib chiqadi . Formuladagi g va G ning qiymatlari tarzida tortib topiladi ; E (ma’lum erituvchi uchun) va to doimiy qiymatlardir. Bularning qiymati jadvaldan olinadi . Demak , tajriba vaqtida qilinadigan ish ∆t ni , ya’ni G gr erituvchi va g gr eritilgan moddadan tayyorlangan eritmaning muzlash temperaturasini o’lchashdan iborat .
Krioskopik metod faqat suyultirilgan eritmalar uchun qo’llanilishi mumkin , chunki bunda ∆t ning qiymati juda kichik chiqadi , shu sababdan temperaturani hisoblab chiqarishda , absolyut qiymati juda kichik bo’lgan ozgina xato ham foiz jihatdan olganda anchagina bo’ladi . Shuning ushun tajriba o’tkazilayotganda temperaturani 0.0020 gacha aniq o’lchashga yordam beradigan termometrlardan foydalaniladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |