L. Banklarning xalqaro operatsiyalari



Download 80,21 Kb.
bet3/18
Sana11.01.2022
Hajmi80,21 Kb.
#345110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Banklar reytingida valyutani boholash usullari

Valuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valuta birliklarida ifodalangan bahosidir. Tashqi valuta kursi almashuv qatnashchilari uchun valuta bozoridagi talab va taklif nisbati orqali aniqlanadigan bir valutani boshqasiga qayta hisoblash koeffi tsiyentidir. Biroq valuta kursining qiymat asosi bo‘lib valutaning xarid qobiliyati hisoblanadi. Valutaning xarid qobiliyati investitsiya, tovar va xizmatlarning o‘rtacha milliy narxlari darajasini ifodalaydi. Bu iqtisodiy qiymat kategoriyasi tovar ishlab chiqarishga tegishli bo‘lib, u tovar ishlab chiqaruvchilar va jahon bozori o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab chiqarish iqtisodiy shartlar ining keng ko‘lamli ifodasi bo‘lgani uchun, turli mamlakatlarning milliy pul birliklarining taqqoslanishi qiymat munosabatiga asoslanadi va u ishlab chiqarish va almashuv jarayonlarida yuzaga keladi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar hamda sotib oluvchilar valuta kursi yordamida milliy narxlarni boshqa mamlakat narxlari bilan solishtiradilar. Taqqoslash natijasida mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarish yoki xorijda investitsiyani rivojlantirishning foydaliligi darajasi ko‘rinadi. Qiymat qonuniga qanchalik amal qilinmasin, oxir-oqibat valuta kursi uning ta’siriga bo‘ysinadi. Valuta kursi valutaning real kurs nisbatlari ko‘rinadigan milliy va jahon iqtisodiyotlarining o‘zaro aloqasini ifodalaydi.

Tovarlar jahon bozorida sotilayotganida milliy mahsulot qiymatining internatsional o‘lchovlari asosida jahon talabiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu tovarlarning jahon xo‘jaligi doirasida almashinishida valuta kursi vositachi bo‘ladi.

Valuta kursining qiymat asosi shu bilan shartlanadiki, oxirgi navbatda jahon narxlariga asoslangan ishlab chiqarishning internatsional bahosi jahon bozoriga asosiy tovar yetkazib beruvchi mamlakat ishlab chiqarishning milliy baholariga tayanadi.

Xalqaro kapital harakatining tez o‘sishi bilan tovarlarga, shuningdek, moliyaviy aktivlarga nisbatan valutaning xarid qobliyati valuta kursiga ta’sir ko‘rsatadi.

Turli mamlakatlarning valutalari va xalqaro pul birliklari tu zilgan xalqaro bitimlariga xizmat ko‘rsatish jarayonida valuta kursi aniqlanadi.

Kapitalning xalqaro harakatining tez o‘sishi bilan bog‘liq rav ishda valuta kursining o‘zgarishiga valutaning tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko‘rsatadi.

Qonuniy normalarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valutasi kursining qimmatli qog‘ozlar kursi yoxud tovarlar bahosin ing o‘rnatilishi kotirovkalash deb ataladi. Yoki qisqacha qilib aytganda valuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida kotirovkalashning 2 xil usuli mavjud:


  1. To‘g‘ri kotirovkalash. Agar xorijiy valuta birligining baho-

si milliy valutada ko‘rsatilsa, ya’ni milliy valutada xorijiy valutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan miqdor ko‘rsatilsa, bu to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 31-sentabrda 1 AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining kursi 975,00 so‘mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan 31,97 so‘mni tashkil etdi. Bu to‘g‘ri kotirovka bo‘lib bunday kotirovkalash hozirgi vaqtda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarda qo‘llanilib kelinmoqda.

  1. Egri (teskari) kotirovkalash. Bunda bir birlik milliy valutaning xorijiy valutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni bir birlik mill iy valutaning xorijiy valutadagi bahosi ko‘rsatiladi, masalan:

l so‘m = AQSH dollari

yoki 1 AQSH dollari = 975,00 so‘m

l so‘m = Rossiya rubli

yoki 1 Rossiya rubli = 31,97 so‘m.

Agarda ikki valuta o‘rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni „krosskurs“ deb ataladi.


Download 80,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish