8-Laboratoriya
Superfosfat olinishi
Ishning maqsadi.Superfosfat olish, unumini hisoblash, tarkibidagi o`zlashtiriladigan fosfat miqdorini aniqlash.
Reaktivlar: appatit yoki fosfarit, sulfat kislota eritmasi (62-64%), xlorid kislota eritmasi (10%), Peterman eritmasi, ammoniy nitrat eritmasi (50%), magnezial aralashma.
Jihozlar:
1.chinni kosacha 2.chinni havoncha 3.250 ml li kolba.
Ishni bajarish tartibi
Reaktsiya tenglamasiga ko`ra sulfat kislotani 20-30 g appatit yoki fosforitga mos keladigan massasi topiladi. Agar apatitdan foydalanilsa, 3 mol P2O3 ga 7 mol H2SO4 sarf bo`ladi, agar fosfaritolinsa, 1 mol P2O3 ga 2 mol H2SO4 sarf bo`ladi.
Superfosfat olish bo`yicha barcha ishlar himoya ko`zoynagi taqqan holda, rezina qo`lqopda bajariladi!
Boshlang`ich birikmalarda har doim aralashmalar bo`ladi, ularni parchalash uchun sulfat kislota sarflanadi, shuning uchun uni 5-10% ortiqcha miqdorda olish kerak bo`ladi. Superfosfat olish uchun sulfat kislotani 62-64% eritmasi ishlatiladi, uni kansentrlangan sulfat kislota eritmasidan tayyorlanadi. Hosil bo`lgan kislotaning konsentratsiyasi areometrda topilgan zichligiga qarab aniqlanadi.
Sulfat kislotani hisoblab topilgan hajmi oldindan o`lchab olingan shisha yoki chinni stakanga solinadi va 323-333 K gacha qizdiriladi. Keyin aralashtirib turgan holda 10-12 minut davomida alohida portsiyalar bilan stakanga boshlang`ich modda namunasi solinadi, keyin 10-15 minut davomida aralashtirib turiladi, termostatga joylashtiriladi va 1-1,5 soat daomida, 373-384 K haroratda ushlanadi. Xona haroratigacha sovutilgan superfosfat solingan stakan og`irligi o`lchanadi, massalar farqiga qarab hosil bo`lgan superfosfat miqdori va unumi aniqlanadi.
9-Laboratoriya
Silvinitdan kaliy xlorid olish
Silvinit tarkibidagi kaliy va natriy xloridlarini ajratish, bu tuzlarni turli haroratlarda turlicha erishiga asoslangan. Kaliy xloridning suvda suvda eruvchanlidi harorat ortishi bilan ortib boradi, natriy xlorid eruvchanligi esa deyarli o`zgarmaydi. Silvinit eritmasini sovutish natijasida undan kaliy xlorii kristalga tushadi, qolgan eritmada natriy xlorid miqdori ko`p bo`ladi. Silvinitni issiq boshlang`ich eritma bilan qayta ishlash natijasida kaliy xlorid eritmaga o`tadi, qoldiq eritmada esa natriy xlorid qoladi.
Ishdan maqsad. Silvinit tarkibidagi kaliy va natriy xlorid tuzlarini ajratish tuzlar arlashmasidagi hamda tanlab eritishdan hosil bo`lgan mahsulotlardagi kaliy xlorid massa ulushini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |