Ularning hosil bo’lishi, rivojlanishi va o’zlarining funksional vazifalarini bajarishlari uchun faqat sitoplazma ichidagina optimal sharoit bo’ladi. O’simlik hujayrasini to’ldirib turgan sitoplazma uch qavatdan iboratdir. Sirt tomondan xujayra devoriga yopishib turuvchi kavati- plazmolemma, yaʼni tashqi membrana deyiladi. Ichki qavati vakuoladan chegaralanib turadi va u tonoplast yoki ichki membranani tashkil etadi. Sitoplazmaning o’rta kavati mezoplazma deyiladi. Xujayraning metabolitik jarayonida ishtirok etuvchi barcha organoidlar sitoplazmaning mezoplazma kavatida joylashgan bo’ladi.