Kuchkarov M.A. -88- Anorganik kimyo
boradi. Masalan, Be(OH)
2
amfoter birikma, Mg(OH)
2
kuchsiz asos, Ba(OH)
2
kuchli asos, Ba(OH)
2
esa suvda yaxshi eruvchan juda kuchli asos; u uyuvchi barit
deb ham nomlanadi.
Berilliy - Be davriy sistemada 4-katakda joylashgan, atom og‘irligi-9.0122;
barkaror izotopinig massa soni –9.
Vokelen 1793 yilda berill mineralida berilliy borligini aniqlagan bo‘lsada,
uni 1827 yilga borib Vyoler berilliy xloridni kaliy
bilan qaytarib Be olishga
muvaffaq bo‘ldi. XX asrning 20 yillaridan boshlab berilliy sanoat miqyosida olina
boshladi. I.V.Avdiyev berilliy oksidni tekshirib uning tarkibida bir atom berilliyga
bir atom kislorod tug‘ri kelishini topdi. U berilliyning atom og‘irligini 9,26 ga
tengligini aniqladi. Metall berilliy olish uchun suvsiz suyultirilgan berilliy xlorid
elektroliz qilinadi. Berilliy o‘z xossalari bilan ikkinchi gruppa elementlaridan farq
qiladi. Masalan, BeCl
2
kuchliroq gidrolizlanadi; buning sababi shundaki,
berilliyning ion radiusi magniyning ion radiusidan qariyb ikki marta kichik, uning
zaryadi esa +2 ga teng. Be – kulrang tusli yengil metall.
Metall berilliyning
solishtirma og‘irligi 1.847g/sm
3
, suyuqlanish haroratsi 1284°S, qaynash haroratsi
2970°S. Uning elektr o‘tkazuvchanligi misnikiga qaraganda qariyb 12 marta kam.
Berilliy amfoter elementlar qatoriga kiradi.Shuning uchun bu metall kislota va
ishqorlarda osonlik bilan eriydi:
Be + H
2
SO
4
= BeSO
4
+ H
2
Be + 2NaOH + 2H
2
O = Na
2
[Be(OH)
4
] +H
2
Bariy. Tartib raqami 56, atom og‘irligi 137,33, izotoplari soni -7 ta.
Bariy XVIII asrda Sheele og‘ir shpatning tarkibiy qismi sfatida kashf etgan.
Metall holidagi dastlab suyuqlantirilgan bariy xloridni elektroliz qilish yo‘li
bilan olingan (1808-yilda Devi ). Bariy tabiatda asosan og‘ir
shpat BaSO
4
holida va kamroq miqdorda viterit BaCO
3
minerali holiday uchraydi.Bariy
kumush kabi oq, yumshoq, yaltiroq metall.Uning suyuqlanish temperaturasi
718
0
C , qaynash temperaturasi esa 1687
0
C . Bariy
aktiv metallmaslar bilan
juda yahshi kirishadi:
Ba+Cl
2
= BaCl
2
Ba+S = BaS
U havoda tez oksidlanadi(bariy peroksid hosil bo‘ladi):
Ba + O
2
= BaO
2
Vodorod, azot, uglerod, kremniy kabi passiv metallmaslar bilan esa
faqat qizdirilganda reaksiyaga kirishadi.Bariy qizdirilganida juda ko‘p
metallar bilan birikib, intermetal birikmalar hosil qiladi.Bariy va
bariy oksidi
suv bilan aralashtirilsa bariy gidroksid hosil bo‘ladi. Bariy gidroksid huddi I
guruh metallarining gidroksidlari kabi kuchli asos xossaga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: