Kuchkarov M.A. -35- Anorganik kimyo
o‘zaro nisbiy faolligi kamayadi va qatorda chapda turgan galogen o‘ngda
turgan galogenni birikmalaridan osonlik bilan siqib chiqaradi. Yuqoridagi
qatorda galogenlarning suvda eruvchanligi ham kamayib boradi. Galogenlar
metallar bilan tegishli tuzlarni hosil qiladilar.
Ftor- galogenlar qatoridagi birinchi element bo‘lib, “phtoros” –
“halokat” –“buzuvchi” ma’nolarini anglatadi.Bu elementni 1886- yil fransuz
olimi Muassan kashf etgan. Ftor oddiy
sharoitda och-yashil rangli, havodan
biroz og‘ir, suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishuvchi gaz. Suyuqlanish
temperaturasi -220
0
C, qaynash temperaturasi – 188
0
C. Ionlanish energiyasi -
17,42 eV, elektronga moyilligi – 3,61 eV, elektromanfiylik- 4,1 ,valentligi
doimo-I, oksidlanish darajasi- 0, -1.Ftor faqat elektroliz yo‘li bilan olinadi.
Xlor- galogenlar qatoridagi ikkinchi element bo‘lib, “chloros” –
“yashil-sariq” – ma’nosini anglatadi.bu elementni 1774 - yilda shvetsiya olimi
K. Sheele kashf etgan. Xlor oddiy sharoitda sarg‘ish –yashil
rangli gaz,
havodan 2,45 marta og‘ir, 1hajm suvda 2,5 hajm xlor eriydi. Suyuqlanish
temperaturasi -101
0
C , qaynash temperaturasi -34
0
C, Ionlanish energiyasi -
13.01 eV, elektronga moyilligi – 3,45 eV, elektromanfiylik- 3,0 ,valentligi –I,
III, V, VII, oksidlanish darajasi – 1,0, +1,+3,+5,+7,
O‘quv laboratoriyalarida xlor, odatda, xlorid kislotani quyidagi
oksidlovchilarning biri bilan oksidlash orqali olinadi: kaliy permanganat KMnO
4
,
marganets (IV)-oksid MnO
2
,
kaliy bixromat K
2
Cr
2
O
7
, bertole tuzi KClO
3
. Bu
sharoitda bertole tuzidan oksidlovchi sifatida foydalanish bir oz xavfliroq, chunki
xlorid kislota bertole tuzi bilan o‘zaro ta`sir ettirilganda, qo‘shimcha mahsulot
sifatida xlorat kislota HClO
3
hosil bo‘ladi; bu kislota qizdirilganda
parchalanadi. Bunda portlash yuz berishi mumkin.
Quyida bayon qilingan tajribalarda oksidlovchi sifatida marganets (IV)-
oksid yoki kaliy permanganatdan foydalanish tavsiya etiladi.
Xlor zaharlovchi moddalar jumlasidan bo‘lganligi sababli,
u bilan
ishlashda ayniqsa ehtiyot bo‘lish kerak: laboratoriyada xlor olishda mo‘rili
shkafdan yoki germetik berk asboblardan foydalanish lozim.
Xlorning o‘yuvchi natriy bilan o‘zaro ta`siri natijasida shavel
suvi (KOH bilan javel suvi ) hosil bo‘ladi:
2NaOH+Cl
2
=NaCl + NaClO+H
2
O.
Natriy gipoxlorit o‘simliklardan olingan bo‘yoqlarni rangsizlantiruvchi
yaxshi vositadir. Agar shavel suviga ozroq miqdorda biror kislota qo‘shilsa, u
bo‘yoqlarni ayniqsa tez rangsizlantiradi. Reaksiyada ajralib chiqadigan atomar
kislorod rangsizlantiruvchi ta`sir ko‘rsatadi:
2NaClO + H
2
SO
4
= Na
2
SO
4
+ 2HClO;
Natriy gipoxlorit gipoxloritkislota
HClO = HCl + O
atomar kislorod
Hozirgi vaqtda sanoatda xlor osh tuzi eritmasini elektroliz qilish yo‘li bilan
ko‘p miqdorda olinadi. Anodda xlor ajralib chiqadi, katodda esa o‘yuvchi natriy
hosil bo‘ladi.
Kuchkarov M.A. -36- Anorganik kimyo
Brom- grekchadan olingan bo‘lib “bromos”- “badbo‘y” degan manoni
bildiradi. Uni 1826- yilda J. Balar tomonidan kashf etilgan. Brom qizil-qo‘ng‘ir
rangli badbo‘y xidli suyuqlik. Oddiy sharoitda suyuq holda bo‘ladi. Suyuqlanish
temperaturasi- 7,2
0
C, qaynash temperaturasi 59.82
0
C . Ionlanish energiyasi -
11.87 eV, elektronga moyilligi – 3,37 eV, elektromanfiylik- 2,8 ,valentligi – I,
III, V, VII, oksidlanish darajasi – 1,0, +1,+3,+5,+7.
Brom kaliy bromid yoki natriy bromidning marganets (IV)-oksid va sulfat
kislotaning 70% li eritmasi bilan aralashmasini qizdirib olinadi. Reaksiya
quyidagi tenglamaga muvofiq boradi:
2NaBr + MnO
2
+ 2H
2
SO
4
= Na
2
SO
4
+ MnSO
4
+ 2H
2
O + Br
2
Brom ham xlor kabi zaharli. Shu sababli brom bilan ishlashda juda
ehtiyot bo‘lish lozim.
Brom sanoatda ba`zi sho‘r suvli ko‘llar, dengiz suvlaridan hamda neft`
chiqadigan rayonlardagi burg`quduq suvlaridan olinadi.
Sanoatda erkin brom,
ko‘pincha, bromid tuzlardan xlor yordamida siqib chiqarish yo‘li bilan olinadi.
Dastlab, asbob detallarini tayyorlash (naylar qirqib olish, bukish va ularning
uchlarini suyuqlantirib bekitish, probkalar tanlash, ularni ezish hamda teshish)
lozim va shundan keyingina asbob yig`iladi.
Natriy bromidga sulfat kislota eritmasi ta`sir ettirib vodorod bromid
olish mumkin. Aralashma qizdirilganda quyidagi tenglamaga muvofiq reaksiya
boradi:
NaBr + H
2
SO
4
= NaHSO
4
+ HBr↑
NaBr + NaHSO
4
= Na
2
SO
4
+ HBr↑
Tajriba uchun sulfat kislotaning suyultirilgan eritmasidan (bir hajm suvda 3
hajm kislota eritiladi)
foydalaniladi, Vodorod bromidni brom aralashmalaridan
tozalash uchun uni salgina ho‘llangan va shisha siniqlari aralashtirilgan qizil
fosfor ustidan o‘tkazish lozim. Vodorod bromidni suvda eritish natijasida
bromid kislota hosil bo‘ladi.
Yod- grekcha “yodos” – “binafsha” manosini bildiradi. Uni 1811-yilda
fransuz olimi Kurtua (mushugi Jozef bilan birgalikda) kashf etgan. Yod oddiy
sharoitda to‘q binafsha rangli kristal modda. U qizdirilganda cuyuqlanmasdan
bug‘ holatga (114
0
C) o‘tadi, ya’ni sublimatlanadi, qaynash temperaturasi 185
0
C.
Ionlanish energiyasi -10,45 eV, elektronga moyilligi – 3,08 eV,
elektromanfiylik- 2,5 ,valentligi – I, III, V, VII, oksidlanish darajasi – 1,0,
+1,+3,+5,+7.
Galogenlarning atom og`irligiga ortishi bilan kimyoviy aktivligi pasayadi.
Galogenlar orasida
eng aktiv element ftordir, undan keyin xlor, brom va yod
keladi. Eng aktiv elementlar aktivligi kamroq elementlarni birikmalaridan siqib
chiqaradi. Masalan, xlor bromni (shuningdek, yodni) siqib chiqaradi:
Cl
2
+ 2NaBr = Br
2
+ 2NaCl
brom esa, o‘z navbatida yodni siqib chiqaradi:
Br
2
+ 2NaJ = J
2
+ 2NaBr.
Do'stlaringiz bilan baham: