L. S. Karieva makroiqtisodiyot



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

Subsidiyalar 
– bu, pul yoki natura ko‛rinishidagi yordam turi bo‛lib, byudjet 
va byudjetdan tashqari fondlardan ko‛rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita 
bo‛lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo‛yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, 
kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‛lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga 
soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari 
va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‛rinishida himoya qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‛p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi 
davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‛i to‛laydi, 
korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‛laydilar. Shu kabi juda 
ko‛p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat 
soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va 
shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‛rsatadi. Soliqlarni o‛zgartirish 
orqali investitsiyalar va jamg‛armalar rag‛batlantiriladi.
Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga qaratilgan va 
uning asosiy vazifasi baholar va real milliy ishlab chiqarish hajmining o‛sishiga 
mos keladigan pul massasini ta’minlashdan iborat. Bu siyosatning asosiy vositasi 
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan hisob stavkasini tartibga solish, 
tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saqlaydigan zaxiralari 


208 
normasini 
o‛zgartirish, qimmatli qog‛ozlar bo‛yicha ochiq bozordagi 
operatsiyalarni yo‛lga qo‛yish va shuningdek, boshqa tadbirlardir.
Iqtisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat tomonidan 
iqtisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va uni rivojlantirish 
dasturini ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etish hisoblanadi. Davlat 
byurtmasiga asosan uzoq va qisqa muddatlarga mo‛ljallangan prognozlar tuziladi. 
Prognozlarda resurslar, texnologiya, ichki bozor hajmi va tarkibi, eksport va 
import, davlat xarajatlari, ishlab chiqarish tarkibidagi o‛zgarishlar, matematik 
modellar asosida hisob-kitob qilinadi va iqtisodiyotning qaysi yo‛nalishda 
rivojlanishi aniqlanadi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish