L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet122/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Me’da bezlari. Me’daga tushgan ovqatning ichki qismlariga, me’da shirasining xlorid kislotasi juda sekinlik bilan kiradi. Muhit kislotalikka aylanmaguncha, so‘lak amilazasi polisaxaridlarning parchalanishini me’dada davom ettiraveradi. Me’da shirasi tarkibidagi enzimlar, oqsillarning kimyoviy jihatdan qayta ishlanishini boshlab yuboradi. Me’dada bir necha soat turgan ovqatning moddalari eriydi, yumshaydi, shiraga aralashadi va asta-sekin o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tadi. Bu jarayonlar, me’daning sekretor va motor faoliyatlariga bog‘liq. Bulardan tashqari, me’da inkretor so‘rish, ekskretor va ovqat hazm qilishga bog‘liq bo‘lmagan faoliyatlarga ham ega.
Me’daning shilliq pardasida joylashgan bezlar shira ishlab chiqaradi. Bu bezlar, maxsus bez hujayralaridan-glandulotsitlardan tashkil topgan. Me’da shirasining asosiy tarkibiy qismi proteolitik enzimlarni-asosiy glandulotsitlar, xlorid kislotani-parietal glandulotsitlar sintezlaydi. Mukotsitlar, shira tarkibiga shilliq ajratadi. Me’daning pilorik (chiqish) qismidagi muhitning rN darajasi, bu yerdagi bezlarning tarkibida parietal glandulotsitlarning yo‘qligi sababli ishqoriydir.
Me’da shirasi, me’da bezlari tarkibiga kiruvchi, morfologik jihatdan bir xil bo‘lmagan hujayralar va yuzaki epiteliy hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Me’da tubida va tanasida joylashgan bezlar uch xil tipdagi hujayralarni o‘z ichiga oladi:1) xlorid kislota ishlab chiqaradigan hujayra; 2) asosiy hujayralar, ular proteolitik enzimlar majmuasini ishlab chiqaradi; 3) qo‘shimcha (mukoid) hujayralar, ular shilliq (mutsin), mukopolisaxaridlar, gastromukoprotein va bikarbonat ajratadi. Me’daning antral bo‘limidagi bezlar asosan mukoid hujayralardan iborat. Me’da tubidagi va tanasidagi sekretor hujayralar kislotali va ishqorli shira ajratadi, antral bo‘lim hujayralari esa faqat ishqorli hujayra ajratadi. Bir kechayu-kunduzda odamning me’dasi 2,0-3,0 l shira ajratadi va uning reaksiyasi, ertalab, ovqat yemasdan oldin neytral yoki ishqorli bo‘ladi, ovqat yegandan so‘ng - kuchli kislotali bo‘ladi (pH 0,8-1,5).

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish