Kuchkarov M.A. -51- Anorganik kimyo
7- LABORATORIYA ISHI
MAVZU: OLTINGUGURT VA UNING BIRIKMALARI
Ishning maqsadi.
Oltingugurtning olinishi va uning xossalariga doir
tajribalarni amalga oshirish va unga doir ko‘nikmalarni shakllantirish.
Kerakli asbob va jihozlar.
Gaz olish asbobi,
shisha nay, spirt lampa,
probirkalar, rezina tiqin, konussimon kolba, stakan.
Kerakli reaktivlar:
Oltingugurt, rux, xlorid kislota, natriy tiosulfat,
natriy sulfide, nitrat kislota, kaliy permangant, kaliy bixromat, temir (III) xlorid,
aluminiy kukuni, rux kukuni, sulfat kislota, mis kuporasi.
Nazariy ma’lumot
.
Oltingugurt qadimdan ma’lum bo‘lgan element. U
davriy sistemani VI(holkogenlar- ruda hosil qiluvchilar)
guruhida joylashgan,
tashqi energetik pog‘onasida 6 ta elektron (ns
2
np
6
) bo‘lib bu elektronlar s va p
pog‘onachalarda joylashgan.Bu elementlarning atomlari ikkita elektron
biriktirib olib o‘zining tashqi qavatini inert gazlarnikiga o‘xshash tugallangan va
oktet qavatga ayylantirishga intiladi. Ionlanish energiyasi -11.87 eV, elektronga
moyilligi – 2,7 eV, elektromanfiylik- 2,5 ,valentligi – II, , IV, VI, oksidlanish
darajasi – 2,0, +2,+4,+6,
Oltingugurtning umumiy massasi er sharining 0,1% ini
tashkil qiladi. Oltingugurt erkin holatda vulqonli rayonlarda uchraydi. Bu
oltingugurt er qaridagi metall sulfidlarining parchalanishi natijasida,
suv va
bakteriyalar ta’sirida hosil bo‘lgan vodorod sulfidning oksidlanishi natijasida hosil
bo‘ladi. Oltingugurt quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi: 1.Vulqonlar otilishi
natijasida hosil bo‘lgan vodorod sulfid va sulfit angidrid ko‘rinishida. 2.Sulfidlar
ko‘rinishida: FeS
2
– pirit, Cu
2
S – mis yaltirog‘i, ZnS – rux aldamasi, PbS –
qo‘rg‘oshin yaltirog‘i, HgS – kinovar, Cu
2
S ∙ Fe
2
S
3
yoki FeCuS
2
– xalkopirit,
Sb
2
S
3
– antimonit, Ag
2
S – kumush yaltirogi, As
2
S
2
– realgar, As
2
S
3
–
auripigment, MoS
2
– molibdenit, NiS – millerit, Ag
3
SbS
3
–
pirargirit, CoAsS –
kobaltin, AsFeS – mishyak kolchedani.
3.Sulfatlar ko‘rinishida: CaSO
4
– angidrit, CaSO
4
∙ 2H
2
O – gips, MgSO
4
∙
H
2
O – kizerit, Na
2
SO
4
∙ 10H
2
O – glauber tuzi, SrSO
4
– selestin, BaSO
4
– barit,
PbSO
4
– anglezit, CaSO
4
∙ Na
2
SO
4
– glauberit. 4.Oltingugurt birikmalari ba’zi
mineral suvlar
tarkibida, dengiz va okean suvlarida, toshko‘mir tarkibida (1,5%
gacha), tabiiy gaz tarkibida, o‘simliklar tarkibida (oqsil moddalar 0,8 dan 2,4%
gacha oltingugurt tutadi), hayvonlar organizmida (odam organizmida har xil
birikma ko‘rinishida 0,2% atrofida oltingugurt mavjud. Bundan tashqari ba’zi
mikroorganizmlar (bakteriya va suv o‘tlari) tarkibida ham oltingugurt birikmalari
mavjud. Tabiatda oltingugurtning quyidagi barqaror izotoplari uchraydi:
95,02%
32
16
S, 0,75%
33
16
S, 4,21%
34
16
S, 0,02%
36
16
S.
Oddiy sharoitda oltingugurt qattiq modda bo‘lib, kristall yoki amorf
tuzilishga ega bo‘ladi. Oltingugurtning kristall holatdagi allotropik
modifikatsiyalaridan eng muhimi ikkita: rombik yoki oktaedrik oltingugurt (α –
oltingugurt) va monoklinik yoki prizmatik oltingugurt (β – oltingugurt). Tabiatda
uchraydigan rombik oltingugurtning solishtirma massasi 2,07, suyuqlanish
Kuchkarov M.A. -52- Anorganik kimyo
temperaturasi 112,8° C. Rombik oltingugurt 95,5°C dan past
temperaturalardagina barqaror bo‘ladi, 95,5° C dan yuqorida monoklinik
oltingugurt barqarordir. Monoklinik oltingugurt prizma shaklidagi tiniq
kristallardan iborat bo‘lib, uning solishtirma massasi 1,96 g/sm
3
, suyuqlanish
temperaturasi 119,3°C. Rombik oltingugurtni 100° C da uzoq vaqt tutib turilsa, u
monoklinik oltingugurtga aylanadi. 95,5° C da monoklinik oltingugurt bilan rombik
oltingugurt muvozanat holatida bo‘ladi:
S
rombik
↔ S
monoklinik
Bu temperatura rombik va monoklinik oltingugurtlarning bir-biriga aylanish
temperaturasidir. Rombik oltingugurt monoklinik oltingugurtga aylanganida uning
hajmi ortadi. Agar muvozanat holatida turgan oltingugurt bosim ta’sir ettirilsa, Le-
SHatele prinsipiga muvofiq modifikatsiyalarning bir-biriga aylanish temperaturasi
ko‘tariladi. Bosim 1 atm oshirilganda modifikatsiyalarning bir-biriga aylanish
temperaturasi 0,05° ko‘tariladi.
Xona temperaturasida u ishqoriy metallar, mis,
kumush va simob bilan
reaksiyaga kirishadi.
Oltingugurt xlor bilan reaksiyaga kirishishi uchun uni suyuqlanish
temperaturasigacha qizdirish kerak. Vodorod bilan oltingugurtning birikishi uchun
ancha yuqori temperatura talab qilinadi.Oltingugurt tabiiy manbalardan olishda
uning qanday holatda ekanligini, konni qurshab turgan sharoit hisobga olinadi.
Agar kon u qadar chuqur bo‘lmasa,lintugurt xuddi toshko‘mir kabi shaxta
usuli kabi qazib chiqariladi. Ko‘pincha tug‘ma oltingugurtda har xil tog‘
jinslari, jips va tuproq aralashgan bo‘ladi. Shu sababli
avval uni suyuqlantirib
qo‘shimchalardan qisman tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: