L. Banklarning xalqaro operatsiyalari



Download 80,21 Kb.
bet4/18
Sana11.01.2022
Hajmi80,21 Kb.
#345110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Banklar reytingida valyutani boholash usullari

Masalan: 1 AQSH dollari = 31 Rossiya rubli.

1 AQSH dollari = 5 Ukraina grivnasi. l Ukraina grivnasi = 6, 2 Rossiya rubli.

Ko‘rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan nisbat Ukraina grivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan kross-kursidir. Ushbu misolda AQSH dollari uchinchi valuta rolini o‘ynaydi. Jahon amaliyotida oxirgi yillargacha asosan uchinchi valuta sifatida AQSH dollari qo‘llanilanilardi, ya’ni barcha valutalarni ayirboshlashda aynan shu valutaga nisbatan kotirovka qilinardi. Lekin oxirgi 1–2 yillar ichida Yevropaning salohiyati oshib bormoqda hamda krosskursni aniqlashda valuta sifatida Yevro kengroq qo‘llanilmoqda.

Kross-kursdan foydalanish ancha og‘ir va xavfl idir. Ammo ularni qo‘llash quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir:

– sizning talabingizdagi valutaga ega bo‘lgan sotuvchilarda sizning valutangizga talab mavjud emas. (Masalan, frankni Yaponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu yerda uchinchi valuta AQSH dollari bo‘lsin. Yaponiya ienasi sotayotganlar ichida frank sotib olishni xohlaydiganlar yo‘q.)

Valuta bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valuta kurslarining quyidagi ko‘rinishlaridan foydalaniladi:

„Spot-kurs“ bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs bu bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o‘rnatilgan baho bo‘yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valutani valuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. „Forvard-kurs “ – bu muddatli valuta bitimlarining kursidir.

Forvard kursi valutani kelajakda aniq bir kunga yetkazib berish sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o‘zida ifoda etadi.

Forvard bitimlari odatda valuta kurslarining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan risklarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo‘yicha valuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir tomon foyda ko‘radi va bir tomon zarar ko‘radi. Masalan, siz 1-yanvarda 1-iyun kuni 1 $ = 965 so‘m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo 1-iyun kuni 1 $ = 970 so‘mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 so‘m miqdorida qo‘shimcha foyda ko‘rasiz.

Agar 1-iyun kuni 1$ = 963 so‘mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 2 so‘mdan zarar ko‘rasiz.

Muddatli bitimlar bo‘yicha valuta kurslari (report) ustama yoki diskont metodi bo‘yicha kotirovka qilinadi va „autrayt“ kurslari deb ataladi.

Forvard kurs = Spot kurs + Forvard kurs ustamasi = Spot kurs – – Diskont.

Misol. Bitim summasi – 1 mln dollar.

Bitim muddati – 90 kun.

Bitim valutasidagi kreditning foiz stavkasi (USD) – 3,5 %. Baholovchi valutadagi depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkasi – 5,5 %. Spot kurs 1 = 1,5210 – 1,5220 Yevro.

Ust/Dis =1,5210×(5,5 – 3,5)×90 = 273,78 = 0,0075.

(360×100) + (3,5×90) 36515

Forvard kurs = 1,5210 + 0,0075 = 1,5285 (ustama) foiz.

Ustama yoki dikont ekanligini % stavkalari o‘rtasidagi farqdan bilish mumkin. Agar valuta bitimi bo‘yicha foiz stavkasi baholovchi valutaning foiz stavkasidan past bo‘lsa, bu valuta yuqori kurs kotirovka qilinadi va chiqqan ko‘rsatkich ustama sotiladi. Agar valuta bitimining foiz stavkasi yuqori bo‘lsa, bu ko‘satkich diskont bo‘ladi. Agar milliy valutadagi depozitlarning foiz stavkasi bitim valutasidagi kreditlarning foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, olingan natija diskont hisoblanadi va aksincha bo‘lsa ustama hisoblanadi.

Banklar valuta operatsiyalarini amalga oshirishda valutani sotish va sotib olish kursini o‘rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xaridorning kursi deb ataladi.

Sotuvchi kursi – bankning valutani sotish kursi.

Xaridor kursi – bankning valutani sotib olish kursi.

Bu kurslar o‘rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmat xarajatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarfl anadi.

Valutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir.

Konvertirlanganlik darajasiga ko‘ra valuta kursi 3 ga bo‘linadi. Bular: erkin „suzib“ yuruvchi, cheklangan darajada „suzib“ yuruvchi,

qayd etilgan valuta kurslari.

Erkin „suzib“ yuruvchi valuta kursi ma’lum valutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan. AQSH dollari, Yaponiya ienasi, Angliya funt sterlingi; yevro kabi valutalar jahon valuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.

Cheklangan darajada „suzib“ yuruvchi valuta kurslarining o‘zg arishi ayrim valutalar yoki bir guruh valutalar (valuta savati) kursi o‘zgarishiga bog‘liq. Misol uchun „Uchinchi dunyo“ning ko‘pc hilik mamlakatlari o‘z valutalarini AQSH dollariga, Yevropa mamlakatlarining „EURO“siga va boshqa xorijiy valutalarga bog‘laydilar. Cheklangan darajada „suzib“ yuruvchi valuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o‘z valutalarining tebranish chegarasini o‘zlari hamkorlik qilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar.

Qayd etilgan valuta kursi – bu xorijiy valutada ifodalangan milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan bahosi bo‘lib, unga valuta bozorlaridagi talab va taklifning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd etilgan valuta kursi kam riv ojlangan mamlakatlarda yoki iqtisody tashqi bozorga yetarli dara jada kirib bormagan mamlakatlarda, ularning moliya tizimini va milliy ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilardan himoya qil ish va quvvatlash maqsadida qo‘llaniladi.

Barcha mamlakatlar ma’lum muddatda o‘z valutalari kurslari to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilib boradilar. Masalan O‘zbekiston Respublikasi valuta birjasi ish yakunlari matbuotda, televideniyeda e’lon qilib boriladi. Bunda nominal valuta kursi belgilanadi. Lekin kuchayib borayotgan infl atsiya sharoitida jahon bozorida milliy mahsulotga bo‘lgan talabni, uni raqobatbardoshligini aniqlashda milliy va xorijiy tovarlar baholari o‘rtasidagi nisbatini ham bilish kerak bo‘ladi. Ya’ni milliy valutaning real almashtirish kursini hisoblab chiqish kerak. Real valuta kursini hisoblashni O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqariladigan gazlama misolida ko‘rsatish mumkin. Masalan, 1 m gazlamaning bahosi respublikamizda 1000 so‘m, Rossiyada 35 rubl. Valutalarning amaldagi nisbati 1 Rossiya rubli = 35 so‘m yoki l so‘m = 0,032 Rossiya rubli bo‘lganda, 1 m o‘zbek gazlamasining bahosi Rossiya rublida 0,032 × 1000 = 32 rubl turadi. Bunday holda O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarilgan 1 m gazlama baholari nisbati

0,032×1000 = =32 0,9

35 35

ga teng bo‘ladi. Demak, ushbu nisbat o‘zbek gazlamasining bahosi Rossiya gazlama bahosining 0,9 % va undan arzon ekanligini ko‘rsatadi. Bu quyidagi tenglik bilan izohlanadi;



Real kurs = nominal kurs – o‘z mamlakatida ishlab chiqaril gan tovarlar bahosi yoki xorijiy tovarlar bahosi. Bu tenglikni umu miy ko‘rinishda shunday yozish mumkin; real valuta kursining nominal valuta kursi baholar darajasi nisbatlari past valuta kursida milliy tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan qimmatroq turishni ko‘rsatadi. Shuning uchun eksport o‘sib boradi, import esa qisqarib boradi. Va aksincha, yuqori real valuta kursida milliy tovarlar nisbatan qimmatroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan arzonr oq turadi. Natijada import o‘sib, eksport qisqarib boradi.


Download 80,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish