Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 188-gurux talabasi Ro’ziboyev Muzaffarning O’simliklar fiziologiyasi fanidan taqdimot ishi.
Hujayra devori. Hujayra po’sti hujayraga shakl beradi va ikkinchi bir hujayradan ajratib turadi. Hujayra po’stini hujayraning tirik qismi bo’lgan protoplast ishlab chiqaradi. Shuning uchun ham hujayra po’sti ichki tomondan o’sib qalinlashadi. O’simlik hujayra po’sti, ayniqsa yosh hujayralarning po’sti sellyuloza (kletchatka) deb ataladigan organik moddadan tashkil topgan.