Mustaxkamlash uchun savollar:
Kichik qon aylanish doirasi tuzilishini tushuntiring?
Katta qon aylanish doirasi qaerdan boshlanadi?
YUqorgi va pastki kovak venalar qaerda joylashgan?
O’pka qaysi qon tomirlardan qon oladi?
YUrak avtomatiyasi nima?
19-Laboratoriya ishi. Mavzu:Qo’l-oyoq qon tomirlari tuzilishini o’rganish.
Jihozlar: atlas,mulyaj,xo’l preparatlar,tablisa,darslik,, albom,tarqatma materiallar, ko’rgazmali slaydlar va mikroskopik preparatlar.
YUrakdan chiqadigan arteriya qon tomirlari (aorta, o’pka poyasi) markazdan uzoqlashgan sari tarmoqchalar chiqarib asta-sekin kichiklasha boradi. Nihoyat, a’zolar devorida mikroskop ostida ko’rinadigan juda xam ingichka arteriya tomirlari arteriola (arteriolae) va kapillarlarga aylanadi. Arteriolalar devori tarkibida kisqarish kobiliyatiga ega bo’lgan elementlar bor. Ular o’sha joydagi qon bosimini tartibga solib turish uchun xizmat kiladi va shu bilan kapillyarlardan fark kiladi. Kapillarlar soch tolasiga o’xshagan kil tomirlardir, ularning uzunligi
o’rta xisobda 0,5 mm, kengligi 4 - l mikron, ya’ni odam tukining diametridan 50 marta kichik va devori juda yupqa bo’ladi. Ularda qon sekin oqadi, natijada xujayra va to’qimalarga zarur kislorod xamda ozik moddalarning qondan to’qimalarga siydik yo’li bilan o’tishi uchun imkoniyat tug’iladi. To’qimalarda moddalar almashinuvi natijasida vujudga kelgan karbonat angidridi keraksiz (chikindi) moddalar kapillarlarga o’tadi. SHunday kilib, arteriola, kapillyar, venula va vena tomirlariga aylanadi. Vena qon tomirlari asta-sekin (bir-biri bilan qo’shilib) yiriklashib, oxirida yukori va pastki kovak vena kon tomirini tashkil qiladi va yurakning o’ng bo’lmachasiga quyiladi. Qon o’ng bo’lmachadan o’ng qorinchaga, undan o’pka arteriyalari orqali o’pkaga boradi. O’pka arteriyasining tarmoqlari pirovardida kapillyarlarga aylanadi va nafas tarmoklariga (pufakchalar)ni o’rab oladi.
Kapillyarlardan karbonat angidrid alveolalarga, kislorod esa qonga o’tadi. Kislorodga boy bo’lgan qon o’pka venalari orqali yurakning chap bo’lmachasiga quyiladi. Undan chap korinchaga o’tib, aorta orqali butun organizm bo’ylab tarqaladi. Natijada kon aylanish doirasi vujudga keladi. Qon aylanish sistemasi ikki doiraga bo’linadi. Katta qon aylanish doirasi yurakning chap korinchasidan boshlanib. aorta va uning tarmoklari orqali barcha a’zo va to’qimalarga tarqaladi, so’ngra vena kon tomirlari yurakning o’ng bo’lmachasiga qaytib quyiladi.
Aorta odam organizimidagi eng katta va uzun yagona kon tomiri bulib, yurakning chap korinchasidan tarmoklanadi. Aortaning devori arteriya kon tomirlariga karaganda kalinrok. Aortani uch qismga bulib urganiladi.
YUkoriga kutariluvchi.
Aorta ravogi.
Pastga tushuvchi.
Uzunligi taxminan 6 sm chap korinchadan boshlanib aorta tarmogiga boradi.
YUkoriga kutariluvchi aortaning davomi bulib tush suyagi dastasining orqa tomonida turadi. Aorta rovagining ustki tomonidan kul, bosh va buyni rovogining pastki tomonidan kekirdak, bronx va kalkonsimon bezga ingichka shoxchalar chikadi.
Aorta ravogining davomi bulib IV-kukrak umrtkasini IV-bel umurtkasiga davom etadi. Aorta 2 ga kukrak va korin arteriyaga bulinadi. Kukrak aortasi diofragmaga davom etadi. Korin arteriyasi kukrakning davomi bulib, IV-V umrtkalarining oldida ung va chap umumy etbosh arteriyaga bulinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |