Laboratoriya ishi № 10
Bajarish muddati:
Mavzu: Masofaviy o’qitishga mo’ljallangan o’quv materiallarini yaratish.
Ishning Maqsadi: Masofaviy o’qitishga mo’ljallangan o’quv materiallarini yaratishni o’rganish.
Nazariy qism:
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o’qitishga mo’ljallangan o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko’zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan masofali o’qitishda dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak: 1. Masofali o’qitishda dasturiy vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi. 2. Masofali o’qitishda dasturiy vositalar o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta‘minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning hisobga olinishi. 3. Masofali o’qitishda dasturiy vositalarda ta‘lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich o’zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi. Masofali o’qitishda vositalarga didaktik, psixofiziologik va texnik talablar qo’yish mumkin. Ularning har biri, bir nechta talabni o’z ichiga oladiki, ushbu paragrafda mazkur talablarning mazmuni bilan tanishib chiqamiz
Topshiriqlar:
1. Masofaviy o’qitishga mo’ljallangan o’quv materiallarini yaratish usullari.
2. Masofaviy o’qitishga mo’ljallangan o’quv metodlari tuzing.
3. Masofaviy o’qitishga mo’ljallangan o’quv materiallarini yarating.
Topshiriqlarni bajarilishi:
1.Topshiriqning bajarilishi
Bayon qilinayotgan o‘quv materialida asosiy va unchalik muhim bo‘lmagan elementlarni ajratib ko‘rsatish. Bu talab ta‘limning ko’rgazmalilik prinsipi bilan bog’liq bo’lib, uni pedagogik jihatdan, o’quv materiali matnida asosiy g’oyalar ajratilib, keyin ular mohiyatining bayon qilinishi, mavzudagi yangi tushunchalarni berib, har biridan so’ng ularning xususiyati, tushunchalar bilan aloqadorligi kabilarning ochib berilishi bilan, shuningdek, texnik jihatdan, ekranda tasvirlanayotgan matnda asosiy tushunchalar, tushunchaning xususiyatlari kabilarni boshqa rang, boshqa shrift, boshqacha o’lchamda ko’rsatish bilan amalga oshirish mumkin. Mazkur talabning pedagogik jihatini amalga oshirishga o’quv materialiga pedagogik ishlov berishni takomillashtirish orqali, texnik jihatdan esa gipermatnlar va ko’poynali holatdan foydalanish orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |