LABORATORIYA ISHI №3
№394 MASHINIST KRANLARINING VAZIFASI VA TUZILISHINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi: tormozlarni boshqarish asboblari: vazifasi, turlari va o‘ziga xosligi; № 394 mashinist krani: tuzilishi, rejimlari va sinovi; № 394 mashinist kranida uchraydigan nosozliklar; ish bo‘yicha xulosalar.
Umumiy ma’lumotlar
Poezdni avtotormozlarini boshqarish mashinachi krani pnevmatik (394) mashinach kranlari tomonidan bajariladi, uning tuzilmasiga esa quyidagi talablar qo‘yiladi:
- tormoz tarmog‘ini zaryadkalashda va tormozlarin qo‘yib yuborishda siqilgai havoni intensiv uzatilishi bajarilishi kerak:
- kranni poezdl holatidagi qo‘yib yuborilgan tormozlarida, tormoz magistralida o‘rnatilgan zaryadli bosim bosh rezervuarda ishchi bosim mavjudligida poezd tarmog‘ida esa-havoni yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlari ushlab turilishi kerak:
- tormoz kuchini to‘g‘irlanishi magistraldagi bosimni bosqichsiz yoki bosqichli kamayishi bilan, va shunday (ya’ni bosqichli yoki bosqichsiz) uni ko‘tarilishi tormozni qo‘yib yuborganda ta’minlanishi kerak:
- to‘g‘ri ta’sir qiluvchi tormozlarni boshqarishda tormoz magistralidagi zarur havo bosimini, undan havo yo‘qotilishidan qat’iy nazar, bir darajada saqlanishi kerak:
- tez tormozlashni bajarish uchun kran tormoz magistralidagi intensiv razryadkani, atmosfera bilan to‘g‘ri aloqa qilgan holda, ta’minlashi kerak:
- poezdni tormozini boshqarishda kran ushlagichini zarur holatta o‘rnatish bo‘yicha mashinachi tomonidan bajariladigan har qanday manipulyasiya bir necha soniyadan ko‘p bo‘lmagan vaqtini sarfini talab qilmmasligi va yo‘l belgilari ko‘rsatgichlarini kuzatishdan mashinachini chalg‘itmasligi kerak;
3.1. Tuzilishi va ishlash prinsipi
Yig‘ilgan mashinachi krani (rasm-3.1) besh asosiy qismdan tuzilgan: yuqorigi 4 (zolotnikli) o‘rta 3, pastki 2 (tenglashtiruvchi), stabilizator 5 va reduktor (iste’mol klapani)
Rasm - 3.1 №394 mashinachi kranining umumiy ko‘rinishi:
1-reduktor; 2-pastki (tenglashtiruvchi) qismi; 3-o‘rta qismi; 4-yuqorigi (zolotnikli) qismi; 5-stabilizator.
№394 mashinachi krani harakatlarini ko‘rib chiqamiz. Kran ushlagichi oltita ishchi holatga ega:
I - zaryadka va qo‘yib yuborish;
II- o‘ta zaryadkalashni avtomatik yo‘qotish bilan poezdli;
III-tormoz magistralini iste’molisiz perekrisha;
IV - tormoz magi-stralini iste’moli bilan perekrisha;
V - yordamchi tormozlanish;
VI - tez tormozlash.
IV va V holatlari orasida qo‘shimcha
VA holati bo‘lib, u tormozlarni og‘ir uzun tarkibl poezdlarda boshqarish uchun xizmat qiladi.
Har bir holatida tormoz uskunalarini bajaruvchi vazifalari tajriba va amaliyot ishlarida kengrok ko‘rib chiqiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |