Tuproq strukturasi –
donador tuproqda zarralar organik moddalar vositasida o‘zaro
yopishib, bo‘lak-bo‘lak holatda bo‘ladi. Donador tuproqda bo‘laklar yirikligi 0,25...10 mm.
Bunday tuproq serunum, ishlov berganda yaxshi uvalanib yumshaydigan bo‘ladi. Unumsiz tuproq
0,25 mm dan mayda changsimon zarrachalardan tuziladi. Shuning uchun u namni yaxshi
saqlamaydi, havoni deyarli o‘tkazmaydi, ish organlariga katta qarshilik ko‘rsatadi. Tuproqqa ishlov
berganda tuproqning chang holatiga kelishiga, ortiqcha ezilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |