L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


  MAVZU 6: KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUXOLIF



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

 
36 
MAVZU 6: KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUXOLIF 
G‘OYALARNING VUJUDGA KELISHI
 
J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti. «Bozor qonuni». 
T.Maltusning iqtisodiy ta’limoti. «Nufus qonuni». 
J.S.Millning iqtisodiy ta’limoti. 
F.Bastia (Fransiya), G.Keri (AQSH) va N.Seniorning iqtisodiy ta’limotlari. 
Germaniya tarixiy maktabi asoschilarining ta’limotlari. 
Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llanilishi
 
J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti. «Bozor qonuni». 
Fransiyada A.Smit g‘oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan 
Batist Sey (1767-1832) hisoblanadi. Uning hayotidagi asosiy ishi – iqtisodiy bilim 
sohasidagi tadqiqotidir. Uning birinchi asari «Siyosiy iqtisod traktati» 1803 yilda 
chiqdi, olim hayoti davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning 
bosh asari sifatida qoldi. Bu asarda u sanoat burjuaziyasi tarafdori, merkantilizm 
dushmani va iqtisodiy liberalizmni qo‘llab-quvvatlovchi olim sifatida ma’lumdir. 
Olimning tadqiqot predmeti sifatida jamiyatning moddiy farovonlik muammosi 
qaraladi, boylikning manbai esa millatning iqtisodiy potensialiga bog‘liqdir.
U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, mafkuraning va statistikaning ajralib 
chiqishini ma’qulladi. Smit kabi, u iqtisodiy liberalizm tamoyili, davlat iqtisodiyotga 
aralashuvini keskin qisqartirish tarafdori edi. U siyosiy iqtisodni uch qismga bo‘ladi: 
ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol. Birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarish omillari: 
mehnat, kapital va yerning mahsulot qiymatini hosil qilishda teng ishtirokini aniq 
ifodaladi.
J.B.Seyning «Bozor qonuni» 
Bu qonunning asosiy mazmun va mohiyati shundan iboratki, J.B.Seyning 
aytishicha, tovarlarning umumiy massasi talabning umumiy miqdoriga teng bo‘ladi, 
o‘z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni 
keltirib chiqaradi. Bundan kapitalistik jamiyatning takror ishlab chiqarishida 
«garmoniya» mavjudligi va oqibatda umumiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari 
bo‘lmasligi isbotlanadi, ya’ni taklif avtomatik ravishda talabni vujudga keltiradi.
Biroq, J.M.Keynsning tasdiqlashicha, odamlar daromadning barchasini 
iste’molga sarflamaydilar, balki ularning bir qismini jamg‘arib boradilar. Bu esa 
shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. 
Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto‘g‘ri ekanligini keltirib chiqaradi. 
Shuningdek, J.B.Sey «foydalilik nazariyasi»ga asos soldi. Klassik maktabdan 
farqli ravishda tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan emas, 
uning foydaliligi bilan aniqlanadi. A.Smitning qiymat nazariyasidan farqli, qiymat 
faqat sarflangan mehnat bilangina emas, balki mehnat mahsulotining naflik darajasi 
bilan ham o‘lchanadi, bu esa katta yangilikdir. 
J.B.Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va 
xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi «tenglik»ni ko‘rsatib berdi. Uning fikriga ko‘ra, to‘rtta 
sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham, 
savdoda ham, xizmat ko‘rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi. Ishlab 
chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), yer 


 
37 
egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni beradilar) va ishchilar 
(tayyor mahsulot yaratadilar) o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar va bir-birlarini to‘ldirib 
boradilar. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish