«Labguldoshlar Lamiaceae L. oilasi ayrim dorivor vakillarining bioekologiyasi»


Ilmiy tadqiqot ishi natijalarining joriy qilinishi



Download 3,77 Mb.
bet4/34
Sana06.07.2022
Hajmi3,77 Mb.
#750838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Zuxuridin ilmiy tadqiqot ishi

Ilmiy tadqiqot ishi natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot ishi natijalari o’rta maktab, Akademik litsey va KHK larda biologiya, ekologiya fanlarini o’qitishda, FDU biologiya, ekologiya kafedrasiga “Botanika”, “Tabiatni muhofaza qilish”, “Dorivor o`simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” yo`nalishlarida mutaxassislikka doir fanlarni o`qitishda foydalanish uchun hamda Farg‘ona viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga foydalanish uchun berildi.
Ilmiy tadqiqot ishining sinovdan o’tishi. Ilmiy tadqiqot ishining asosiy natijalari Farg’ona davlat universiteti professor o’qituvchilari va talabalariga 2020 yil sentyabr oyida o’tkazilgan ilmiy amaliy anjumanda, botanika kafedrasi yig’ilishida, kafedra qoshidagi fan to’garagi yig’ilishida eshitildi va muhokama qilindi.
Ilmiy tadqiqot ishi natijalarining e’lon qilinishi. Ilmiy tadqiqot ishi natijalari bo’yicha 30 dan ortiq ilmiy maqolalar Respublika va xorijning ilmiy jurnallari hamda ilmiy-amaliy anjumanlari materiallari to`plamlarida e`lon qilindi.
Ilmiy tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Ilmiy tadqiqot ishi kirish, tahliliy qism, asosiy qism, 3 bob, 6 bo`lim, umumiy xulosa va tavsiyalar, 16 ta rasm, 8 ta jadval, adabiyotlar ro`yhatidan iborat. Umumiy hajmi ilovalardan tashqari 91 sahifa kompyuter matnidan tashkil topgan.

I BOB. BOTANIK TADQIQOTLARNING QISQACHA TARIXI, TADQIQOT OB’EKTI VA METODLARI

1.1. Botanik tadqiqotlarning qisqacha tarixi


Farg‘ona vodiysida olib borilgan botanik tadqiqotlar 100 yildan ortiq tarixga ega. Dastlabki tadqiqotlar O.A. Fedchenko va B.A. Fedchenkolar (1868-1871) tomonidan olib borilgan. 1871 yilning iyun oyida esa Farg‘ona vodiysida (Beshariq, Isfara, Vorux, Sox, Shohimardon, Uchqo‘rg‘on) olib borgan ikki yillik izlanishlari natijasida 1527 turning bir necha ming gerbariy namunalarini yig‘ishga erishgan, keyinchalik Farg‘ona viloyatining o‘simliklar qoplamiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari Z.A. Minkvits tomonidan olib borilgan.
R. Shonazarov tomonidan Oloy tizmasining g‘arbiy qismida olib borilgan tadqiqot ishi efemerlarga bag‘ishlangan bo‘lib, tadqiqot davomida efemer va efemeroidlarning vegetatsiya davrining davomiyligi, hayotiy shakllari, tik mintaqalar bo‘yicha, geografik tarqalishi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilingan. O‘simliklar Farg‘ona vodiysida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ilk tadqiqiot ishi M.M. Arifxanova tomonidan olib borilgan va “Rastitelnost Ferganskoy dolinы” nomli risolada o‘z aksini topgan. Olima tomonidan olib borilgan izlanishlar mazkur mintaqaning o‘simliklar qoplamiga bag‘ishlangan. Tadqiqot hududda 97 oilaga mansub bo‘lgan 2625 tur tarqalganligini ma’lum qiladi. Ulardan 454 tur bir urug‘pallali o‘simliklar borligini qayd etgan. Biroq M.M. Arifxanova mazkur ishda yoki undan keyin chop etilgan nashrlarida Farg‘ona vodiysining flora tarkibini keltirmagan.
Keyingi keng ko‘lamli tadqiqotlardan biri, Farg‘ona vodiysida tarqalgan Chenopodiaceae (Sho‘radoshlar) oilasiga bag‘ishlangan. Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida, mazkur oilaning vodiyda uchraydigan turlarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan. Shuningdek, turlarning tarqalishidagi qonuniyatlar, o‘simliklar qoplamidagi ishtiroki, ekologiyasi, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati to‘g‘risida batafsil kerakli ma’lumotlar berilgan. Undan tashqari, oila vakillari dominantlik qilgan o‘simlik jamoalarining (assotsiatsiya) floristik tarkibi keltirgan. O‘rta Osiyo cho‘llarining janub va shimoliy qismida tarqalgan oila vakillarining tarkibi bo‘yicha tahlil natijalari keltirilgan.
R.S.Vernik, T.Raximovalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Namangan viloyatining adirlari florasining turlar tarkibi, o‘simlik qoplamining o‘ziga xos xususiyatlari hamda fitomelioratsiya uslublari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Farg‘ona vodiysi hududi hozirga qadar 10 dan ortiq dissertatsiya mavzularining ob’ekti sifatida xizmat qilgan. Shulardan birinchisi O.N.Bondarenkoga tegishli. Olima 1949-1950 yillar davomida Namangan viloyatida tadqiqot ishlarini olib borgan. Ushbu tadqiqot ishi vodiyning shimoliy qismida joylashgan Namangan viloyatidagi o‘simliklar qoplami va uning xo‘jalikdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan. Ishda o‘simliklar qoplamidagi 15 formatsiya, 52 assotsiatsiyalarga tavsif berilgan va 600 yaqin turlarning ro‘yxati keltirilgan. Undan tashqari, Namangan viloyatining 1:200000 masshtabli o‘simliklar qoplami xaritasini ham tuzgan. P.X. Holqo‘ziev Shohimardon suv havzasi florasi uchun 86 oilaga tegishli 530 turkumga mansub 1353 o‘simlik turlarining ro‘yxatini keltirgan. Ro‘yxat tarkibiga kiritilgan turlarning 151 tasi Asteraceae L.oilasi turlari hisoblanadi.
Navbatdagi tadqiqot ishi G. G‘affarovga tegishli bo‘lib, tadqiqot ishida asosiy e’tibor o‘simliklar qoplami taksonomik tarkibini aniqlashga qaratilgan. Shunga qaramasdan Xo‘ja-Baqirgan daryo havzasi uchun 1463 tur qayd etgan va mazkur ish flora tarkibini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar orasida ilmiy ahamiyatining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
T.X. Xudayberdiev tomonidan birinchi marta Farg‘ona vodiysida tarqalgan Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi flora va o‘simliklar qoplami tarkibidagi taksonomik birlik sifatida tadqiq qilingan. Ish asosan oila vakillarining o‘simliklar qoplamida tutgan o‘rni, tur tarkibini aniqlashtirishga bag‘ishlangan. Dissertatsiya ishida markaziy o‘rinni turlarning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni va oqilona foydalanishning asoslariga bag‘ishlangan. Muallif ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur hudud florasida 36 turkumga mansub bo‘lgan 184 tur uchrashini qayd etilgan.
Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar orasida K.Sh. Tojibaevning Chodaksoy havzasining o‘simliklar qoplami va o‘tloqlariga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini ko‘rsatish mumkin. 1999-2002 yilar davomida Pop tumani hududidagi Chodaksoy havzasining o‘simliklar qoplamini tadqiq qilgan va 50 yildan ortiq vaqt davomidagi antropogen ta’sirlar ostida ro‘y bergan o‘zgarishlarning tahlilini keltirgan. Mazkur tadqiqot ishi ham o‘simliklar qoplamiga bag‘ishlanganligiga qaramasdan, mintaqa uchun 663 ta tur borligini qayd etgan. Qurama tizmasining janubiy yonbag‘irliklaridan boshlangan tadqiqot ishlari G‘arbiy-Tiyonshonning O‘zbekiston qismi florasini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari bilan yakunlangan. Uning bir qismi Farg‘ona vodiysida olib borilgan bo‘lib, Qurama tizmasining janubiy yonbag‘irliklarini qamrab olgan. K.Sh. Tojibaev 2009-2015 yillar davomida olib borgan izlanishlari davomida fan uchun yangi bo‘lgan 10 dan ortiq yangi turlar kashf etilgan. Ularning bir qismi vodiy florasiga to‘g‘ri kelib, quyidagilardan iborat: Allium chorkesaricum F.O. Khass. & Tojibaev, A. scharobitdinii F.O. Khass. & Tojibaev, A. michaelis F.O. Khass. & Tojibaev, Tulipa scharipovii Tojibaev, Tulipa intermedia Tojibaev & J.J. de Groot, Allium adylovii Tojibaev & R.M. Fritsch, ined.
Bu tadqiqotlar davomida aynan K.Sh. Tojibaev tomonidan ilk bor yirik tabiiy floralarning ma’lumotlar elektron bazasini tuzish va ulardan nafaqat ma’lumotlarni saqlab turuvchi zamonaviy vosita, balki ularni izlash, tahlil qilish va kelgusi tadqiqotlarni rejalashtirish ishlarini olib borishda markaziy o‘rinda turadigan muhim ilmiy manba sifatida qarashlar shakllantirildi. Ushbu bazada 104 oilaga kiruvchi 647 turkumga mansub 2056 turga tegishli ma’lumotlar jamlangan.
Vodiyni o‘rganishdagi navbatdagi tadqiqot Turkiston tizmasining florasin aks ettiruvchi tadqiqotlardan biri bo‘lib, N.O.Sulaymanov (2008) tomonidan olib borilgan. Mazkur tadqiqot ishida florada 102 oila, 531 turkumga mansub bo‘lgan 1339 turni qayd etilgan. Shu bilan birga floraning keng ko‘lamli tahlilini amalga oshirgan. T.X. Maxkamov tomonidan olib borilgan tadqiqotlar. Farg‘ona vodiysining ruderal o‘simliklarining tur tarkibi va o‘simliklar qoplamidagi tutgan o‘rniga bag‘ishlangan. Mazkur ishda asosiy e’tibor ruderal turlarning taksonomik tarkibi, hayotiy shakllari va ularning o‘simliklar jamoalaridagi o‘rni haqida ma’lumotlar keltirgan. Farg‘ona vodiysida ko‘pgina tadqiqotlar olib borilgan, shuning uchun mazkur bobda olib borilgan izlanishlarning barchasiga to‘la to‘xtalib o‘tish lozim topilmadi. Biroq keyingi yillarda vodiyning florasi, jumladan uning tarkibidagi oilasi vakillarini o‘rganishga bag‘ishlangan bir qator izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ularning natijalari bu yerda mahalliy biologik xilma-xillikni o‘rganishda va xujjatlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Flora davlatimizning yirik tabiiy boyligi undan oqilona foydalinib, muhofaza qilish uchun uning turlarini botanika nomenklaturasi nuqtai-nazaridan puxta o`rganish zarur. Aks holda juda murakkab chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Ta‘kidlash joizki, so`ngi 20 yil ichida, ayniqsa chet ellarda sistematikaga oid qator asarlar nashr etildi, ularda tavsiya etilgan fikr va taksonomik birliklar jahon botanik olimlari tomonidan ma‘qullandi, «Xalqaro botanika nomenkaturasining kodeksi»ga sistematik taksonlarga oid qator o`zgarishlar kiritildi. O`zbekistonda esa «Flora Uzbekistana» nomli monagrafiyalar nashr etilgandan so`ng fan uchun yangi ko`plab tur va turkumlar kashf etildi. Uzoq yillar mobaynida yig`ilgan ilmiy manbalar va yangi gerbariy materiallari zamon fani talablariga javob bera oladigan yangi tizimni ishlab chiqishni va uni ishlab chiqarishga joriy etishni taqozo eta boshladi. Yangi tizimdan birinchi navbatda ilmiy asarlar flora va aniqlagichlar yaratishda o`rta maktab akademik litsey, kollej va oliy o`quv yurtlari uchun botanikadan darslik hamda qo`llanmalar yozishda foydalanish mumkin.
Olib borilgan kuzatishlar Farg`ona vodiysida tarqalgan, lekin ba‘zi bir sabablarga ko`ra «Flora Uzbekistana» ga bir qator turlar kiritilmaganligini ko`rsatdi. Bunga asosiy sabab, bu asar 30-yillarda yozila boshlanib uning birinchi tomi 1941 yilda, qolganlari esa 1962 yilgacha nashr etilgan. Shundan ko`rinib turibdiki, o`tgan 60 yil mobaynida fanga botanikaga oid juda katta o`zgarishlar yuz bergan va tabiatda ko`plab taksonlar fanga olib kirilgan. Shuning uchun botaniklar oldida Farg`ona vodiysi bo`ylab ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirib Farg`ona vodiysi florasini to`ldirishdek muhim vazifalar turadi.



Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish