To‘lov balansi holati. Aktiv to‘lov balansi milliy valuta kursining ko‘tarilishiga olib keladi, chunki unga chet el qarzdorlari tomonidan talab ortadi. Passiv to‘lov balansi milliy valuta kursining pasayishiga moyillik yaratadi, unda qazdorlar milliy valutani chet el valutasiga o‘z tashqi majburiyatlarini qoplash maqsadida sotadilar. To‘lov balansining nobarqarorligi tegishli valutaga talab va taklifning sakrash tarzida o‘zgarishiga olib keladi. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kapital harakatining to‘lov balansiga va natijada valuta kursiga ta’siri ko‘paydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |