219
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatli, ammo
foyda ko‛rib ishlamaydigan tarmoq yoki korxonalarni qo‛llab quvvatlash
maqsadlari davlat byudjeti orqali daromadlar va resurslarni tamoqlar orasida qayta
taqsimlash zaruriyatini tug‛diradi.
Bu vazifa barcha tarmoqlardan olingan soliq tushumlari hisobiga
moliyalashtiriladigan markazlashgan investitsiya mablag‛larini ustivor tarmoqlarga
yo‛naltirish, shu
tarmoqlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar
ajratish orqali amalga oshiriladi.
Kommunal xo‛jalik, shu jumladan jamoat transporti kabi sohalar iqtisodiyot
tarmoqlarining
samarali ishlashi, normal hayotiy faoliyatni yo‛lga qo‛yish uchun
zarur xizmatlarni ko‛rsatgani holda rentabelli sohalar bo‛lmagani uchun ham davlat
byudjetidan dotatsiya oladilar.
Mamlakat hududlarining resurs salohiyati bir xil emasligi, aholi zichligi, sanoat
tarmoqlarining rivojlanishi darajalaridagi farqlar tufayli aholi jon boshiga to‛g‛ri
keladigan YaIM, sanoat mahsuloti, pullik xizmatlar,
pullik daromadlar kabi
ko‛rsatkichlar hududlararo farq qiladi. Bu farqlarning uqurlashuvi, o‛z navbatida
milliy iqtisodiyot samaradorligiga salbiy ta’sir ko‛rsatadi, shunday ham rivojlanish
darojasi past hududlardan kapital qochishi holatlari ro‛y berishi mumkin. Bu esa
turli hududlar o‛rtasidagi iqtisodiy rivojlanish darajalarida mavjud bo‛lgan
farqni
yanada chuqurlashtiradi.
Davlat byudjet-soliq va pul kredit siyosati vositalaridan foydalangan holda
iqtisodiy ko‛rsatkichlar darajasidagi hududiy tengsizlik darajasini yumshatish
uchun resurslarni qayta taqsimlaydi. Resurslarga boy,
sanoati rivojlangan
hududlarning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi yuqori bo‛lgani holda byudjet
mablag‛lari hududlar o‛rtasida ijtimoiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda, kam
rivojlangan hududlar riojlanishi darajasini jadallashtirish maqsadlarini ko‛zlab
taqsimlanadi.
Markazlashgan byudjetga kelib tushadigan umumdavlat soliqlarining hududlar
ixtiyorida qoldiriladigan ulushini ko‛paytirish, ayrim hududlarga kiritiladigan
investitsiyalar hisobiga ishlaydigan korxonalarga soliq imtiyozlarini berish,
ularni
220
imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish davlat
hududiy iqtisodiy siyosatining muhim elimentlaridan biridir.
Hozirgi zamon iqtisodiyotidagi davlatning muhim funktsiyalaridan biri
barqarorlashtirish siyosatini yuritishdir. Davlatning bu funktsiyasi boshqa
funktsiyalar bilan chambarchas bog‛liq bo‛lgani holda iqtisodiy o‛sishni,
inflyatsiya sur’atlarini
cheklashni, ishsizlik darajasini me’yor darajasida ushlab
turishni, davlat byudjeti va to‛lov balansi mutanosibligini hamda milliy valyuta
almashinuv kursi barqarorligini ta’minlash kabilarni o‛z ichiga oladi. Bu masalalar
o‛quv qo‛llanmamizning tegishli mavzularida atroflicha ko‛rib chiqilishi tufayli bu
savolda ularga to‛xtalmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: