Banklar reytingida valyutani boholash usullari
Reja:
2. Valuta kursining mohiyati va uning turlari
l. Banklarning xalqaro operatsiyalari
Banklarning xalqaro operatsiyalari, ular mijozlarining tashqi iqtisodiy aloqalari tufayli vujudga keladi. Bunday faoliyatni har xil turdagi yuridik va jismoniy shaxslar o‘tkazadilar. Ular xalqaro aloqalarning quyidagi shakllarida ishtirok etadilar:
– xalqaro savdoda importyorlar va eksportyorlar sifatida; – kapitalni olib kirish va olib chiqish, shu jumladan:
a) boshqa davlatlar hududida korxonalar qurish;
b) boshqa mamlakatlar hududida korxonalar faoliyatini moli-
yalashtirish;
qo‘shma korxonalar tuzish;
xalqaro kreditni taqdim etish va boshqalar.
Barcha shu kabi aloqalar pul harakati bilan kechadi, bir valuta boshqasiga almashadi. Buning sababi dunyoda yagona pul birligi yo‘qligidir, har bir davlat o‘z pul birligini ishlatadi.
Xorijiy valuta importyorlarga xorijda sotib olingan tovarlar uchun to‘lashga kerak bo‘lsa, eksportyorlar shu valutani xorijga tovar sotgani uchun oladilar. Shuning uchun banklar xalqaro aloqalarda ishtirok etib o‘z mijozlariga pul muomalasi sohasida operatsiyalar o‘tkazadilar.
Banklar o‘z hisoblari va mijozlari hisobidan ham (komiss ion yig‘im) valuta bilan operatsiyalar o‘tkazadilar. Banklar o‘z faoliyatlarida har xil davlatlar xo‘jalik subyektlarini pul mablag‘i bilan ta’minlaydilar, valuta almashtiradilar, xalqaro kreditlarni taqdim etadilar, xalqaro qimmatli qog‘ozlarning savdo-sotiqlari va boshqalar bilan shug‘ullanadilar.
Bunday bank operatsiyalari murakkab deb hisoblanib, bank va bank ishchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Shu sababli ham ularni bajarish uchun tijorat banki Markaziy bankdan operatsiyalarni olib borishga ruxsat beruvchi valuta litsenziyasini olishi lozim. U quyidagi shartlarga rioya etilgandagina beriladi:
tijorat banki tashkil etilgandan boshlab bir yil ishlagan bo‘lishi kerak;
bank Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan barcha normativ-larni bajarishi kerak;
valuta operatsiyalarini o‘tkaza oladigan, jumladan, xorijiy tilni biladigan malakali xodimlarga ega bo‘lishi kerak;
bank valuta operatsiyalarini o‘tkazish unga kerakligini isbot-lay olishi kerak (o‘z mijozlari talablari hisobiga);
valuta operatsiyalarini o‘tkazish uchun kerakli material – tex-nik bazaga ega bo‘lishi (kassa, sklad, hisob-kitob markazi) lozim va boshqalar.
Valuta operatsiyalarini o‘tkazish uchun beriladigan litsenziyalar uch xil bo‘ladi:
ichki valuta litsenziyasi; xorijiy banklar bilan korrespon-dentl ik aloqalarini o‘rnatmay turib, tijorat banklari orqali valuta ope ratsiyalarini o‘tkazish huquqini beradi;
kengaytirilgan valuta litsenziyasi: ma’lum miqdordagi xori-
jiy banklar bilan korrespondentlik aloqalarini o‘rnatish huquqini beradi;
d) bosh (генеральная) litsenziya: hamma turdagi valuta ope-
ratsiyalarini o‘tkazish va xorijiy banklar bilan vakillik aloqalarini o‘rnatish huquqini beradi.
Banklar quydagi valuta operatsiyalarini o‘tkazadilar:
valutani sotish va sotib olish;
mijozlar valuta schotini yuritish va depozitlarga valuta mablag‘larini jalb qilish;
valutada xalqaro hisob-kitoblar;
valutada kreditlar berish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |