Laboratoriya ishi №22 KimYOviy muvozanat


Metall oksidlarini ko‘mir bo‘lakchasida qaytarish



Download 1,58 Mb.
bet83/89
Sana29.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#105236
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89
Bog'liq
22-53 (копия)

Metall oksidlarini ko‘mir bo‘lakchasida qaytarish.

Surma va konsentrlangan sulfat kislotaning o‘zaro ta’siri

(Ishni mo‘rili shkafda o‘tkazing)

Probirkaga bir necha tomchi kichkina surma kristallarini soling va ozgina konsentrlangan sulfat kislota qo‘shing. Probirkani shtativga o‘rnatib, past alanganda ehtiyotlik bilan qizdiring. Reaksiya natijasida qanday gaz ajralib chiqadi? Reaksiya tenglamasini yozing.



Surma (III) gidroksidini olinishi va xossalari

a) Surma (III) gidroksidini oling, ishqor ortiqchaligiga ehtiyot bo‘ling. CHo‘kmani rangiga va holatiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.

b) Olingan cho‘kmani ikkiga bo‘ling va uni HCl va NaOH eritmalariga munosabatini sinab ko‘ring. Natriy tetragidroksostibit (III) NaSb(OH4) eritmasini 9-tajriba uchun saqlab qo‘ying. Surma (III) gidroksidini kimyoviy xossalari haqida xulosa qiling. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli holda yozing.

Natriy tetragidroksostibit (III) ning qaytaruvchilik xossalari

AgNO3 eritmasiga Ag2O cho‘kmasining erib ketgunicha ammiak eritmasidan qo‘shing. Keyin natriy tetragidroksostibit (III) NaSb(OH4) eritmasini soling (8,b tajribada olingan) va qizdiring. CHo‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini va elektronlar o‘tish tartibini yozing. Natriy tetragidroksostibit (III) bu reaksiyada qanday xossalarni namoyon qiladi?



Surma (III) tuzlarining gidrolizi

Bir necha tomchi suvda surma (III) xloridini eriting. Eritmani indikator qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. Lakmus qog‘ozi rangi o‘zgarishini tushuntiring.CHo‘kma hosil bo‘lgunicha distillangan suv qo‘shing. Nima uchun eritmani suyultirilganda cho‘kma hosil bo‘lishini tushuntiring.

Surma (III) xloridini gidrolizida surma (III) oksoxlorid cho‘kmasi hosil bo‘lishini e’tiborga olib, gidroliz reaksiyasi tenglamasini yozing. U qanday hosil bo‘ladi?

Hosil bo‘lgan cho‘kmaga bir necha tomchi konsentrlangan HCl eritmasidan tomizing. Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating va tushuntiring. Eritmani keyinchalik suv bilan suyultirilganda yana cho‘kma hosil bo‘ladi. Tushuntirib bering.



Surma(V) birikmalarining oksidlovchilik xossalari.

KJ kaliy yodid eritmasi ustiga surma (V) xlorid eritmasidan ozgina soling. Erkin yod borligini isbot qiling. Reaksiya tenglamasini yozing va elektronlar o‘tishini ko‘rsating. Bu reaksiyada SbCl5 qanday xossalarni namoyon qiladi?



Vismut metalining kislota eritmalari bilan o‘zaro ta’sirlanishi.

(Ishni mo‘rili shafda bajaring)

Ikkita probirkaga vismut metalining bo‘lakchalaridan soling. Bir probirkaga ozgina konsentrlangan H2SO4, ikkinchisiga esa suyultirilgan HNO3 eritmasidan qo‘ying. Sovuq holda reaksiya sodir bo‘ladimi? Tushuntiring. Probirkani ehtiyotlik bilan qizdiring. Vismutni HNO3 eritmasi bilan ta’sirlanishida qanday gaz ajralib chiqadi?

Vismutni konsentrlangan H2SO4 eritmasi bilan ta’sirlanishidan qanday gaz ajralib chiqishini tajribada (hidi bilan) aniqlang. Reaksiya tenglamalarini va elektron o‘tish tartibini yozing.

Vismut (III) oksidining olinishi va xossalari

Bir necha vismut (III) nitrati kristallarini tigel qopqog‘i ustida parchalanguncha qizdiring. Reaksiyada qanday mahsulotlar hosil bo‘ladi. Ularni rangiga e’tibor bering. Sovitish jarayonida reaksiya mahsulotlari rangini o‘zgarishini kuzating. Vismut (III) nitratni parchalanish reaksiyasi tenglamasini yozing.




Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish