Laboratoriya mashg‘uloti-4. Simsiz aloqa tarmoqlarin parametrlarini o’rganish Ishdan maqsad: GSM tarmog‘ining oqilona ierarxik boshqarilishi, Network Management Center (NMC) — tarmoq operatsion markazi
Tarmoqni boshqarish markazi GSM tarmog‘ining oqilona ierarxik boshqarishni yaratish uchun Network Management Center (NMC) — tarmoq operatsion markazi mos keladi, u quyidagilarga javob beradi (8.24-rasm):
Butun tarmoq darajasida hududiy markazlami qo'llash bilan ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish.• Favqulodda vaziyatlarda, masalan, mexanizmning buzilishi yoki tugunlaming o‘ta yuklanishida NMC tarmoqdagi trafikni boshqarish va tarmoq dispetcherlik boshqaruvini ta’minlaydi [18].
Tarmoq qurilmalarida ishlatiladigan boshqarish tugunlarining texnik holatini nazorat qiladi va tarmoqni boshqarish markazi operatorlari uchun monitorlarda tarmoq holatini aks ettiradi. Bu xodimlarga jarayonni kuzatib borish va ishlatish markazlariga yordam berish imkonini beradi.
Xodimlar xizmat ko‘rsatishning yomonlashishini oldini olish uchun alohida e’tibor talab etilishi mumkin bo'lgan ba’zi bir sharoitlar bo‘yicha bir yoki bir nechta tarmoqlami monitoring qilishga javobgar.
Tashkilotlar turli tarmoqlami boshqarish yoki bitta BS mumkin bo‘lmaganda geografik ortiqchalikni ta’minlash uchun bittadan ortiq NMClami boshqarishi mumkin.
8.4.3. CDMA One standartining o‘ziga xos xususiyatlari CDMA One sotali aloqadan hamma joylarda foydalanishga turki bo'lgan va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan birinchi mobil aloqa standard hisoblanadi. CDMA One ko‘pincha IS-95 deyiladigan 190 standartning brend nomi hisoblanadi. IS-95 standardising birinchi spetsifikatsiyalari IS-95A qisqartmasi ostida chiqarilgan va keyinchalik takomillashtirilgan relizlar IS-95V sifatida nashr etilgan. IS-95V odatda CDMA One bilan bog‘lanadi. Ovoz bilan bir qatorda bu standartdagi sotali aloqa tizimlari ma’lumotlami IS-95A uchun 14,4 kbit/s va IS-95V uchun 115 kbit/s tezliklarda uzatishi mumkin edi [4].
CDMA One kodi bo’yicha ko‘p tomonlama ulanish (CDMA - code division multiple access) ishlatiladigan birinchi sotali tizim edi. Oldingi tizimlarda chastota bo‘yicha (FDMA - frequency division multiple access) va vaqt bo‘yicha (TDMA - time division multiple access) ulanish usullari ishlatilgan. IS-95 standartidan keyingi barcha sotali aloqa standartlari, shu jumladan 3G uchinchi avlod standartlari radiointerfeysni qurishda CDMA usulidan foydalangan. Shunday qilib, CDMA One bu sohada kashshof ekanligini isbotladi.
CDMA usuli ishlatiladigan tizimlarda har bir ovoz oqimi o‘z noyob kodi bilan belgilangan va bir vaqtda bitta kanalda boshqa ko‘plab ovoz oqimlari bilan birga uzatiladi. Qabul qiluvchi tomon shovqindan signalni ajratib olish uchun o‘sha bir kodni ishlatadi. Ko‘plab ovoz oqilari orasidagi yagon farq noyob kod hisoblanadi. Kanai juda keng va har bir ovoz ofimi butun diapazonning kengligini egallaydi. Bu tizim 1,23 MGs kenglikdagi kanallar to‘pl am ini ishlatadi. Ovoz 8,55 kbit/s tezlikda kodlanadi, lekin ovoz aktivligini va turli kodlash tezliklarini aniqlash ma’lumotlar oqimini 1200 bit/sgacha qisqartirishi mumkin. CDMA tizimlarida signal quwatining juda past qiymatiga qaramasdan, nazariy jihatdan signal shovqin sathiga qaraganda kuchsiz bo‘lishiga qramasdan juda mustahkam va himoyalangan bog‘lanishlar o‘matilishi mumkin.
CDMA prinsipi polosasi oddiy xabarlami uzatish uchun zarur bo‘ladigan chastotalar polosalaridan sezilarli ortiq bo‘lgan keng polosali signallarni (KPS) ishlatilishiga asoslangan. Keng polosali (shovqinsifat) signalning bazasi bilan tavsiflanadi, u Fspektr kengligini uning T davomiyligiga ko'paytmasi sifatida aniqlanadi.
B = FT Xabarlami ikkilik simvollar ko'rinishida raqamli uzatishda KPSning T davomiyiigi va S uzatish tezligi:
T=l/S nisbat orqali bog‘langan.
Natijada V=F/S signalning bazasi KPS spektrini xabar spektriga nisbatan kengayishini tavsiflaydi, u esa o‘z navbatida ikkita usul yoki ulaming kombinatsiyalari orqali amalga oshirilishi mumkin:
chastotalar spektrini to‘g‘ri kengaytirish;
tashuvchi chastotani sakrashsimon o‘zgartirish.
Birinchi usul bo‘yicha tor polosali signal T davomiylikli psevdo- tasodifiy ketma-ketlikka (PTKK) ko‘paytiriladi, u o‘z navbatida har biri davomiylikga ega bo‘lgan N ta bitlardan tashkil topgan. U holda, KPS bazasi (8.25-rasm.) miqdor jihatidan PTKK elementlari soniga teng bo'ladi.
В = г/то=N