6
G‘arb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar
barchaning diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda.
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqgisodiy g‘oya, qarash,
konsepsiya,
nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to‘la
o‘rganish aloxida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar
olib borish, taxlil etish va umumlashtirib e’lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi
sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‘oyalarni ma’lum tizimga
solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. Ammo o‘tgan davr hodisalari va
g‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo‘raki kelishtirish,
moslashtirish
mumkin
emas.
Bu
tarixni
vulgar
zamonaviylashtirishga,
o‘rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Bu fan doim rivojlanishda bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi evolyutsion (mavjud
g‘oyalarning‘ yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha
konsepsiyalar vujudga kelishi) yo‘llari mavjud. Inqilobiy o‘zgarishga
misol sifatida
A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari, marjinalistik to‘ntarish, yangi klassik yo‘nalish
(A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. o‘tish davri
iqtisodiyoti bo‘yicha g‘oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi
va nihoyatda dolzarbdir, bu masala O‘zbekiston misolida qarab chiqiladi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‘oya-jamiyat, insoniyat, ayrim
shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‘llar nihoyatda
xilma-xil ekanligini ko‘ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan
davrgacha (XV asr) bo‘lgan iqgisodiy g‘oyalardagi umumiylik shuki,
barcha
donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy
vositasi ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy
deb hisoblangan,
XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta’limot —
merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‘g‘risida qisqa ma’lumot beradigan
bo‘lsak, uning mohiyati ikgisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir
metallarni ko‘proq to‘plash, ta’limotda esa muomala (savdo, pul aylanmasi)
sohasidagi iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya’ni avvalgi davrdagi g‘oyalardan
keskin farq qiladi.
Keyingi muhim o‘zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII
asr). Bu iqgisodiy ta’limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri
uncha uzoq bo‘lmadi. Klassik maktab g‘oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda
qayta namoyon bo‘lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...).
Marks nomi bilan
bog‘liq bo‘lgan marksizm ta’limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o‘rinni
egallaydi. Hozirgi davrda bu ta’limot to‘g‘risida imkoni boricha gapirmaslikka va
ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko‘proq uning faqat salbiy
tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda_»jon» bor albatta, chuni 1917 yili
Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tatbiq etish jarayoni samarasiz tugadi.
Keyinchalik shu yo‘lga o‘tgan bir qancha mamlakatlarda ham ekspriment samarasiz
yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni
7
chetlab o‘tish
adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Darslikda xayoliy sotsialistlar va
markschilarning iqtisodiy g‘oyalari ham o‘rin olgan, uning tarixiy takdiri berilgan.
XIX asr 2-yarmida avvalgi g‘oyalarga marksizmga muqobil ravishda vujudga
kelgan va umumlashtirilgan holda «marjinalizm, deb ataladigan ta’limot hozirgi
zamonning asosiy» iqtisodiy goyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlab
o‘tish kerakki, biror ta’limot doimo sof qolda amalda deyarli qo‘llanilmaydi. Har bir
ta’limotning ko‘plab turli oqim va yo‘nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor
munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular
o‘rtasidagi nisbat ham doimo o‘zgarib turadi. Demak, iqgisodiy ta’limotlar tarixi
fanining
muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o‘zgarish,
rivojlanishda ekanlishdir. Bir mamlakat chegarasida iqgisodiy ta’limot ta’siri ostida
iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo‘lishi kerak.
90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Bu «sotsialistik»
deb atalgan va iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot»
ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri amalga oshmokda
(«o‘tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tarixda birinchi marta ro‘y bermokda.
Jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham o‘tish davrini boshidan kechirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ham Mustaqillik yillarida (1991yil 31 avgust) iqtisodiy-
ijtimoiy sohada bir qancha ta’limotlar yaratildi, islohatlar amalga oshirildi va ular
asosida qator yutuqlarga erishildi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari 2008 yilda iqtisodiy islohatlarni
chuqurlashtirishning eng
muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi ma’ruzasida
2007 yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 9,5 foizga, sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmi 12,1 foizga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 6,1
foizga, puli xizmatlar ko‘rsatish 20,6 foizga, pudrat ishlari hajmi 15, 7 foizga o‘sdi.
Eksportning yuqori darajasi 40,7 foizga o‘sishi hisobiga to‘lov balansining
barqarorligi a mamlakat oltin valyuta zahirasining o‘sishi ta’minlandi. Davlat
byudjeti profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi 6,8 foizni tashkil etdi.
2
Mamlakatimizda o‘tish davrida erishilgan yutuqlarda tarix tajribasi ahamiyati
kattadir.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganish va undan to‘g‘ri xulosalar chiqarish
fanning asosiy vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: