Laboratoriya ishi № 1
Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o`tkazish
Ishning maqsadi: Kimyodan o’tkaziladigan kechalar, ularning ish mazmuni, tashkiliy yo’llari, o’tkazish va yakunlash malakasini hosil qilish.
Kerakli jihozlar: A3 formatli qog’oz, marker yoki rangli ruchkalar, chizg’ich, kompyuter, asbob va reaktivlar.
Kimyodan sinfdan tashqari ishlar dars bilan bir qatorda maktabda taolim-tarbiya jarayonini tashkillashning eng muhim formulalaridan biridir.
Kimyodan sinfdan tashqari ish, darsdan tashqari paytda amalga oshiriladigai taolim-tarbiya jarayonidir. Sinfdan tashqari ishning maqsadi o’quvchilarning kimyodan olgan bilimlari, egallagan ko’nikma va malakalarini chuqurlashtirish va kengaytirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni kimyoga bo’lgan qiziqishlarini, mustaqilligini, ijodiy aktivligini rivojlantirish xisoblanadi. Sinfdan tashqari ishning muhim maqsadi siyosiy-g’oyaviy, mexnat, axloqiy va estetik jihatdan o’quvchilarni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari ish o’quvchilar jamoasini shakllantirishga, shu bilan birga kimyoga qiziqishini, layoqatini tarbiyalashga yordam beradi va yagona taolim-tarbiya jarayonining muhim elementi xisoblanadi. Kimyodan sinfdan tashqari ishlarda predmetlararo aloqalarni amalga oshirish vazifasi qo’yiladi, bu esa kasbga yo’llash ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tanlayotgan kasbda kimyoning rolini tushunishga yordam beradi. Sinfdan tashqari ish o’quvchilarning dam olishlarini tashkillashga yordam beradi. Sinfdan tashqari ishni quyidagi elementlardan tashkil topgan yagona tizim sifatida qarash mumkin:
Kimyodan sinfdan tashkari ish tizimi. Sxema
Mazmun
|
|
Forma
|
|
Turlar
|
|
Metodlar
|
|
O’qitish vositalari
|
Kimyo o’qitishdagi singari asosiy aniqlovchi element bo’lib mazmun xizmat qiladi. Sinfdan tashqari ishning mazmuni erkin tanlab olinadi. Bu yerda chegaralash, qattiq o’zgartirilmaydigan dasturlar berilmaydi. Sinfdan tashqari ishda boshqa har qanday ishga nisbatan o’qituvchi shaxsini taosiri, uning dunyoqarashi, qiziqarli nazariy bilimi va axloqiy qiyofasi, mamlakatning ichki va xalqaro xayotini tushuna olishi, siyosiy savodxonligi hamda yetukligi namoyon bo’ladi.
SHunday bo’lishiga qaramay kimyodan sinfdan tashqari ishlar maolum talablarga bo’ysunishi kerak.
Ilmiylik. Bu didaktik printsip sinfdan tashqari ish muvaffaqiyatining eng muhim shartidir.
Muvofiqlik. Mazmun o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, maktab dasturidan uzoqlashib ketmasligi kerak. Bir vaqtning o’zida u shunday tanlanishi kerakki, u o’quvchini bilishiga, qo’shimcha adabiyot bilan ishlash, tadqiqot faoliyatiga undashi kerak.
Dolzarbligi va amaliy ahamiyati, hayot bilan bog’liqligi. Bu yerda mashxur sanalarga bag’ishlangan tadbirlar nazarda tutiladi (kashfiyotlarni ochilishiga bag’ishlangan og’zaki jurnallar). SHuningdek maktab yaqinida joylashgan qishloq xo’jaligi yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan bog’lik bo’lgan ishlar. Masalan: qishloq maktabi uchun agroqimyoviy to’garak, atrofda to’qimachilik korxonasi bo’lsa, to’qimalarni bo’yash uchun bo’yoqlardan foydalanish bo’yicha to’garak, xukumat olib borayotgan ichki va tashqi siyosat bilan bog’liq dolzarb muammoga bag’ishlangan ish (masalan: atrof muxitni muxofaza qilishga bag’ishlangan ilmiy - amaliy konferentsiya)
Sinfdan tashqari ishlar o’rganilayotgan muammolar qanchalik jiddiy bo’lishi bilan birga ayniqsa, 7-8 sinf o’quvchilari uchun qiziqarli bo’lishi kerak. U o’quvchilarga qiziqarli bo’lgan faktlarga boy bo’lishi kerak. Ilmiy fantastikadan keng foydalanish, ijodiy ishlar yaratish, bahs va munozaralarni qo’llab-quvvatlash lozim.
Mazmuniga mos ravishda kimyodan sinfdan tashqari ishlarning shakl va turlarini tanlash kerak.
Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning shakl va turlari.
Kimyodan sinfdan tashqari ishning turlari.
|
Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning shakllari
|
Yakka
|
Guruhli
|
Ommaviy
|
Adabiyot bilan ishlash, maoruza va referatlar yozish, kichik tadqiqotlar o’tkazish, kimyo xonasini ji-xozlash bo’yicha ishlar va x.z.
|
Kimyo to’garagi kimyodan devoriy gazeta chiqarish, stend tayyorlash, kimyo xonasini jixozlash bo’yicha ishlar va x.z.
|
Kimyo kechasi, kimyo olimpiada-lari, og’zaki jurnal, xaftalik, oylik, viktori-na, anjumanlar ekskursiyalar, jamoatchilik ko’rigi, kimyo jamiyatlari va x.z.
|
Shuni ta`kidlash kerakki, sinfdan tashqari ishlarni bunday klassifikatsiya qilish shartli xisoblanadi. Masalan, kimyo kechasi yoki to’garak ishini o’tkazish har bir ishtiroqchidan katta mexnat talab qiladi. Bir vaqtning o’zida ommaviy tadbirni o’tkazish har bir ishtiroqchining ish tavsifi va yo’nalishiga taosir qiladi. Bu sinfdan tashqari ishning shakl va xillari o’rtasida o’zaro integratsiya bo’lishini ko’rsatadi. Demak sinfdan tashqari ishlarning barcha elementlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-biriga taosir ko’rsatadi va bir-biriga bog’liqlikda bo’ladi. Sinfdan tashqari ishlarning ayrim xillarini tashkillash va o’tkazish metodikasi bilan tanishib chiqaylik.
Sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish ham kimyodan darslarni rejalashtirishdagi MIT talablari asosida amalga oshiriladi.
Kimyodan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish uni yo’nalishini aniqlab beradigan omillarni baxolash bilan boshlanadi. Bunga maktabni o’rab turgan ishlab chiqarishlarni o’rganish, maktab jamoasi shug’ullanayotgan ilmiy-pedagogik mavzu, kimyo xonasining imkoniyatlari va o’quvchilarni qiziqishlarini o’rganish, ularning ota-onalari tarkibini o’rganish kiradi. Shundan so’ng ishning mavzusi tanlanib, u yoki bu turdagi sinfdan tashqari ish rejalashtiriladi. Yosh o’qituvchi o’z ishini to’garakni tashkillashdan boshlagani maoqul. To’garak asosiy aktivni qamrab oladi, uning atrofiga qolgan o’quvchilar birlashadilar.
Imkoni bo’lsa to’garak aozolari kimyo xonasida mavjud bo’lgan o’qitishning texnik vositasini ishlatishni o’qituvchi raxbarligida o’zlashtirib olishlari kerak. Ular turli sinfdan tashqari tadbirlar o’tkazilganda o’qituvchiga yaqindan yordam beradilar. Kimyo xonasini jixozlashda ham to’garak aozolari ko’maklashadilar.
Sinfdan tashqari ishlarda qo’llaniladigan o’qitishning vosita va metodlari imkoni boricha o’quvchilarning tafakkurlashini, mustaqilligi, ijodiy aktivligini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. Odatdagi o’quv ishlarida qo’llaniladigan metodlardan aloxida farqlanadigan metodlari bo’lishi haqida gap bo’lishi mumkin emas. Bu yerda eng muhimi qo’llaniladigan metod va vositalar maktabda o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakl va turlariga mos bo’lishi muhimdir.
Kimyodan sinfdan tashqari ish bu o’quvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotning mustaqil formasi bo’lib, kuchli emotsional taosirga egadir. Bu o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlashini rivojlantiradi, mustaqil ilm olish, o’zbilimlarini tuldirishga undab, kashfiyotchilik va ijodiyotini rivojlantiradi. Sinfdan tashqari ish turlari va mazmuni bo’yicha xilma-xil, ammo barcha xollarda qiziqarli xususiyatiga ega bo’lib, kimyoga qiziqishini shakllantiradi, ammo puxta tashkillashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |