8
4.
Mustaqillik yillarida mamalakatimizda erishlagan
yutuqlarning ahamiyati
to‘g‘risida.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
:
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998.
2.
I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi Axboroti. «Halq so‘zi» 9 fevral, №28 (4438).
3.
Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya,
2002. 3-15b.
4.
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T.,
O‘zbekiston, 2003. 3-5b.
5.
R.Qarshiyev., A.To‘xtamishev. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruzalar
matni. SamKI, 2000y.
MAVZU-2: QADIMGI DUNYO FEODAL JAMIYATI VA ILK
KAPITALIZMNING IQTISODIY TA’LIMOTLARI
Ko‘hna Vaviloniya iqtisodiy fikrlari.
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.
Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy ta’limotlar
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g‘oyalari.
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlar.
Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar.
Ko‘hna Vaviloniya iqtisodiy fikrlari.
Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan
qadimgi Sharqdan izlash mantiqan to‘g‘ridir.
Iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan
bog‘langan, ammo hozirgi paytda qo‘l yozmalarda aks ettirilgan g‘oyalargina
tahlil
qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi
bilan bog‘lanadi.
Dastlabki iqtisodiy fikrlar quldorlik davridan e’tiboran yozuv paydo bo‘lishi
bilanoq qadimgi dunyoda vujudga keladi. Miloddan 4 ming yil avval o‘sha davrning
madaniyat o‘chog‘i hisoblangan Mesopotamiya va Misrda ilk yozuv kashf qilinadi.
Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro‘y berdi, metall qurollar
ishlatila boshlandi, qishloq xo‘jaligida
intensiv, ko‘p hollarda sug‘orma
dehqonchilikka o‘tildi. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga,
ko‘pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki
bo‘ldi.
Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Vaviloniya bo‘lgan.
Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi.
Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko‘proq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi. Ularning
ba’zilari sudxo‘rlar to‘riga ilinib, xonavayron bo‘ldi va qullarga aylandi. Jamiyatdagi
9
erkin kishilarni sudxo‘rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya
qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy,
huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurati kuchaydi. Chunki
erkin fuqarodan soliq to‘lash, sipohlikka olishda foydalanish mumkinedi. Qulllarning
bunga haqlari yo‘q edi. Bu borada iqtisodiy fikrlar
nuqtai nazaridan Eshnunn
podshohi qonunlari (m.o. XX asr) va Hammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr) ancha
diqqatga sazovor.
Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho o‘rnatishdan
boshlanadi. Bunda arpa, yog‘, teri, tuz, miss va boshqa mahsulotlarning kumushdagi
narxi o‘rnatildi. Qat’iy narxning o‘rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara
haqi
darajasini, jarima miqdorini, foiz normasini aniqlash imkonini berdi. Podsho
qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi.
Qadimgi Vaviloniyada (Bobilda) Hammurapi (m.o. 1792-1750y., 18 asr)
podsholik qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to‘plami (jami 282ta) ancha obro‘
qozongan. Bu to‘plam Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey – Luvrda
saqlanyapti. Nushasini BMT binosidagi muzeyda ham ko‘rish mumkin. Toshga o‘yib
yozilgan
muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, mavjud
davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan.
3
Qonun moddalarida Vavilon fuqarolarning mulkini himoya qilish, ijara,
sudxo‘rlik va ishga yollash masalalari ko‘rib chiqilgan. Hammurapi qonunlarida
fuqarolarning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. «Sipoh yoki daromad to‘lovchiga
tegishli bo‘lgan dala, uy, bog‘,
- deyiladi qonunda, - kumushga sotilishi mumkin
emas». Sudxo‘rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33%
dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sudxo‘rlikning keng rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi
asosiy omillaridan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining 3 yil Bilan cheklanishidir.
( 4 yilga unga erkinlik berilishi lozim bo‘lgan). Biroq sudxo‘rlikka
qarshi
qonunchilikda izchillik bo‘lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab
chiqarish yoki yashash vositalari Bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday
vositasi bo‘lmagach, ozod etilgan qarzdor Yana qayta sudxo‘rga murojaat qilishga
majbur bo‘lgan.
Qonundagi asosiy maqsad –
ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mehnatsiz daromad
topishga qarshi kurashilgan. Umuman, xususiy mulkchilik,
shu jumladan yerga
bo‘lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko‘z olaytirgan,
unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan.
Do'stlaringiz bilan baham: