Reaktivlar: nitrat kislota eritmasi (48-60%), ammiak eritmasi (25%), lakmus qog`ozi.
Jixozlar: ammiakli selitra olish mo`ljallangan qurilma, nitrat kislota va ammiak eritmalarini zichligini o`lchash uchun aerometrlar.
1. 500 ml o`lchov tsilindri 2. Aerometrlar
3. qumli hammom 4. chinni kosacha
Ishni bajarishtartibi
Ammiakli selitrani rasmda ko`rsatilgan qurilmada olish mumkin. Bnda reaktsion uskuna deametri 50-56 mm va balandligi 300-400mm, yuqori va pastki qismida Vyurts kolbasini ulash uchun mo`ljallangan teshiklar mavjud. Trubkaning yuqori va pastki qismi cho`zilgan. Trubkaning pastki qismiga steklovata taxlanadi va unga shisha nasadka solinadi; trubkaning yuqori qismiga tomchili voronka o`rnatiladi. Trubka o`rniga suvli sovutkich kojuxini ishlatish mumkin, lekin bunda pastki otvo (teshik) yuqoriga qayrilib qo`yilgan bo`lishi kerak, bu eritmani ammiak keladigan shlangga kirib qolishidan saqlaydi. Ammiak Vyurts kolbasidan keladi, bu kolbada ammiak hosil qilish uchun konsentrlangan eritmasi sekin qizdiriladi.
Ishni boshlashdan avval nitrat kislota va ammiak konsentratsiyalari tekshiriladi. Bu maqsadda ularning eritmalari tsilindrlarga sekin quyiladi va areometrlar yordamida zichliklari aniqlanadi. Keyin spravochnik yordamida nitrat kislotani va ammiakni eritmalardagi foiz miqdori topiladi. U nitrat kislota uchun 48-60%, ammiak uchun 25% ni tashkil qilishi lozim.
Shundan so`ng o`qituvchining topshirig`iga ko`ra 15-20 ml nitrat kislota tomchili voronkaga quyiladi, vyurtskolbasiga 75-100 ml ammiak eritmasi quyiladi. Vyurts kolbasi probka bilan berkitiladi va yopiq elektrplitkada qizdiriladi. Ammiak neytralizatorga kelib tushishini boshlagan vaqtda tomchi voronkani jo`mragi ochiladi va sekinlik bilan tomchilab neytralizator orqali nitrat kislota o`tkaziladi. Oq tuman ko`rinishida hosil bo`lgan ammiakli selitra kondensirlanadi va uzliksiz tarzga reaktorning pastki qismiga oqib tushadi, maxsulot oldindan tortib olingan chinni kosachaga yog`iladi.
Kislota oqib bo`lganidan keyn, tomchili voronkaning jo`mragi yopiladi va yana biroz ammiak o`tkazish davom etadi. Keyin ammiakli selitrani kislotaliligi lakmus qog`oz yordamida tekshiriladi. Agar eritma kislotali bo`lsa, tomchili voronkaga qayta quyiladi va qaytadan neytralizator orqali o`tkaziladi, bunda ammiakni o`tkazish to`xtatilmaydi. Bu operatsiya eritmani reaktsiyasi ishqoriy bo`lguniga qadar olib boriladi.
Shundan so`ng Vyurts kolbasidan ammiak o`tkazish to`xtatiladi, tomchili voronka 3-4 marta distillangan suv yordamida chayiladi, neytralizator ham yuviladi. Yuvish uchun ishlatilgan suvli ammiakli selitra eritmasiga qo`shib yuboriladi va eritma solingan chinni kosacha qumli hammomga joylashtiriladi. Eritma shisha tayoqcha yordamida aralashtirib turgan holda, oq bug` hosil bo`lguniga qadar bug`lantiriladi, bug` harorati 433 K ga yetadi.
Ammiakli selitra sovutilganidan va kristallanganidan keyin, kosacha og`irligi olchanadi, hosil bo`lgan selitrani massasi hisoblab topiladi, unumi nitrat kislotaning olingan miqdoriga qarab foizlarda hisoblanadi.
Ish natijalari jadvalga kiritiladi:
Nitrat kislota
|
Ammiak eritmasi
|
Ammoniy nitrati
|
Hajm(ml)
|
Zichlik (g/m3)
|
konsentratsiya
|
100% ga hisoblangan massa (g)
|
Zichlik (g/m3)
|
Hajm(ml)
|
Nazariy jihatdan unumi (g)
|
Amaldagi unumi (g)
|
Unumi ƞ (%)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |