L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet121/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Hazm bezlari. Hazm bezlari homiladorlik davridayoq ona organizmidan tushayotgan moddalar va homilaoldi suvlaridan tushadigan moddalar hisobiga faoliyat ko'rsata boshlaydi. Lekin bola tug'ilguniga qadar unda ovqat hazmi funksiyalari juda zaif namovon bo’ladi. Bola tug'ilgach dastlab uvuz suti, so'ngra yetilgan sut va aralash oziqlantirishlar bolalarning ovqat hazmi apparatlari funksiyalarini jiddiy darajada tezlashtiradi.
So‘lak bezlari. Ovqatni og‘iz bo‘shlig‘ida chaynash jarayoni boshlanishi bilan so‘lak bezlaridan so‘lak ajralishi boshlanadi. So‘lak, uch juft yirik va ko‘p sonli mayda so‘lak bezlarining mahsuloti hisoblanadi. Yirik bezlarga quloq oldi (seroz), jag‘osti (serozli-shilliq) va til osti (shilliq) bezlar, maydalariga esa til, jag‘ va tanglayni qoplagan shilliq pardadagi bezlar kiradi. Bu bezlar ajratadigan so‘lak, tarkibida mutsin (shilliq modda) va seroz miqdorining farqiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Tarkibida mutsin miqdori ko‘p bo‘lgan so‘lakni til ildizida va tanglayda joylashgan bezlar ajratadi, oqsil miqdori ko‘p bo‘lgan so‘lakni esa quloq oldi va tilning yon yuzasidagi mayda bezlar ajratib, ularda mutsin deyarli bo‘lmaydi. Seroz bezlar ajratadigan so‘lak suyuq bo‘ladi, mutsinli so‘lak esa quyuq bo‘ladi. Jag‘ osti va til bezlari shilimshiq va seroz hujayralarga ega, tilning uchi, lunj va lablardagi mayda bezlar ham aralash bezlar hisoblanadi, shu sababli ham, mutsinli va serozli so‘lak ajratadi.
Odamda bir sutkada 0,5 - 2,0 l so‘lak ajraladi. Uning tarkibida gidrolitik enzim alfamilaza, mukopolisaxaridlar, glikoproteinlar, oqsillar, Na, K, Ca2, Cl, HCO3- va boshqa ionlar, kam miqdorda lizotsim, katepsinlar, kallikrein mavjuddir. So‘lak, biroq quyqalangan va cho‘ziluvchan suyuqlik bo‘lib, uning rN darajasi 5,8-7,4 atrofida bo‘ladi. So‘lak kam ajralganda reaksiyasi kuchsiz kislotali, ko‘p ajralganda esa kuchsiz ishqorli bo‘ladi. So‘lak ajralishi tezlashishi bilan ionlar konsentratsiyasi ortadi, lekin uning osmotik bosimi qon plazmasinikidan doim kamdir. Bu hol, so‘lak bezlarining so‘lak yo‘llarida faol ajralishi va reabsorbsiya jarayonlari bilan belgilanadi. So‘lakning 99,4-99,5 % suvdan iborat bo‘lib, qolgan 0,5-0,6 % quruq modda.
Ovqat og‘iz bo‘shlig‘iga tushgandan so‘ng, 2-3 soniya ichida, so‘lak bezlarini qo‘zg‘atadi va u bilan bog‘liq shartli hamda shartsiz refleksli qo‘zg‘alishlar boshlanadi. Reflekslarning afferent yo‘llari uchlik, yuz, til-xalqum va sayyor asablarning sezuvchan to‘qimalari bo‘ylab, efferent yo‘llari esa-so‘lak bezlariga keluvchi AATning xolinergik va adrenergik tolalari bo‘ylab o‘tadi. Xolinergik ta’sirlar, ko‘p miqdorda suyuq so‘lak ajralishini chaqiradi. Simpatik asablarning qo‘zg‘alishi, noradrenalin ajralishi bilan bir vaqtda, organik moddalarga boy bo‘lgan kam miqdorda so‘lak ajralishiga olib keladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish