Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni takomillashtirish orqali mamlakat infratuzilmasi va iqtisodiyotining rivojidagi ahamiyati



Download 26,35 Kb.
Sana13.04.2020
Hajmi26,35 Kb.
#44396
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK NI TAKOMILLASHTIRISH ORQALIMAMLAKAT IQTISODIYOTINING RIVOJIDAGI AHAMIYATI

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI MAMLAKAT INFRATUZILMASI VA IQTISODIYOTINING RIVOJIDAGI AHAMIYATI.

TMI M-90 guruh talabasi:

Ilmiy rahbar:

O`zbekiston tarixan qisqa muddat ichida 26 yil mobaynida barcha sohalarda erishayotgan yutuq va marralarni butun dunyo e’tirof etmoqda, hamda O`zbekistonning o`tmishi va kelajagi buyuk davlat ekanligini yana bir bor tan olmoqda. Xususan Jahon Iqtisodiy Forumi tomonidan e’lon qilingan iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar reytingida 2014-2017 yilgacha bo`lgan pragnozda, yillik o`sish darajasi eng yuqori bo`lgan davlatlar orasida O`zbekiston 5-o`rinni egallagani barchamizga ma’lum albatta. Shundan kelib chiqib biz jahon bozoridan faqat xomashyo bilan emas, aksincha, o`zimizning intellektual salohiyatimiz bilan, yuksak texnologiyalar asosida yaratilgan, raqobatga bardoshli tayyor mahsulot bilan o`zimizga xos, o`zimizga mos o`rinni egallab olishimiz kerak. Hozirgi kunda barchaga ma’lum bo`lgan bu oddiy haqiqatni kimgadir tushuntirib, tashviqot qilishning hojati yo`q — oldimizda turgan ko`plab muammolarni, to`siq-g`ovlarni bartaraf etishning asosiy yo`li ana shunda. Buning tasdig`ini mamlakatimizda, qator viloyatlarda ketma-ket ishga tushirilayotgan ko`plab zamonaviy korxonalar misolida ko`rish mumkin. Iqtisodiyotning barcha sohalarini oqilona tashkil qilish, ularga yuksak texnologiyalarni joriy etish, shu asosda zamonaviy korxonalar barpo etib, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, bir so’z bilan aytganda, O’zbekistonda jahon andozalariga mos, xalqaro bozordagi raqobatga bardosh bera oladigan tizimni yaratish bizdan katta vaqt, mehnat va shijoat talab qiladi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalari qatorida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Zero, milliy iqtisodiyotimizning yuqori sur’atlarda jadal rivojlanib borishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning pozitsiyasi nihoyatda beqiyosdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotni rivojlanishidagi o`rnini ularning bir qator xususiyatlari orqali ifodalash mumkin:



  • Kichik biznes korxonalari yirik korxonalarga nisbatan, iqtisodiyotda bo`layotgan o`zgarishlarga, bozor talablariga tez moslashadi;

  • Yangi o`rinlarni yaratib aholi bandligini ta’minlaydi;

  • Kuchli raqobatni yuzaga keltirib, iqtisodiyotning tarmoqlari o`rtasidagi o`zaro aloqani yaxshilab, ular orasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarining samarali taqsimlanishini ta’minlaydi.

Bu sohada yaratilgan imkoniyatlar qatorida ba’zi bir kamchiliklar ham yo`q emas edi. Bu kamchiliklar tadbirkorlarni ro`yhatga olish va faoliyatini nazorat qilishda ro`y berib, bora-bora tadbirkorlar faoliyatida muammoga aylana boshladi. Vaholanki biz ularning jadal rivojlanishiga hechqanday to`siqlar bo`lmasligini ta’minlashimiz zarur. Bu muammolarning yechimi sifatida O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2014 yil 4 apreldagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni misol bo`la oladi. Bu islohotlarning izchil davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil 5 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonini olishimiz mumkin. 1 Bu farmon o`z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat orgonlarining aralashuvini tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarga yo`l qo`yilmaslik davlat siyosatining muhim ustuvor yo`nalishi va davlat orgonlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangani, bu boradagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarilganidan dalolat beradi.

Bugungi kunga kelib tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash, ko`plab imkoniyatlar yaratib berish, korxonalar tashkil etish maqsadida, kichik biznes sub’yektlariga 12,6 trillion so`mlik kreditlar ajratildi va o`sish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarini tashkil qildi. Jumladan, qiymati 2,7 trillion so`mlik mikrokreditlar ajratildi, xalqaro moliya institutlarning 185,7 million dollor miqdoridagi kredit liniyalari o`zlashtirildi. Shuni ham ta’kidlash joizki, tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar o`z-o`zidan hal bo`lib qolmaydi. Umuman olganda muammolarning yuzaga kelmasligi uchun chiqarilgan Farmonlarning amaldagi ijrosini ta’minlashimiz zarur.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy korxonalar sonining o`sishi natijasida yangi ish o`rinlari ochilib aholi bandligiga erishiladi, aholi daromadlari o`sib ijtimoiy farovonlik ta’minlanadi. Mamlakat infratuzilmasi tubdan yaxshilanib, iqtisodiyotning barcha sohalari o`zaro bog`liq ravishda jadal rivojlana boshlaydi. Yuqorida qayd etib o`tganimizdek raqobatga bardoshli tayyor mahsulot bilan o`zimizga xos, o`zimizga mos o`rinni egallashimizga, shu bilan birga jahon andozlariga raqobatdosh korxonalar shakillanishiga zamin yaratadi.



1 O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti Vazirligining rasmiy sayti: “O`zbekiston Respublikasi 2016-yil 9 oyid ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish takunlari to`g`risida

Download 26,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish