12.2 Ichki va tashqi balans. To‛lov balansi tahlili. To‛lov balansi taqchilligi
To‛lov balansining tarkibiy qismlari o‛rtasidagi bog‛liqliklar
Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o‛zaro aloqalarini
umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko‛rinishi quyidagicha bo‛ladi:
Y=C+I+G+Xn,
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G),
Sn = I+Xn.
(I-S)+Xn=0 (egiluvchan valyuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan
sharoitda), bu erda: Sn – milliy jamg‛arish;
(I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg‛armalardan ortiqchaligini
ko‛rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig‛ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko‛ra joriy operatsiyalar va kapital harakati
hisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to‛lov balansining joriy operatsiyalar bo‛ycha kamomadi
kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
252
Xn < 0 →X-M < 0 →X< M ,
I-S >0 →I >S →xorijdan kapital kiritilishi
.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg‛armalardan ko‛p bo‛lsa (I > S), ortiqcha
investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu
qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko‛proq import
qilinishini taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega
bo‛ladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bo‛lib qatnashadi.
Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo‛lganda, ortiqcha mablag‛lardan
xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko‛chmas mulk sotib olishda
foydalaniladi.
Xn>0
→
X-M>0
→
X>M,
I-S<0
→
I
→
xorijga kapital chikarilishi.
Davlatlar rasmiy zaxiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga ega
bo‛lmagan to‛lov balansining katta davriy taqchilligi bo‛lgan hollarda o‛z
valyutalari devalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik hajmi
ko‛payishiga va oqibatda mamlakatda xorijiy valyuta tushumining o‛sishi hamda
to‛lov balansi kamomadi tugatiladi.To‛lov balansini tuzish tamoyillariga ko‛ra u
doismo baoanslashgan bo‛ladi. Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina
to‛lov balansining alohida qismlariga ta’luqli. Shu bilan birga to‛lov balansi
qoldig‛ining milliy iqtisodiyotga ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy
siyosat maqsadlaridant kelib chiqib to‛lov balansining musbat qoldig‛i ham,
manfiy qoldig‛i ham ijobiy yoki salbiy deb baholanishi mumkin.
To‛lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig‛i, joriy
operatsiyalar balansi qoldig‛i, kapital harakati va moliya balansi qoldig‛i hamda
rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‛i alohida tahlil etiladi.
Savdo balansi qoldig‛i o‛zgarishiga baho berishda bu o‛zgarishlar qaysi omillar
ta’sirida ro‛y berganligi e’tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq eksportning
qisqarishi hisobiga ro‛y bergan bo‛lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ hodisa deb qaralishi
mumkin. Lekin bu holat mamlakatga to‛g‛ridan-to‛g‛ri investitsiyalar oqimi
253
ko‛payishi hisobiga importning o‛sishi natijasida ro‛y bergan bo‛lsa miliy
iqtisodiyotning zaiflashidan dalolat deb qaralmaydi.
Joriy operatsiyalar hisobi balansi, odatda, to‛lov balansining ma’lumot
beruvchi qoldig‛i deb qaraladi. Chunki bu qoldi bilan birga ichki iqtisodiy
siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi bilan birga mamlakatning
moliyalashtirishga ehtiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansining
musbat qoldig‛i mamlakat boshqa davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan
dalolat beradi, va aksincha manfiy qoldig‛i (ya’ni joriy operatsiyalar hisobi
balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun
to‛lovlarni amalga oshirishga va transfert to‛lovlarini moliyalashtirishga majbur
bo‛lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy to‛lov balansining
musbat qoldig‛iga ega mamlakat milliy jamg‛armalarning bir qismini kapitalni
ichki jamg‛arishga yo‛naltirish o‛rniga mamlakat tashqarisiga investitsiyalaydi.
Kapital harakati va moliya balansi qoldig‛i joriy operatsiyalar balansi
holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini ko‛rsatadi.
Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman “Sof xatolar va chetda
qoldirishlar” moddasiga to‛g‛ri keladi.
Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‛i to‛lov balansi umumiy (yakuniy)
qoldig‛ining kengroq tarqalgan nomlanishi bo‛lib norezidentlarning mamlakatga
nisbatan likvidli talablarning ko‛payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli
aktivlardagi mamlakat rasmiy zaxiralarning ko‛payishidan (kamayishidan) dalolat
beradi. Bu qoldiq “Zaxira aktivlari” moddasidan boshqa barcha moddalarni
qamrab oladi.
Qayd qiligngan valyuta kurslari sharoitida (1979 yilga qadar) rasmiy hisob
kitoblar holatiga katta ahamiyat berilar edi, chunki uning taqchilligi mamlakatning
boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zaxiralarining
kamayganligini) anglatgani holda valyuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi.
Suzib yuruvchi valyuta kursining kiritilishi bilan umumiy to‛lov balansi
tushunchasini yo‛qqa chiqardi, rasmiy zaxiralar dinamikasi esa nafaqat rasmiy
254
hisob kitoblar qoldig‛ining oqibati, balki to‛lov balansining boshqa bo‛limlarida
hisobga olingan oqimlaridagi o‛zgarishlarning sababchisi ham bo‛lib qoldi.
0> Do'stlaringiz bilan baham: |