Laboratoriya ishi № 14
Mavzu: Tashqi muhit omillari.
Darsning maqsadi: Tashqi muhit omillari. malakasini hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Termometr, plakatlar,jadvallar, slaydlar, testlar
Topshiriqlar:
1. Ekologik omillar
2. Ekologik muhit
3. Tirik organizmlarning muhitga moslashishini o`rganish.
Tayanch tushunchalar: muhit tushunchasi, tabiiy va sun’iy muhit moslashish, fiziologik moslashish, xulqiy ekologik moslashish. Abiotik, biotik omillar. Fitogen, edafik, topografik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar muhit tushunchasi fanda turli ma’nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy ijtimoiy va boshqalar.
Omil tirik organizmlarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir. Shunday qilib ekologik omillar tirik organizmlar moslashish shart sharoit deb ko`rash kerak. Ekologik omil juda xilma xil tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki birgalikda ta’sir etadi. Ular ekologik, fiziologik, genetik va boshqalar tarzida ta’sir etadi. Ekologik omillarni tasniflashda uning tabiati, harorat, sho’rlanish, bosim muhitining reaksiyasi va boshqalar doimo o`ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. R.N. Kashkarov (1933) omillarni uch guruhga ajratadi “ iqlim, edafik, ofografik, biotik., antropik va tarixiy omillarga ajratadi.Yashil o`simliklarning hayoti uchun zarur bo`lgan omillar kosmik (yorug’lik, harorat) va yerdagi suv va oziqa omillariga ajratiladi. Biz ekologik omillarni abiotik (o’lik tabiatning ta’siri) biotik (tirik organizmlar bilan bog’liq bo`lgan ta’sir) va antropogen (insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sir) omillariga bo`lib o’rganiladi.
Abiotik omillarga quruqlik biotsenozlarida quyidagilar kiradi.
1. Iqlim, yorug’lik, harorat, havo, namlik (har xil shakllardagi yog’ingarchiliklar tuproqning namligi, havoning namligi, qor qoplami ).
2. Edafik (yoki tuproq gurung) tuproqning mexanik va ximiyaviy tarkibi tuproqning fizik xossalari va boshqalar.
3. Topografik (yoki orarafik) rel’f sharoiti
Suvdagi tirik organizmlarga asosan gidrologik omillar majmui ta’sir etadi.
Biotik omillar
1. Fitogen- birgalikda yashayotgan o`simliklarning to’g’ridan-to’g’ri (mexanik ta’sirlar, simbioz, parazitlik epifitlarning yashashi) va bevosita (tirik organizmlar yashayotgan muhitning o`zgartirishi) kabi ta’sirlari
2. Zoogen hayvonlarning (oziqlanishi, payhon qilish va boshqa urug’larni tarqatishi muhitga ta’sir etishi ) kabi ta’sirlar
3. Mikrobiogen va mikogen - mikroorganizmlar va zamburug’larning (parazitlik, tashqi muhitni o`zgartirish) ta’siri
Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir. Antropogen ta’sir natijasida tirik organizmlar yashash muhitining o`zgarishi o`z navbatida ekotizimlarning tarkibiy qismlari o’rtasidagi bog’lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz tutishiga olib keladi. Ba’zi hollarda biotsenozlarning butunlay yo`qolib ketishiga sabab bo’ladi.Ekologiyada muhit deb, tirik organizmni o’rab turgan fizik qumrovni e’tiborga olinadi. Aniqroq so`z borganda muhit tevarak atrofdagi o`zaro bog’lanishlardagi shart sharoit ta’sirlar majmuasidir. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiy muhitni suv, quyosh , shamol, havo, yer o`simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo`lib insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir biri bilan chambarchas bog’liq. Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhit bo`lib tirik mavjudotlar sub’yekt va ob’yekt ta’sirlar sifatida qatnashib, ta’sirlar esa tevarak atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. ekologik muhit o`z navbatida muayyan ekologik tizim hisoblanib uni tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.Tabiiy ekotizim yoki ekosfera hayotni rivojlanishga imkon beradigan yerning tasnifi va abiotik jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy iqtisodiy tizim va insonning barcha atrof muhitga (jonli va jonsiz tabiatga) bo`lgan munosabatni bildiradi. Ekologik muhit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan hollarda bo’ladi. Tirik organizm hayoti o`zgarmagan shart sharoitlar va ta’sirlar barqaror holatida muvozonati o`zgarmaydi. Aksincha muhitning shart sharoitlari ta’sirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi. Ekologik muhitning buzilishi atmosferaning yer osti suvlarning ifloslanishi, qattiq chiqindi moddalarning va ozuqaning zaharlanishi shovqinlarning ko’payishi reaktiv moddalar va boshqalarning ta’siri ortib borishda ko’rinadi. Inson tabiiy qonunlarini chuqurroq o’rganish o`rniga hayot muhitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi.Tirik organizmlar to’rtta asosiy muhitlarda tarqalgan. Ulardan ikkitasi havo muhitlari o’lik, tuproq muhit oraliq va organizm (muhit sifatida) tirik xususiyatga ega. Har bir hayot muhiti o`z navbatida organizmlar yashashi uchun har xil yashash joylaridan iborat. Masalan, suv muhiti quyidagi yashash joylari sifatida uchrashi mumkin: chuchuk va sho’r suv, ko’lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq va sovuq va hokazolarMoslashish. sayyoramizda tirik organizlar bir-biridan keskin farq qiluvchi o`ziga xos to’rtta muhitgacha tarqalgan ekan Ulardan biri hisoblangan suv muhitida dastlab hayot kelib chiqqan.Keyinchalik tirik organizmlar quruqlikka chiqib tuproq hosil bo`lishida katnashadilar va uni egallaydilar . Shuningdek havo va boshqa organizmni ichida yoki sirtida ham tarqalganlar. Demak bizga ma’lum bo`lgan tirik tabiat va uning tarkibiy hisoblangan uvoqlilar, zamburug’lar, o`simliklar va hayvonlar ana shu muhitlarda yashashga moslashganlar. Moslashish yoki adaptatsiya populiyatsiyalar yoki jamoalarning morfologik xulqiy va axbarot biotsenotik xususiyatlarning majmuidan iborat bo`lib boshqa populiyatsiyalar tur jamoalar bilan yashash uchun kurashda g`olib chiqishga sababchi bo’ladigan shuningdek abiotik muhit ta’siriga chidamli bo`lganligini ifodalaydi.Moslashish turli darajada va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Masalan harorat olamiga moslashish turli darajada va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Masalan harorat omiliga moslashish molekulalar darajadan boshlab to biotsenotik darajagacha kuzatilishi mumkin. Ko’pchilik o`simliklar ortiqcha qizib ketishdan saqlanish uchun boshqa o`simlik turining soyasida usadi. Bu yerda moslashish biotsenotik darajada namoyon bo’ladi. Asalarilarning uylarini haddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovitish jamoa darajasidagi moslashishga misol bo’ladi.Hayvonlarning teri bezlari orqali tanasini sovitishi yoki o`simliklarni transpiratsiya orqali barg yuzasini sovitish yoki shu kabilar organizm darajasidagi moslashishlardir. Xulqiy yoki etologik moslashishlar hayvonlar uchun xos bo`lib turli shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvonlar tanasi o’rtasida normal issiqlik almashinuvi uchun uya qurish qulay haroratli joyni izlab topish, shuningdek qushlar va sut emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy ko’chib yurishlar ma’lum. Hayvonlar faqat harorat olamiga xulqiy tomondan moslashib qolmay, balki namlik yorug’lik va boshqa ko’pchilik ekologik omillarga ham moslashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |