Milliy va jahon bozorlarida valutaga ishonch darajasi. U mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holat bilan, shuningdek, valuta kursiga ta’sir qiluvchi yuqorida ko‘rsatilgan omillar bilan aniqlanadi. Shuningdek, dillerlar nafaqat hozirgi vaqtdagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari, infl atsiya, valutaning xarid qobiliyati darajasi, valutaga bo‘lgan talab va taklif nisbatini, balki ularning dinamikasi istiqbollarini ham hisobga oladilar. Ba’zida hattoki savdo va to‘lov balansi haqidagi ma’lumotlar yoki saylov natijalari qanday bo‘lishi talab va taklif nisbatiga, valuta kursiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |