Kuchkarov M.A.
-84-
Anorganik kimyo
Ikkinchi usul: keyingi vaqtda vakuum texnikasining
rivojlanishi natijasida
metallarni olishda yangi vakuum-metallurgiya yuzaga keldi. Bu usulda litiy oksid
bilan oxak aralashmasi aluminiy yoki ferrosilisiy ta'sirida qaytariladi:
2Li
2
O + 2CaO + Si → 4Li + Ca
3
SiO
4
Prosess naysimon vakuum pechda yuqori haroratda (950
o
-1000°S da) olib
boriladi. Vakuum pech nayning bir uchi sirtidan suv bilan sovutib turiladi.
Reaksiya vaqtida hosil bo‘lgan litiy pechning sovutilib turgan joyiga yig‘iladi.
Litiy juda aktiv metall. U odatdagi sharoitdayok kislorod va azot bilan
birikib Li
2
O va Li
3
N hosil qiladi. Shu xossaga kura undan inert gazlarni tozalashda
foydalaniladi. Litiy 200°S dan yuqori haroratda yonib ketadi. Litiy kislotalarning
suyultirilgan eritmalarida yaxshi, konsentrlangan sulfat kislotada esa sekin eriydi;
konsentrlangan nitrat kislota ta'sirida shiddat bilan oksidlanadi, xatto suyuqlanib
yonib ketishi ham mumkin.
Litiy metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Masalan litiynig
simob bilan hosil qilgan birikmalari LiHg
2
, LiHg
3
, LiHg, Li
2
Hg, Li
3
Hg, magniy
bilan LiMg
2
aluminiy
bilan LiAl, Li
3
Al va xakozo. Litiy faqat magniy, rux,
aluminiy va boshqa metallar bilan intert metall birikmalargina emas, balki qattiq
eritmalar ham hosil qiladi.
Litiy vodorod atmosferasida qizdirilsa, rangsiz kristall modda - litiy gidrid
LiH hosil bo‘ladi. Litiy gidridning kristall tuzilishi xuddi osh tuzinikiga o‘xshaydi.
Litiy gidrid yordami bilan litiy aluminiy gidrid LiAlH
4
olishga muvaffaq
bo‘lindi. Litiy yondirilsa oq tusli Li
2
O hosil bo‘ladi, bu jihatdan Li boshqa ishqoriy
metallardan farq qiladi; boshqa ishqoriy metallar
yonganida peroksidlar hosil
bo‘ladi.
Litiy oksid suv bilan reksiyaga kirishib litiy gidroksid hosil bo‘ladi.
Li
2
O + H
2
O → 2LiOH + 10,6 kkal
Litiy gidroksid kuchli asos bo‘lib, uzining asoslik quvvati jihatidan NaOH
bilan Ca(OH)
2
orasida turadi. Litiy gidroksid suvda kam eriydi. Suvdagi eritmada
litiy gidroksid LiOH
H
2
O shaklida kristallanadi.
Litiy galogenlar bilan bevosita birikadi. Litiy ftorid – oq tusli kristall modda:
suvda oz eriydi. Litiy xlorid oq gigroskopik modda, 614°S da suyuqlanadi suvda
juda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalaridan LiCl
H
2
O, LiCl
2H
2
O, LiCl
3H
2
O
holida kristallanadi. Litiy bromid 549°S da suyuqlanadi, suvda yaxshi eriydi,
suvdagi eritmalarda kristallgidratlar holida kristallanadi. Litiy yodid 453°S da
suyuqlanadigan kristall modda, suvda yaxshi eriydi.
Suvdagi eritmalardan yodid
kristallgidratlar holida kristallanadi. Litiy korbonat xuddi ishqoriy yer metallarning
karbonatlari kabi suvda oz eriydi. Uning eruvchanligi harorat ortishi bilan
kamayadi. Litiy gidrokarbonat LiHCO
3
- ishqoriy-yer metallarning
gidrokarbonatlari kabi, suvda yaxshi eriydi. Vaholanki,
boshqa ishqoriy
metallarning gidrokarbonatlari suvda yomon eriydi. Litiy fosfat Li
3
PO
4
suvda
yomon eriydi, bu bilan u kaliy, natriy fosfatlardan farq qiladi va magniy fosfatga
o‘xshab ketadi. Litiy uglerod bilan vakuumda chug holida qizdirilsa Li
2
C
2
litiy
karbid hosil bo‘ladi. Litiy oltingugurt bilan Li
2
S.
Natriy. Tartib nomeri 11, atom massasi 22,9898, tabiatda uchraydigan
izotopining massa soni 23.U 1807- yilda ingliz kimyogari G.devi tomonidan
Kuchkarov M.A. -85- Anorganik kimyo
ajratib olingan. natriy juda aktiv metal bo‘lganligi sababli kerosin ostida berk
metall idishlarda saklanadi. Natriy erkin holatda kumush kabi oq, yengil va
yumshoq metal .U 97,8
0
C da suyuqlanadi, 883
0
C da qaynaydi. Natriy Yer yuzida
ko‘p tarqalgan elementlardan biri bo‘lib, 2.63% ga teng.
Natriy minerallari
qatoriga: NaCl-galit yoki toshtuz, Na
2
SO
4
10H
2
O mirabilit yoki glauber tuzi,
Na
3
AlF
6
-kriolit, Na
2
SO
4
K
2
SO
4
glazerit, Na
2
SO
4
MgSO
4
4H
2
O astraxanit,
NaNO
3
chili selitrasi va boshqalar kiradi. Devi 1807 yilda suyuqlantirilgan natriy
gidroksidni elektroliz qilish orqali natriy olishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda katodda
Na
+
+ e
-
→ Na
Anodda 4OH
-
→ H
2
O + O
2
prosesslar sodir bo‘ladi. Hozirda asosan
suyuqlantirilgan osh tuzini elektroliz qilib natriy olinadi.
Natriy olish uchun soda bilan ko‘mir aralashmasini
qattiq qizdirish ham
mumkin:
Na
2
CO
3
+ 2C = 2Na + 3CO
Natriy kimyoviy jihatdan juda aktiv. U suv bilan odatdagi sharoitda
reaksiyaga kirishib vodorod ajratib chiqaradi:
2Na + 2H
2
O → 2NaOH + H
2
Natriy juda ko‘p metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Masalan:
NaSn
2
, NaSn va hokazo. Ba'zi metallar bilan qattiq eritmalar hosil qiladi.
Natriy gidrid NaH natriyni vodorod atmosferasida qizdirish natijasida hosil
bo‘ladi. Uning xossalari LiH ning xossalariga o‘xshaydi. Suv ta'sirida
parchalanadi. Natriy havoda yondrilganda asosan natriy peroksid Na
2
O
2
hosil
bo‘ladi.
2Na + 2NaOH → 2Na
2
O + H
2
yoki 2Na + Na
2
O
2
→ Na
2
O
Kaliy Tartib nomeri 19, atom massasi 39.09, U 1807- yilda ingliz
kimyogari G.devi tomonidan ajratib olingan.Tabiatda uchraydigan izotoplarining
massa sonlari 39, 40, 41. Kaliy ham juda aktiv metal bo‘lganligi
sababli
kerosin ostida berk metall idishlarda saklanadi. Kaliy erkin holatda kumush kabi
oq, yengil va yumshoq metal(pichoq yordamida kesish mumkin) .U 63.5
0
C da
suyuqlanadi, 758.5
0
C da qaynaydi. Kaliyning yer po‘stlog‘idagi og‘irlik miqdori
(2.40%) natriynikiga yaqin bo‘lishiga qaramay, tabiatda kaliyning eruvchan
birikmalari ancha kam uchraydi. Kaliyning muhim minerallari jumlasiga silvin
KCl, silvinit KCl x NaCl karnalit KCl x MgCl
2
x 6H
2
O, kainit KCl x MgCl
4
x
3H
2
O, shenit K
2
SO
4
x MgSO
4
x 6H
2
O va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: