L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

Iqtisodiy garmoniya. 
F.Bastia 1850 yilda «Iqtisodiy garmoniyalar» kitobini chop 
etdi. Unda u garmoniya (uyg‘unlik)ning asosini raqobatda deb hisoblaydi. F.Bastia 


 
42 
o‘z g‘oyasini isbotlashda Seyning fikridan foydalangan bo‘lib, xizmatlar nazariyasi 
bunga mos keladi, ya’ni almashuv, harid-savdo o‘zaro teng «xizmatlar»ni almashish 
demaqdir. Bastia jamiyat hayotining qanday sohasida bo‘lmasin, faqat shaxsiy 
xizmatlarni ustun qo‘yadi. U «Xizmat» deganda ishlab chiqarishda qatnashadigan va 
foyda keltiradigan barcha narsalarni nazarda tutadi. Bundan shu 
narsa 
aniq bo‘lib 
qoladiki, qimmat yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, balki kapitalist 
va yer egalari ham katta «xizmat» ko‘rsatadilar. Kapitalistning «xizmati» unga foiz 
olish imkoniyatini beradi, chunki ma’lum iste’molidan voz kechadi va bu 
kapitalistning «qurboni» deb hisoblaydi. Bu Seniorning tiyilish nazariyasining 
o‘zidir. «Tiyilish» so‘zi o‘rniga «orqaga surish» so‘zi qo‘yilgan, xolos. 
Mehnat va kapital o‘rtasidagi uyg‘unlik, ya’ni garmoniyani yanada to‘laroq 
isbotlash maqsadida Bastia o‘zining kapital jamg‘arilishi «qonuni»ni yaratdi va unda 
Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga qarama-qarshi ekanligi to‘g‘risidagi 
ta’limotini inkor etishga harakat qildi. F.Bastianing bu «qonuni»ga ko‘ra, mehnat va 
kapital manfaatlari oliy darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va 
ishchining maoshi bir vaqtda va bir miqadorda oshib boradi, hatto ishchilarning 
hissasi kapigalistlarnikidan tezroq o‘sadi deb hisoblaydi.F.Bastia o‘zining bu 
nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer egalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal 
etadi. U yer rentasini yer egasining yoki uning ota-bobolarining shu yerni ishlash va 
yaxshilash xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib kapital va 
yer egaligi o‘rtasidagi Uyg‘unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi yerga qo‘yilgan 
kapital foizining bir ko‘rinishiga aylantiriladi. U renta va foydaning bir narsa deb 
hisoblaydi. 
Demak, Bastianing izohi bo‘yicha o‘sha davrdagi burjua jamiyati turli sinflar 
o‘rtasidagi o‘z xizmatlari bilan almashib turuvchi «uyg‘unlashgan hamkorlik» 
jamiyati tarzida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy erkinlik bu xizmatlar almashuvining 
ekvivalentligining garovi hisoblanadi, chunki bu erkinlik nomutanosib harakatlarning 
oldini oladi. 
1775-85 yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya o‘rtasidagi 
kurashda qozonilgan g‘alaba tufayli AQSH davlati vujudga keldi. Hokimiyat 
tepasiga yangi sinf — burjuaziya o‘tirdi. AQSH burjuaziyasi ingliz burjuaziyasidan 
anchagina farq qilar edi. AQShdagi hukmron sinf 1865 yilgacha qullikni saqlab qoldi 
va ingliz siyosiy iqgisodiga zid ravishda o‘z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor edi. 
Biroq AQShda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi. Buning sababi shuki, 
XIX asrning 20-30-yillarida AQShda kapitalizmning nisbatan tez rivojlanishi 
ishchilar harakatining vujudga kelishiga va AQShda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy 
fikr klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g‘oyalar Genri Charlz Keri (1793-1879) 
tadqiqotlarida o‘z aksini topdi. 
Yirik noshirning o‘g‘li bo‘lgan G.Keri kommersiya sohasida katga yutuqlarga 
erishdi. Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqgisodiy tadqiqotlarga kirishdi. U 
bir qancha iktisodiy asarlar muallifi edi. 1837-40-yillarda uning «Siyosiy iqtisod 
prinsiplari» va 1857-59 yillarda «Ijtimoiy fanlarning asoslari» nomli asarlari chop 
etildi. G.Ch.Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH kapitalizmini 
madh etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar uyg‘unligi» (1872) kitobidir. G.Kerining 


 
43 
qarashlari Angliyaga qarshi ruxda edi. U Rikardoning ta’limoti va Maltus aqidalarini 
rad qildi. 
G.Kerining metodologiyasi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga 
almashtirish bilan tavsiflanadi. 
G.Keri hamma iqgisodiy toifalarni ta’riflab berishga intildi. U qiymatni insonning 
tabiatga hukmronligi o‘lchovi deb ta’rif berdi. U narxni predmetning o‘zini 
ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi. Kapital odamlarning tabiat 
kuchlarini boshqarish imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol 
deb tushundi. G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni 
kapitalistlar va ishchilar o‘rtasidagi ziddiyat tarafdori deb hisobladi. 
G.Kerining o‘zi esa rentani yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, 
uni foiz bilan aynan bir narsa deb tushundi. Kerri burjua jamiyatini eng mukammal 
jamiyat deb isbotlamoqchi bo‘ldi. U taqsimot qonunini o‘z nazariyasiga asos qilib 
oldi. G.Keri proletariat bilan burjuaziya manfaatlarining bir xil, go‘yoki kapitalistik 
jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham oshib boraveradi, shuning 
natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi
degan qoida bilan asoslamoqchi bo‘ldi. 
G.Keri kapitalistik jamiyatda ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika 
taraqqiyoti bilan bog‘liq deb hisobladi. 
Keri qullikni qo‘lladi (bu davrda AQShning janubida hali qul plan-tatsiyalari 
mavjud edi). Proteksionizm siyosati ham himoya qilindi, chunki AQSH hali yosh 
davlat sifatida sanoati pastligi tufayli unga muxtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan 
ochiq raqobatda yengishi qiyin bo‘lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolarning 
fritrederlik (erkin savdo) siyosati to‘g‘ri kelmay qoldi.
Mehnat unumdorligining o‘sishi ishchilarning tirikchilik vositalari qiymati 
pasayishi bilan bog‘liq, bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, kapitalistning 
milliy daromaddagi hissasi esa oshib boradi. Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari 
uyg‘unligi»ni isbotlab berishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, 
ayniqsa, unundorligi past yerlarni ishga tushirishga monelik bildiradi. Keri Bastia 
kabi rentani aslida kapitalga foiz shakli sifatida qaraydi, dehqonchilik xususiyatlarini 
inkor etadi. 
Keri «millatlar uyg‘unligi» haqida ham gapirib Buyuk Britaniyaning sanoat va 
mustamlakachilik monopoliyasiga qat’iy qarshi chiqadi, boshqa davlatlarni agrar 
xom ashyo manbaiga aylantirish siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda 
proteksionizmni keng qo‘llash kerak, deydi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish