Jismoniy shaxslarning xorijiy valutadagi hisobraqami. Jismoniy shaxslar – norezident va rezidentlar xorijiy valutadagi his obraqamini O‘zbekiston respublikasidagi vakillik banklarida ochishlari mumkin.
Rezident yuridik shaxslarning hisobraqamiga quyidagilar kirim qilinishi mumkin:
a) vakil banklari to‘lashi lozim bo‘lgan valuta;
xorijdan yuborilgan va hisobraqam egasiga kelib tushgan valuta o‘tkazmalari.
xorijdan hisobraqam egasiga yuborilgan valutadagi to‘lov hujjatlari;
vakil banklari ruxsati bilan xorijiy valutada yozilgan boshqa to‘lov hujjatlari;
b) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsati bilan
rezident yuridik shaxslarning hisobraqami egasiga valuta o‘tkazmalari;
pochta orqali yuborilgan naqd valuta va xorijdan olib kelin-
gan valutalar;
xorijiy valuta bo‘yicha foizlar;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativ hujjat lari
va amaldagi qonunchilikka zid kelmaydigan, olingan va o‘tkazilgan naqd shakldagi boshqa summalar.
Jismoniy shaxs – rezidentning valuta hisobraqamidagi mavjud valuta, shu hisobraqam egasi topshirig‘iga binoan quyidagi maqsadlarga ishlatilishi mumkin:
o‘tkazmalar bajarish;
xorijda vaqtinchalik va doimiy yashayotgan yaqin qarin-doshlar hisobraqamiga, bunda qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim;
xorijga aliment to‘lovlarini to‘lash, bunda aliment to‘lash-ning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim;
xorijga hisobraqam egasining bilim olish, davolanishi, pat ent uchun va avtorlik hujjatlari uchun, xorijiy davlatning konsullik muassasalarining foydalangan xizmatlari uchun to‘lovlar, konkurs, ko‘rgazma va musobaqalarda qantnashganliklari hisobiga, konto korrent bo‘yicha ishga joylashishi uchun ketgan xarajatlar to‘lanishi mumkin;
naqd shaklda xorijiy vayutadgi to‘lov hujjatlariga to‘lanishi, amaldagi qonunlarga muvofi q chegaralangan miqdorda xorijga olib chiqish uchun to‘lanishi mumkin;
respublika hududida xorijiy valutani amaldagi sotib olish kursi bo‘yicha to‘lovlarning to‘lanishi yoki o‘tkazilishi;
vakillik banklarining bajaradigan operatsiyalar uchun komis-sion haq sifatida bankka to‘lanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin.
Norezident jismoniy shaxslar hisobraqamiga quyidagilar kirim qilinishi mumkin:
hisobraqam egasi nomiga xorijdan yuborilgan xorijiy valuta;
vakil banklari to‘lashi lozim bo‘lgan valuta:
xorijdan yuborilgan va hisobraqam egasiga kelib tushgan valuta o‘tkazmalari;
xorijdan hisobraqam egasiga yuborilgan yoki olib kelingan valuta to‘lov hujjatlari;
xorijiy valuta bo‘yicha foizlar;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativ hujjatlari va amaldagi qonunchilikka zid kelmaydigan olingan va o‘tkazilgan naqd shakldagi boshqa summalar kirim qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |