Asbob tavsifi.
Asbob (2-rasm) ning asosiy qismi yon o’simta nayi (7) bo’lgan probirka (6) dan iborat . Probikaning og’zi probka (9) bilan zich berkitiladi , probka termometr (10) va ingichka simdan yasalgan aralashtirgich (11) o’rnatilgan bo’ladi ; aralashtirgichning uchi halqa shaklida egilib va probirka ichida termometrga tegmay , bemalol yura oladigan bo’lishi kerak . Termometr o’rnatilgan va probka orqali aralashtirgich o’tkazilgan probirka (6) boshqa kengroq probirka (4) ga tushirib qo’yiladi , bunda keng probirka “havo ko’ylagi” rolini o’ynaydi . Yig’ib tayyorlangan asbob qalin devorli stakan (1) ga uning qopqog’i (2) dagi teshik orqali tushuriladi . Tajriba oldidan bu stakanga (suv va maydalangan muzdan iborat) sovutuvchi aralashma solingan bo’ladi . Yo’g’on simdan yasalgan aralashtirgich (3) sovutuchi aralashmani aralashtirib turish uchun ishlatiladi .
2 – rasm.
Molekulyar og’irlikni topish uchun
ishlatiladigan asbob
1– stakan ; 2 – qopqoq; 3,11 – aralashtirgichlar ;
4 – “ko’ylak”; 5,8,9 – probkalar ; 6 – probirka;
7 – yon o’simta ; 10 – Bekman termometri.
Termometrni sozlash.
Krioskopik tajribalar o’tkazish vaqtida erituvchi va eritmaning haqiqiy muzlash temperaturalarini o’lchash talab qilinmaydi , balki shu temperaturalar ayirmasini juda aniqlik bilan o’lchash kerak . Buning uchun Bekman “differensial ” (ayirma) termometrdan foydalaniladi . Odatda laboratoriyada uzunligi taxminan 50 sm keladigan termometr ishlatiladi . Bunday termometrning simob solingan joyi taxminan 3 sm , shkalasining asosigacha cho’zilgan kapillyari esa taxminan 24 sm , termometrning yuqori qismi taxminan 10 sm keladi . Simob yuradigan kapillyarning yuqori qismi egik , uchi keng va ozroq qismiga simob solingandir (3) . Shkala hammasi bo’lib , odatdagidek , faqat 5 darajaga , har bir daraja esa 0.010 ulushlarga bo’lingan bo’ladi, lekin katta qilib ko’rsatadigan shisha (lupa) dan foydalanib , temperaturani 0.0020 gacha aniqlik bilan sanab olish mumkin .
Termometr maxsus tarzda tuzilganligi uchun temperaturani o’lchashdan oldin uni har gal sozlash kerak . Krioskopik tajriba o’tkazishda termometr quyidagicha sozlanadi : avval kapillyardagi simob ustunining meniksi shkalaning yuqori qismidagi biror ulushi qarshisiga keltirilishi kerak ; bu temperatura erituvchining muzlash temperaturasiga teng bo’ladi . Simob ustunini shkalaning istalgan joyigacha ko’tarishga quyidagicha kirishiladi . Termometrning simobli qismini yuqori tomonga ko’tarib ushlanadi , asta – sekin chertib simob termometrning yuqori qismiga o’tkaziladi , shundan so’ng termometr ehtiyotlik bilan to’ntarilib avvalgi holiga keltiriladi va termometrning past qismidagi simob to’ldirilgan idish yo qo’lda ushlab turib , yoki issiq suvga solinib isitiladi , bunda kapillar ichidagi simob termometrning yuqorigi keng qismidagi simob bilan tutashishi kerak . Shundan so’ng termometr erituvchining muzlash temperaturasidan 2-3 0 yuqori temperaturagacha sovutiladi , buning uchun termometr tegishli temperaturagacha isitilgan suyuqlikka botiriladi , suyuqlik temperaturasi esa oddiy termometr yordamida tekshirib turiladi . Termometr kerakli temperaturagacha sovugandan keyin ortiqcha simob kapillyar ustidagi simobdan ajratib yuborilishi , buning uchun esa termometrning yuqori qismidagi kapillyar o’tadigan keng joy chertilishi kerak . So’ngra termometr muzlayotgan erituvchisi bor stakanga botiriladi va kapillyardagi simob meniksi qaysi joyda turganligi tekshirib ko’riladi . Agar bunda meniks ancha pastroqda bo’lib , shkalaning qolgan qismi temperatura pasayishini o’lchashga kamlik qiladigan bo’lsa , kapillyarda simob ustuni tegishli balandlikka ko’tarilguncha , yuqorida qilingan ishlar takrorlanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |