Laboratoriya ishi №2 Keramik buyumlarni pishirish jarayoni va qurilmasini o’rganish. Ishdan maqsad



Download 499,5 Kb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi499,5 Kb.
#816611
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-laboratoriya ishi


LABORATORIYA ISHI № 2


Keramik buyumlarni pishirish jarayoni va qurilmasini o’rganish.


Ishdan maqsad: Keramik buyumlarni pishirish jarayoni va qurilmasini o’rganish.
Kerakli xom ashyo va reaktivlar: Mufel pech, tarozi, shtangensirkul, oldingi mashg’ulotda tayyorlangan namuna.
Ishning nazariy asoslari:
2.1. Keramika texnologiyasida pishish tugallanuvchi va o'ta murakkab texnologik jarayon hisoblanadi. Pishish jarayonida bir qator fizik- kimyoviy jarayonlar yuz beradi va buyumlar buni natijasida toshsimon tuzilishga, suvga barqaror, mustahkam, sovuqqa chidamli va shunga o'xshash fizik-mexanik xossalarga ega bo'ladi.
Keramik materiallar ishlab chiqarishda kuydirilgan yoki «pishgan» material deb, kuydirish jarayonida kam ochiq g'ovaklikka, ya’ni kam suv yutuvchanlikka ega bo'lgan materiallarga aytiladi. Bu qaysi materialga qanday talab qo'yilishiga qarab belgilanadi. Materialni suv yutuvchanligi pishgan holatida 0,02 % dan (texnik keramika buyumlari uchun) to bir necha foizgacha (qurilish keramikasi buyumlari uchun) bo‘ladi.
Keramik buyumlami kuydirish sikli quyidagi bosqichlardan iborat: isitish,
maksimal haroratda ushlab turish va sovutish.
Quyidagi har bir bosqichni umumiy xossalari va kuydirish rejimini aniqlovchi
faktorlar bilan tanishamiz.
Kuydirishning so‘nggi harorati va ushlab turishning davomiyligi buyum xossalariga qo‘yiluvchi talablar yig'indisidan iborat bo’ladi. Yuqorida ko‘rsatilgandek kuydirishda pishish jarayonining tezligi harorat bilan tez oshib boradi. Ushlab turishga qo‘yiladigan asosiy talab ham pishishni aniq darajasiga yetkazishdir. Lekin ba’zi hollarda talab etilayotgan harorat va ushlab turish davomiyligi kimyoviy reaksiya yoki fazaviy o‘zgarishlar tugashi bilan aniqlanadi.
Ko'p hollarda harorat bilan ushlab turishni muvofiqligini o‘zgartirib, aynan bir xil natija olish mumkin. Bir xil massadan tayyorlangan buyumlarni kuydirish harorati ba’zi hollarda 100°C va undan ortiq oraliqda o'zgarishi mumkin.
2.2.Chinnini kuydirishdan maqsad - kerakli fizik-texnik xossalarga ega bo'lgan sopolakni pishirib hosil qilishdan, glazurni (sirni), dekolni mahsulotning yuzasida mustahkamlashdan iborat.
Pishirish ikki marta amalga oshiriladi. Birinchi pishirish 900- 1050°C da olib boriladi. Bunda sopolak mustahkamlanadi, kimyoviy bog'langan suvlar ajralib chiqadi, organik moddalar yonib ketadi. Bunday sopolak suvda erimaydi.
Asosan korxona sharoitlarida mutaxassislar tomonidan chinni buyumiga uch marta issiqlik ishlov beriladi. Haqiqatan ham, ularning ikki marotabasi chinnini pishirish, ya’ni kerakli xossalarga ega bo'lgan sopolakni hosil qilish bo'lsa, uchinchi kuydirish (pishirish emas) chinni ustiga chizilgan yoki yopishtirilgan bo'yoqlar (rasmlar) ni kimyoviy mustahkamlashdan iboratdir. Shuning uchun uchinchi issiqlik ishlov berish birinchi va ikkinchi pishirishga nisbatan anchagina past haroratda olib boriladi.




Download 499,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish