14-jadval
Valutalar
|
Sotish-sotibolish operatsiyalari
|
Muddatli operatsiyalar
|
Umumiy (summa)
pozitsiya
|
uzun
|
qisqa
|
uzun
|
qisqa
|
uzun
|
qisqa
|
AQSH dollari
|
78020
|
|
|
–97525
|
|
–19505
|
Yevro
|
46032
|
|
|
–11508
|
34524
|
|
Daniya kronasi
|
|
–4647,6
|
13942,8
|
|
9295, 2
|
|
Avstraliya dollari
|
6740,9
|
|
|
|
6740, 9
|
|
Islandiya kronasi
|
|
–2576
|
515,2
|
|
|
–20608,8
|
So‘m
|
|
|
|
|
|
–28994,3
|
Jami
|
130792,9
|
–7223,6
|
14458
|
–109033
|
|
|
Summa (netto pozitsiya)
|
1233569,3
|
|
|
–94576
|
50560, 1
|
50560,1
|
Summar valuta pozitsiyasi qisqa bo‘ladi va – 28994,3 (– 94576 + + 123569,3)ni tashkil etadi.
Summar valuta pozitsiyasi jami qisqa va uzun pozitsiyaning summasi bo‘lib u 28994, 3 ga teng.
Ochiq valuta pozitsiyasining summar limiti quyidagicha hisobl anadi:
Limit 100 57,9.
Har qanday bir turdagi valuta bo‘yicha ochiq valuta pozitsiyasi limiti quyidagicha hisoblanadi:
AQSH dollari
Limit 100 39,01.
Yevro bo‘yicha
Limit 100 69,5 ni tashkil etadi.
5. Naqd xorijiy valutani sotish va sotib olish
Banklar Markaziy Bankning xorijiy valuta kurslari bullitenida ko‘rsatilgan valutalarni sotish va sotib olish huquqiga egadirlar.
Jismoniy shaxslar bilan valutani sotish va sotib olish operatsiyalari banklarning valuta almashtirish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi, sotish va sotib olish qiymati bank tomonidan belgilanadi. Almashtirish operatsiyalarini bajarish uchun bank shartnoma asosida naqd xorijiy valutani boshqa banklardan so‘mga sotib oladi. Almashtiruv shoxobchalarida bir vaqtning o‘zida valutani sotish va sotib olish operatsiyalari o‘tkaziladi. Bunday operatsiyalarni odatda kassir va nazoratchi bajaradi. Valutalarning haqqoniyligi umumiy qoidalar asosida tekshiriladi, valuta almashtirish vaqtida mijozga valuta nazorati hujjati taqdim etiladi, shu hujjat asosida mamlakatdan valutani olib chiqib ketish mumkin.
Shaxslarning valuta schotini ochish va yuritish bo‘yicha operatsiyalar ayniqsa infl atsiyaning yuqori darajasi sharoitida juda qulaydir, chunki bank xorijiy valutani saqlab, undan foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Banklar aholidan valutani talab qilib olguncha, muddatli, depozit va boshqa jamg‘armalarga qabul qilishlari mumkin. Qo‘yilmalar mahalliy va xorijiy fuqarolardan qabul qilinadi. Jarg‘armalarning turini, ular bo‘yicha minimal qo‘yilma miqdorini, daromad darajasini, to‘lash shartlarini bank mustaqil o‘zi belgilaydi.
Bu operatsiyalar bo‘yicha shartlarni bank o‘zining strategiyasidan kelib chiqqan holda belgilaydi va odatda qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar qo‘yilma miqdori va muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘yilmalar bo‘yicha daromadlar soliqdan ozod etiladi va odatda chet el valutasida yoki so‘mda to‘lanadi, muddatli omonatni muddatidan oldin olinsa foiz kam miqdorda to‘lanadi yoki umuman to‘lanmasligi mumkin.
Muddatli depozitlar bo‘yicha daromadlar quyidagi formula orqali aniqlanadi:
D = S FS SM⋅ ⋅ .
360 100⋅
Bu yerda:
D – daromad (foiz summasi);
S – qo‘yilma summasi;
FS – foiz stavkasi;
SM – saqlash muddati;
Misol. Muddatli depozitga 11-iyunda 10 000 AQSH dollari miqdorida 3 oy muddatga yillik 9 foiz to‘lash sharti bilan qo‘yildi.
12-oktabrda daromad:
Kelishilgan muddatda saqlangani uchun:
D1 = 10 000 · 9 · 90/360 · 100 = 225 $.
Muddatdan ortiqcha vaqt saqlangani uchun:
D2 = 10 000 · 2 · 30/360 · 100 = 10 241, 67 $ oladi.
Yuridik shaxslarga valuta hisobvarag‘i ochish va yuritish joriy valuta siyosati asosida erkin korvertirlanadigan valutada olib boriladi. Bankda hisobraqam ochmoqchi bo‘lgan yuridik shaxs bankka quyidagi hujjatlarni topshiradi:
valuta hisobvarag‘i ochishga ariza;
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat;
ustav nusxasi;
notariusdan tasdiqlangan schot egalarining imzo va muhrlari namunasi;
soliq idoralaridan ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat.
Bank har bir mijoz bilan hisob-kassa xizmati ko‘rsatishga shartnoma tuzadi, u yerda valuta hisobi bank xizmatlari ro‘yxati, tomonlar majburiyatlari va ta’rifl ar belgilanadi.
Valuta hisobvarag‘idagi valuta mablag‘larini ularning kelib chiqish manbayi, tashqi iqtisodiy faoliyat tushumi, ustav fondiga qo‘yilmalar, boshqa banklardan va boshqa yuridik shaxslard an valuta kreditlari va boshqalar bo‘yicha turkumlash mumkin.
Valuta hisobvarag‘idagi mablag‘lar egasi buyrug‘iga asosan quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin:
ruxsat etilgan eksport-import operatsiyalari bo‘yicha xorijga o‘tkazish mumkin;
safar xarajatlari uchun naqd pul ko‘rinishidagi to‘lovlar;
so‘mdagi hisob raqamiga o‘tkazmalar;
valuta kreditlarini to‘lash;
depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish;
ichki valuta bozorida sotish va boshqalar.
Mijozlar valuta hisobvaraqlaridan mablag‘lar o‘tkazish amal da bo‘lgan hisob-kitob shakllari orqali amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar valuta hisobvarag‘idagi pul qoldig‘i chegarasida o‘tkaziladi. Valuta mablag‘idan naqd pul berish hisobvarag‘i egasi buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
6. Xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi
Bank mijozlari bankda xorijiy valuta talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini, shuningdek, xorijiy va milliy valutalarda ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamg‘arma, muddatli va boshqa turli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |