12
Ksenofont qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligining eng asosiy tarmog‘i deb
hisoblagan. «Qishloq xo‘jaligi rivojlansa, - deb yozadi u, - boshqa faoliyat turlari ham
rivojlanadi. Agar dehqonchilik rivoji pasaysa, u holda uning bilan birga suv va
quruqlikdagi barcha boshqa sanoat tarmoqlari ham barbod bo‘ladi».
5
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo‘lib
mehnat taqsimotini
tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. (bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi,
boshqasi esa – xotinlarning).
Har qanday tovarning ikki yoqlama xususiyatini, ya’ni
uning foydaliligini va
almashuv qobiliyatini birinchilardan bo‘lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi.
Bundan tashqari, u pulning zarurligini va foydaliligini tan olgan va unga xos bo‘lgan
qo‘yidagi funksiyalarini ko‘rsatib bergan:
1.
Muomala vositasi
2.
Jamg‘arish vositasi
Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni tabiiy,
ob’ektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo‘jalikni
ulug‘laydi. U ayniqsa, qishloq xo‘jaligini, dehqonchilikni
farovonlik manbai deb
bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o‘zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani
oladilar. Dalada ishlash sog‘lik uchun ham foydali, ham iqtisodiy naf keltiradi.
U ikki xil mehnatni farqlaydi.
1. Rahbarlar mehnati.
2. Ijrochilar mehnati.
Uningcha, Rahbarlar mehnati Bilan erkin odamlar,
ijrochilar jismoniy mehnat
Bilan shug‘ullanadilar, ya’ni jismoniy mehnat Bilan qullar band bo‘lishlari kerak.
Ksenofontning fikricha, xo‘jalik faoliyati davomida foydali buyumlar, ya’ni
iste’mol qiymatlari yaratiladi.
Natural xo‘jalik konsepsiyasi grek mutafakkir Platonning (Aflotun) (m.o. 427-
347y.) «Davlat» va «Qonunlar» asarlarida o‘z aksini topgan.
Bu asarlarida u idel
davlat qanday bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. U aholini uch toifaga
ajratgan:
1.
Faylasuflar – davlatni boshqaruvchilar;
2.
Harbiylar – davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib, ular biror
mulk egasi bo‘lish huquqiga ega emas;
3.
«Qora» toifa – dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular mulk
egasi bo‘lishi kerak.
Platon qulchilikka asoslangan natural xo‘jalikni himoya qiladi, pulni jamiyatdagi
dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi; u sudxo‘rlik operatsiyalarini inkor etdi va
baholarni me’yorda saqlash yo‘li Bilan savdogarlarning foydasini chegaralashni talab
qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi.
U xuddi Ksenofontga o‘xshab dehqonchilikni iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq
deb hisobladi, shu bilan birga xunarmandchilik va savdoni uncha kerakli bo‘lmagan
soha deb ahamiyat bermadi.
Do'stlaringiz bilan baham: