Mustaxkamlash uchun savollar:
Yurak – tomir tizimida yurakning roli haqida nimalar bilasiz?
Qanday tomirlarga arterial va vena tomirlar deyiladi?
Mitral klapanlar qaysi?
O’pka qaysi qon tomirlardan qon oladi?
Yurak avtomatiyasi nima?
Elektrokardiogramma nima va u nima uchun zarur?
18-laboratoriya ishi: Yurak kovak venalari tuzilishini o’rganish.
Jihozlar: atlas,mulyaj,tablisa,darslik,, albom,tarqatma materiallar, mikroskopik preparatlar, ko’rgazmali slaydlar.
Vena kon tomiri devori arteriya kon tomiri devorga uxshash bulsada shakli uning yupkadir. Venalarning kup qismida klapanlar bulib, vena klapanlarini ochik tomoni yurakka karagan.
Yuqori kovak vena 6-8 sm bulib, kuks oraligining oldingi bulmada ung va chap tomondagi elka bosh venalarining kushilishidan xosil buladi.
Yurak kovak vena pastrokka tushib yurak xaltasidan utib ung bulmachaga kuyiladi.
Arteriya bilan vena tomirlari hamisha birga joylashgan bo’ladi, katta arteriya tomirlari ko’pincha bitta vena bilan, kichik arteriyalar esa ikkita vena bilan birga yo’naladi. Arteriya va vena tomirlari nerv tolalari bilan birga yo’naladi va aloxida parda (fassiya) bilan o’ralib, kon tomirlar nerv tutamini hosil qiladi.
Qon tomirlarning devori uch kavatdan: birinchi - tashqi kavat elastik biriktiruvchi to’qima o’rta kavati qolgan boshqa kavatlariga karaganda bir oz qalin bo’lib, aylanasiga (spiral) joylashgan silliq muskullardan tuzilgan. Qon tomirlar devorining uchinchi yoki ichki kavati xam tashqi qavatiga o’xshagan elastik biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, endoteliy bilan koplangan.
Arteriya qon tomirlari devori tuzilishiga karab, uch turga bo’linadi. Aorta va o’pka poyasining o’rta kavati elastik biriktiruvchi to’qimadan tuzilganligi uchun elastik turdagi arteriyalar deb ataladi. Qolgan arteriyalar devori esa sillik muskullardan iborat bo’lib, ular tegishlicha muskul turidagi arteriyalar deb yuritiladi. Qon tomirlar elastik bo’lganligi tufayli xamma vakt yurakning qisqarishiga va kengayishiga (cho’zilishiga va asli xoliga kaytishiga) moslashib turadi. Natijada kon tomirlar devorida joylashgan muskul qavati o’z elastiklik xossalariga ko’ra yurak ishiga birmuncha yordam beradi va qon aylanishini osonlashtiradi. Qon tomirlar devorlarini o’ziga xos arteriya hamda vena qon tomirlari qon bilan ta’minlaydi.
Bundan tashqari, tomirlarning markaziy nerv sistemasiga aloqador nerv tolalari va oxirlari - reseptorlari bo’ladi. Reseptorlar tegishlicha qon tomirlar ishni tartibga solish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |