Kapital va foyda
J.S.Mill jamg‘arish natijasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari
zaxirasini kapital deb atagan. Kapitalning har bir ko‘payishi ishlab chiqarishning
kengayishiga olib keladi (investitsiya) va buning natijasida ish bilan bandlik doirasini
kengaytirish imkoniyatini beradi.
Foydaning vujudga kelish sababini J.S.Mill xuddi
A.Smit va D.Rikardoga o‘xshab tushuntiradi: «Foyda – mehnatning unumdorlik
kuchi natijasida vujudga keladi… Agar mamlakatdagi barcha mehnatkashlar
tomonidan yaratilgan mahsulot, ish haqi ko‘rinishida 20% ko‘p bo‘lsa, unda foyda
20% tashkil etadi».
Pul, kredit va savdo nazariyalari
J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko‘rsatadi. Pul
miqdorining ko‘payishi yoki kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ammo, agar pul zaxirada saqlanayotgan bo‘lsa yoki uning miqdorining
ko‘payishi oldi-sotdi miqdorining ko‘payishiga muvofiq kelsa, pul miqdorining
ko‘payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi.
Foiz normasi ssuda fondiga bo‘lgan talab va uning taklifi bilan aniqlanadi.
Millning ko‘rsatib berishicha, mamlakatga oltinning kirib kelishi, agar u baho
oshishiga olib kelsada, foiz normasini pasaytiradi. Foiz normasining pasayishi qisqa
muddatli kapitallarni chet mamlakatlargaoqib o‘tishiga bu esa valyuta kursining
tenglashishiga olib keladi. Markaziy bank foiz normasini oshirib, bankzaxiralarini
himoya qiladi. Foiz normasining o‘sishi xorijiy kapitalllarning kirib kelishiga va
valyuta kursining tenglashuviga olib keladi deb hisoblaydi.
J.S.Mill shunday yozadi: «Kredit mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini
ko‘paytirmaydi, lekin kredit tufayli ular ishalab chiqarish faoliyatida ancha to‘liq
ishlatiladi»
8
. Bunda oltinning kirib kelishi kreditningko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Kredit to‘lovga qobil talabni kengaytirgach savdoda tovarlar narxining o‘sishiga va
savdogarlarning foyda olish maqsadida tovarlar haridini ko‘chaytiradi, bu esa ssuda
miqdorini ko‘paytiradi va baholarnini oshiradi. Bir oz vaqt o‘tgach baholarning
o‘sishi to‘xxtaydi. Savdogarlar sotishga kirishadi. Narxlar pasaya boshlaydi.
Savdogarlar zararni qoplash maqsadida bozorga shoshadilar, narxlar o‘sgaiga
qaraganda tez pasayadi, natijada savdo inqirozi kelib chiqadi.
Erkin savdo munosabatlarini qo‘llash bilan birga, ayrim sohalarda
(infratuzilma, Fan, qonunlarni chiqarish va b.) davlat aralashuvi kerak deb
hisoblanadi. Mill ayniqsa, ta’lim sifatiga alohida e’tibor qiladi, xususiy maktablar
tarafdori, yomon o‘qiganlar uchun jarima taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |