I guruh anionlari aralashmasini analiz qilish tartibi
I guruh anionlari uchun muhim bo`lgan analitik reaksiyalarning natijalari 17-jadvalda keltirilgan. Bariy xlorid BaC12 bu guruh anionlarining umumiy guruh reagenti bo`lib, bu anionlar guruh reagenti ta`sirida oq qristallik cho`kmalar hosil qiladi.
I guruh anionlarining reaksiyalari
17- jadval
Reagentlar
|
Anionla r
|
|
SO42-
|
SO32-
|
S2O32-
|
CO32-
|
PO43-
|
SiO32-
|
BaC12 Neytral yoki kuchsiz ishqoriy
muhit
Cho`kmaning HCIra munosabati
|
Oq cho`kma BaSO4
erimaydi
|
Oq cho`kma BaSO3
eriydi
|
Oq
cho`kma BaS2O3
eriydi
|
Oq cho`kma BaCO3
eriydi
|
Oq
cho`kma BaHPO4
eriydi
|
Oq
cho`kma BaSiO3
parchalanadi
|
Magnezial aralashma MgCl2+NH4OH+NH4C1
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Oq
cho`kma
MgNH4PO4
|
Oqcho`kma
MgSiO3
|
Molibden suyuqligi (NH4),MoO4 +HNO3
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Sariq
cho`kma
(NH4)3H4
[P(Mo2O7)6]
|
-
|
Kislotalar
|
-
|
SO2 ajra-lib chiqadi
|
SO2+S ajra-lib chiqadi
|
CO2 ajralib chiqadi
|
-
|
H2SiO3
cho`kmaga tushadi.
|
Ammoniy tuzlari NH4C1,
(NH4)2SO4
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
H2SiO3
cho`kmasi
|
Fuksin
|
-
|
Qizil rangni rang-sizlan-tiradi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Anionlarni aralashma tarkibidan topishda ularning o`ziga xos analitik reaksiyalaridan foydalaniladi.
Dastavval, eritmada birinchi guruh anionlari borligi guruhning umumiy reagenti BaC12 ta`sirida tekshiriladi. Tekshirilayotgan neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitga keltirilgan eritmadan 3-5 tomchi olib, ustiga 5-7 tomchi BaC12 ning 0,5N eritmasidan qo`shiladi. Oq cho`kmaning hosil bo`lishi birinchi guruh anionlari borligini bildiradi.
1. Sulfat ion SO42- ni topish. Tekshirilayotgan eritmadan 4-5 tomchi olib, ustiga HNO3 ning 2N eritmasidan 6-8 tomchi va BaC12 ning 2N eritmasidan 3-4 tomchi qo`shiladi. Oq kristall cho`kma hosil bo`lishi va bu cho`kmaning xlorid kiclotada erimasligi SO42- anioni borligidan dalolat beradi.
2. Sulfit ion SO32- ni topish. Probirkaga tekshirilayotgan aralashma eritmasidan 4-5 tomchi olib, 2-3 tomchi HC1 ni 2N eritmasidan qo`shiladi. So`ng shu probirkaga kraxmal bilan ko`k tusga kiritilgan yod eritmasidan bir necha tomchi qo`shiladi. Eritmani rangsizlanishi tekshirilayotgan eritmada SO32-anionlari bor ligini ko`rsatadi.
Tiosulfat ion S2O32- ni topish. Tekshirilayotgan eritmadan 2-3 tomchi olinadi va unga temir (III)-xlorid eritmasidan 1-2 tomchi qo`shiladi. To`q-binafsha rang hosil bo`lishi S2O32-borligini ko`rsatadi.
Karbonat anion CO32 ni topish. Tekshirilayotgan eritmada S2O32-, SO32- ioni borligi ma`lum bo`lsa, unda bu anionlarni sulfat ion SO42- gacha oksidlash lozim, buning uchun tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushiga 4-5 tomchi vodorod peroksid (8-10% ni eritmasi) qo`shilib, suv hammomida ohista isitiladi. Shundan so`ng isitilgan eritmaga xlorid kiclotaning 2N eritmasidan 6-8 tomchi qo`shiladi va chiqayotgan gaz CO2 ohakli suvdan o`tkaziladi. Ohakli suvning loyqalanishi karbonat ion CO32- ishtirokini ko`rsatadi.
Silikat ion SiO32-ni topish. Probirkaga tekshirilayotgan eritma ulushi (6-8 tomchi)dan solamiz, unga NH4C1 kristallaridan bir nechtasini tashlaymiz va ohista isitamiz. Oq iviqsimon cho`kmaning hosil bo`lishi, SiO32- anioni borligidan dalolat beradi.
Fosfat ion PO43- ni topish. Probirkaga ammoniy molibdat (NH4)2MoO4 eritmasidan 7-8 tomchi solinadi va ustiga HNO3 ning 6N eritmasidan 6-7 tomchi qo`shiladi. Hosil bo`lgan aralashmaga tekshirilayotgan eritmadan 5-6 tomchi tomizilib, ozgina isitiladi. PO43- anionlari bo`lsa ammoniy molibdatfosfatning sariq cho`kmasi hosil bo`ladi.
Laboratoriya ishi №12
II – ANALITIK GURUH ANIONLARI
Cl-, Br-, J-, S2-
II – guruh anionlarining umumiy xarakteristikasi
Anionlarning ikkinchi analitik guruhiga xlorid-ion Cl-, bromid-ion Br-, yodid-ion J-, sulfid-ion S2- va ba`zi bir boshqa anionlar kiradi.
Bu anionlar Ag+ kationlari bilan suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan tuzlar hosil qiladi. Ikkinchi guruh anionlarining umumiy guruh reagenti nitrat kislota ishtirokidagi kumush nitrat AgNO3 hisoblanadi. I guruh anionlarining ko`pchiligi ham kumush nitrat bilan suvda erimaydigan tuzlar hosil qiladi, biroq ularning hammasi nitrat kislotada eriydi va ikkinchi guruh anionlarini topishga halaqit bermaydilar. Bariy xlorid ikkinchi guruh anionlari bilan cho`kmalar hosil qilmaydi. Shu sababli, II gurux anionlari birinchi guruh anionlaridan farq qilib, BaC12 ta`sirida cho`ktirilmaydi.
Ikkinchi guruh akionlaridan ba`zilari biologiya va qishloq xo`jaligida ma`lum darajada ahamiyatga egadirlar.
Xlorid-ion doimo tabiiy suvlar tarkibida bo`ladi. Tuproq tarkibidagi suvda ham xlor ioni birikmalari bo`ladi. Yuqori qatlamida 2% tuzlar saqlovchi tuproqlar sho`rlangan hisoblanib, bunda ko`pincha xloridli sho`rlanish kuzatiladi. Asosan NaCl, CaC12, MgCl2 tuzlari hisobiga sho`rlanish bo`ladi.
Sut emizuvchi hayvonlar oshqozon suyukligi tarkibida xlorid kislota bo`lib, ovqat hazm qilish jarayonida muhim vazifani bajaradi.
Bromidlar markaziy asab sistemani tinchlantirish xossasiga ega.
Yod birikmalari o`simliklar va hayvonlar organizmlari tarkibiy qismiga kiradi. To`qimalarda yod ioni yodorganik birikmalar holida bo`lib, ayniqsa, halqonsimon bezda yod ko`proq bo`ladi. Tabiiy suvlarda va o`simliklar oziqlarida yod etishmasligi insonda bo`qoq kasalligi kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Sulfidlar va vodorod sulfid tabiatda oqsil moddalarning chirishi (parchalanishi) hisobiga hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |