Laboratoriya mashg’uloti №-8
Mavzu: Biologiyadan to’g’arak mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi
Ishdan madsad. To’garak mashg’ulotlarini tashkil etish va uni yuritish qoidalari hamda meyoriy hujjatlarini o’rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar. Plakatlar, slaydlar, uslubiy qo’llanmalar.
Nazariy tushuncha. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning uch xil turi mavjud:
1.Ayrim о‘quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg‘ulotlar
2.О‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar.
3.О‘quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turi
|
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning mazmuni
|
Ayrim o‘quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg‘ulot-lar
|
Biologiyadan qo‘shimcha o‘quv adabiyotlarini o‘rganish, axborot texnologiyalari dasturlari yordamida bilimlarini sinab ko‘rish, mulьtimedialar vositasida ijodiy izlanishlarini tashkil etish, maktab tajriba maydonchalarida tirik organizmlardagi mavsumiy o‘zgarishlar, belgilarning irsiylanishini o‘rganish maqsadida kuzatish va tajribalar o‘tkazish, turli mavzularda ma’ruzalar va ko‘rgazmali materiallar tayyorlash.
|
O‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar
|
5-6 sinflarda “Yosh botaniklar”, 7-sinfda “Yosh zoologlar”, 8-sinfda “Yosh fiziologlar” va 9-11 sinflarda“Yosh biologlar” to‘garagini tashkil etish
|
O‘quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulot-lar
|
Turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma’ruzalar, “O‘tkir zehnlilar mushoirasi”, viktorinalar, “Ko‘kalamzorlashtirish haftaligi”, “Bog‘ haftaligi” “Hosil bayrami” ni o‘tkazish
|
Yuqorida qayd etilgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi.
О‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga biologiya
-о‘quv xonasini jihozlash, tabiatga mavzuli ekskursiyalar tashkil etish,
-о‘quv jarayoni uchun zarur bо‘lgan kо‘rgazmali vositalar tayyorlash
-“Yosh biologlar” to’garagini tashkil etsih.
,,Yosh biologlar” tо‘garagining ishi, didaktik maqsadi-о‘quvchilarning о‘quv fanlariga bо‘lgan qiziqishlarini orttirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash, tabiat va jamiyatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ongli ravishda kasb tanlashga yо‘llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish, tajriba qо‘yish va kuzatishlar о‘tkazish kо‘nikmalarini rivojlantirish sanaladi.
Biologiyadan tashkil etiladigan tо‘garak umumiy nom “Yosh biologlar” deb ataladi va о‘quvchilarning о‘rganayotgan о‘quv fani, yoshlik va psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga olingan holda;
5-6 sinflarda “Yosh botaniklar”,
7-sinfda “Yosh zoologlar”,
8-sinfda “Yosh fiziologlar”
9-11 sinflarda“Yosh biologlar” tо‘garagi tashkil etiladi.
5-6 sinf о‘quvchilari bilan tashkil etiladigan “Yosh botaniklar” tо‘garagida quyidagi masalalarga e’tiborni qaratish tavsiya etiladi. “О‘zbekistonda botanika fanining taraqqiyoti”, “Ulug‘ alloma ibn Sinoning dorivor о‘simliklar haqidagi fikrlarini о‘rganish”, о‘simliklarning ahamiyati va ularni asrash tо‘g‘risidagi hikmatli hikoyalar va hadislarni о‘rganish, xona о‘simliklarini tasniflash, parvarish qilish va kо‘paytirish, dorivor о‘simliklarning biologik va ekologik xususiyatlarini о‘rganish, О‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan о‘simliklar va h.q.
7 sinf “Yosh zoologlar” tо‘garagining namunaviy ish rejasi mazkur tо‘garakning namunaviy ish rejasini о‘qituvchi о‘z bilimi, pedagogik mahoratiga tayanib tо‘ldirishi va о‘zgacha sayqal berishi, mahalliy sharoit va о‘quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olib tegishli о‘zgartirishlar kiritishi va amaliyotda qо‘llashi mumkin.
8-sinf о‘quvchilari bilan о‘tkaziladigan “Yosh fiziologlar” tо‘garagida hujayra va tо‘qimalardan mikropreparatlar tayyorlash, qonning tuzilishi va xossalari, yurakning tuzilishi va ishi, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining paydo bо‘lishi va rivojlanishiga qо‘shgan hissasi, salomatlikni asrash bо‘yicha hikmatli hikoyalar va hadislarni о‘rganish, “Chekmasdan – yoshlik gashtini sur”, “О‘zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishi va istiqbollari” kabi mavzularda kechalar о‘tkazishga tayyorgarlik masalalarini kiritish maqsadga muvofiq.
9-sinf о‘quvchilari bilan о‘tkaziladigan “Yosh biologlar” tо‘garagida sitologiya-hujayra haqidagi ta’limot, hujayra organoidlari, hayot jarayonlarning kimyoviy asoslari, moddalar almashinuvi, hujayrada modda va energiya almashinuvi, organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi, genetika va seleksiya asoslari mavzulariga oid qo’shimcha ma’lumotlarni qamrab olishi lozim.
10-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan ,,Yosh biologlar” to’garagida Hayotning molekula, hujayra, organizm darajasidagi umumbiologik hamda hayotning tur va populyatsiya darajasidagi umumbiologik qonuniyatlarga oid mavzular ko’lamidagi ma’lumotlarni chuqurroq o’zlashtirishga oid to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish.
11-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan ,,Yosh biologlar” to’garagida ekologiya va hayot, hayotning ekosistema, biosfera darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar, organik olam filogenezi mavzularini aks ettirgan to’garak mavzularida qo’shimcha ma’lumotlar berish orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash, boyitish, fanga nisbatan qiziqishini yanada oshirishga qaratilmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |