10-mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlari
Reja:
Markaziy banklar
Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar
Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar
Markaziy banklar
Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat qiluvchi
Organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq
Javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda
Ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha ba’zi
Masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi
Yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga
O‘tkaziladi.
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC
Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya,
Xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi qimmatli
Qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan
Ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot hajmiga bo‘lgan aniq talablarni ishlab
Chiqishdan iborat. Boshqa davlatlarda ham shu kabi tartibga soluvchi organlar
Mavjud.
Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani bilan
Bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga erishish
Uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini iqtisodiy
O‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi uchun
Foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu moliyaviy tizim
Sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga yetishish uchun
Ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan ba’zi davlat
Tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum
Parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat
Siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy
Vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat ijroiya
Organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular ma’lum
Darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar
72
.
72
AQSh Markaziy banki (Federal Reserve System – Federal zahira tizimi) davlatga nisbatan yuqori darajadagi
Mustaqillikka ega. Uning tarkibiga 7 a’zodan iborat bo‘lgan va Kolumbiya shtatidagi Vashington shahrida
81
Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning
Nomiga qarab bilib olish mumkin: Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii va
Hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda Federal Reserve System (Federal
Zahira tizimi), Germaniyada esa Bundesbank deb ataladi.
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni
Milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning
Boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi
Kamida o‘rtacha bo‘lishi
73
Va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb
Ko‘rishlari shart.
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat
Iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan
Harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri
Bilan nizoli maqsadlarni balans (muvozanat)ga keltirish: narxlar barqarorligini va
Aholining to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga
To‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |