CDMA tizimlari o‘zaro interferensiya hosil qiladi. Bu shuni anglatadiki, efirda ishlaydigan qurilmalar halaqitlar hosil qilish bilan boshqa qurilmalaming ishlashiga ta’sir qiladi. Bu shunga bog‘liqki, tizim butunlay ortogonal (bog'liq bo‘lmagan) kodlardan foydalanilmaydi. Shuning uchun har xil abonentlaming MSlari bir- birlariga ta’sir qilishi mumkin. Binobarin, tarmoqda mobil terminallar qancha ko‘p ishlatilsa, ular bir-birlariga shunchalik katta ta’sir qiladi. Aynan kodlami to‘liq ortogonal emasligi tizimning o‘tkazish qobiliyati vasig‘imi uchun asosiy cheklaydigan omil hisoblanadi [4].
“Yaqin-uzoq” zonalar muammosi. Bu bazaning stansiyasiga yaqinroq bo‘lgan MS signali sotaning chekkasida joylashgan mobil telefonga qaraganda kamroq so‘nishga uchrashi tufayli vujudga keladi (8.32-rasm). Bu holat barcha signallaming energiyasi umumiy chastotalar diapazonida uzatilishi tufayli vujudga keladi. Bu esa, mobil terminallar yaqinida uzoqda bo‘lganlami tiqib qo‘yishi va shu bilan sotaning qamrov doirasini kamaytirishi mumkinligiga olib keladi [4].
STS
rasm. “Yaqin-uzoq” zonalar muammosi
Bu muammoni yechishning asosiy usuli quwatni boshqarish hisoblanadi. Odatda, kanallar kod bo'yicha ajratiladigan tizimlarida bir 198
necha xil quwatni rostlash mexanizmlari qo‘llaniladi, bu bunday hodisaning oqibatlarini minimumgacha kamaytirishga imkon beradi.
GPRS (General Packet Radio Service) texnologiyasi
GPRS (General Packet Radio Service) GSM standard tarmoqlarida taqdim etiladigan paketli ma’lumotlar xizmati hisoblanadi. Dastlab GSM standard kommutatsiyalanadigan bog'lanishlar bo'yicha ma’lumotlaming paketli uzatilishini ko‘zda tutdi. Bu xizmat CSD (Circuit Switched Data) deyilgan. CSD uchun ma’lumotlami maksimal uzatish tezligi 9,6 kbit/sgachani tashkil etdi. Bu tezlik fakslami (past ruxsat etishli) va kichik hajmdagi ma’lumotlami uzatish xizmatlarini amalga oshirish uchun yetarli edi. Bunda ma’lumotlar butun bazaviy stansiyalar tarmog* i (BSS) orqali uzatildi, keyin markaziy kommutator (MSC) orqali tashqi ma’lumotlami uzadsh tarmoqlariga yo'naltirildi [22].
Ma’lumotlami sotali aloqa tizimlari orqali uzatish xizmatiga qiziqishning ortishi bilan CSD texnologiyasi takomillashtirildi va sotali aloqa tarmoqlarida HSCSD (High Speed Circuit Switch Data - kommutatsiyalanadigan bog‘lanishlar bo‘yicha ma’lumotlami yuqori tezlikda uzatish) texnologiyasidan foydalanish boshlandi. Ma’lumotlami maksimal uzatishn tezligi 57,6 kbit/sgacha oshirildi. Bu katta 0‘lchamlardagi fayllami (yuzlab kilobaytlar) va yuqori aniqlikdagi fakslami uzatish imkoniyatini berdi. Maksimal tezlikni ortishiga, birinchi navbatda, mobil stansiya (MS) va bazaviy stansiya (BS) orasidagi radiointerfeysda bir vaqtda bir nechta taymslotlardan (TS) foydalanish orqali erishildi. CSD va HSCSD xizmatlarida tariflashtirish ma’lumotlami uzatish uchun sarflangan vaqt bo‘yicha amalga oshiriladi. 0‘tgan asming 90-nchi у illarida bunday imkoniyatlar yetarli edi.
Biroq, Intemetning keng qo‘llanilishi bilan, kommutatsiyalanadigan bog‘lanishlar orqali ta’minlanadigan ma’lumotlar uzatish tezligi sezilarli yetarli bo‘lmay qoldi. Bir sahifani HSCSD texnologiyasidan foydalanish bilan yuklash uchun bir necha minut vaqt ketishi mumkin edi, bu esa abonentlami qoniqtirmadi. O‘z navbatida, kommutatsiyalanadigan bog‘lanishlar bo'yicha ma’lumotlami uzatish texnologiyasi sezilarli kamchiliklarga ega - butun abonent sessiyasi vaqtida bog'lanishni o'matish zaruratiga ega, bu esa amaliyot ko‘rsatdiki, bu kanalni egallash ba’zan 50% dan kamni tashkil etdi. Shunday qilib, CSD va HSCSD xizmatlari qimmatli radioresurslaridan samarali foydalanishga imkon bermaydi.
Bu muammoning yechimi ma’lumotlami paketli uzatish usuli bo‘lishi mumkin. Bunda ma’lumotlami uzatish xizmati zarur boMadigan barcha abonentlar uchun sotadagi umumiy resurs taqdim etiladi, u abonentlar orqali kerakli darajada va ular ma’lumotlami uzatishida foydalaniladi, turib qolish vaqtlarida esa bu resurs boshqa abonentlar orqali ishlatiladi. Bunday holda, o‘ta yuklanish ehtimoii oshadi, ammo boshqa tomondan, bu resurslami taqsimlash usuli ancha tejamkor bo‘ladi.
Paketlar kommutatsiyalanadigan sotali tizimlarda ma’lumotlami birinchi paketli uzatish texnologiyasi GPRS bo‘ldi. Bu texnologiya ma’lumotlami uzatish tezligini 171 kbit/sgacha oshirishga imkon beradi, bu endi Intemetdagi o‘rtacha sahifalami ko‘rish va tarmoqdagi kichik fayllami (yuzlab kilobayt - megabayt) almashlash uchun yetarli bo‘ldi. GPRS kommutatsiyalanadigan bog‘lanishlar bo‘yicha ma’lumotlami uzatishdan farqli ravishda bir nechta yangi qurilmalami o‘matilishi va GSM tarmog‘ining mavjud ayrim elementlarini (dasturiy ta’minot va texnik vositalami) modemizatsiyalashni ko‘zda tutadi.
Birinchi navbatda, GPRS tarmog‘i uchun ikkita yangi elementlar - SGSN (Serving GPRS Support Node - GPRS abonentlarga xizmat ko‘rsatish tuguni) va GGSN (GPRS Gateway Service Node - GPRS shlyuz tuguni) tugunlarini o‘matish zarur bo‘ldi (8.33-rasm). Ular GSM standard tarmog‘ining paketli domeni yoki paketli tarmog‘ini tashkil qiladi. SGSN ovozli tarmoq uchun MSC bilan bir xil rolni o'ynaydi. Uning vazifalariga paketlami marshrutlashtirish, Intemet-sessiyalami o'matish va o‘chirish, taqdim etilgan aloqa xizmatlariga hisoblami berish kiradi.
8.33-rasm. GPRS texnologiyasining ishlashi uchun zarur bo Madigan yangi elementlar va interfeyslar
O‘z navbatida, GGSN ovozli tarmoqning G-MSC tuguniga mos keladi. Uning asosiy vazifasi ichki tarmoq va tashqi ma’lumotlami uzatish tarmoqlari (boshqa sotali aloqa operatorlari tarmoqlari, Internet va boshqalar) orasidagi paketlami marshrutlashtirish hisoblanadi.
Shuningdek, GPRS xizmatlarini joriy etish uchun bazaviy stansiyalar kontrollerini (BSC) modemizatsiyalash zarur bo'ldi. Xususan, signalizatsiyaga ishlov berish va paketlami marshrutlashtirish uchun javob beradigan yangi funksional blokni o‘matish zarur bo‘ldi. Bundan tashqari, BSCning boshqa bloklari uchun dasturiy ta’minotni modemizatsiyalash zarur bo'ldi. Bazaviy stansiyalari tizimi (BSS) va MSC kamroq o‘zgartirishlami talab qiladi, ammo Shunga qaramay dasturiy ta’minotni modemizatsiyalashni talab qildi. Bulardan tashqari, yangi tarmoq elementlari - SGSN va GGSN, mavjud elementlari - BSC, MSC, VLR, HLR orasida interfeyslami yaratish zarur bo‘ldi.
GPRS xizmatlaridan foydalanish uchun mobil stansiyada o‘zgartirishlar zarur bo‘ladi. GPRS texnologiyasidan foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha MSlar 3 sinflarga bo’lingan. A sinfdagi apparatlar bir vaqtning o‘zida GSM tarmog‘ida ishlashi va GPRS texnologiyasidan foydalanish bilan ishlashi mumkin. В sinfdagi MSlar GSM yoki GPRS tarmog‘ida ishlaydi, ammo ikkinchi texnologiyadagi ulanish buzilmaydi, balki saqlanadi. C sinfidagi terminallar faqat bitta texnologiyada ishlashi mumkin.
GPRS texnologiyasi sotali aloqa tarmoqlarida ma’lumotlami uzatish texnologiyalarini rivojlantirishga kuchli asos yaratdi va katta turtki berdi. GPRS uchun paydo bo‘lgan elementlar ham EDGE texnologiyasi, ham 3G tarmoqlari uchun ishlatishida davom etmoqda va umumiy prinsiplari esa to‘rtinchi avlod tarmoqlariga ham o‘tkazilgan. Shunday qilib, GPRS texnologiyasi ma’lumotlar paketli uzatish texnologiyalarining uzun zanjirining boshida turadi [22].
Do'stlaringiz bilan baham: |